Kimyoviy muvozanat. Muvozanatni siljitish omillari Le-Shatele prinsipi va uning kimyoviy jarayonlardagi ahamiyati Kimyoviy muvozanat konstantasi Geterogen sistemalarda bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar kenitikasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kimyoviy


Download 36.24 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1592585
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KImyoviy muvozanat


Mavzu;Kimyoviy muvozanat va uning sanoatdagi o’rni
Reja;
1. Kimyoviy muvozanat.
2. Muvozanatni siljitish omillari
3. Le-Shatele prinsipi va uning kimyoviy jarayonlardagi ahamiyati
4. Kimyoviy muvozanat konstantasi
5. Geterogen sistemalarda bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar kenitikasi
6.Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar

Kimyoviy muvozanat.
To’gri va teskari reaksiyalar tezliklari bir xil bo‗lib qolganda (Vto’g’ri=Vteskari) kimyoviy muvozanat qaror topadi. Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi hosil bo‗ladi. Kimyoviy muvozanatni dinamik (harakatchan) muvozanat deb yuritiladi. Kimyoviy muvozanatning miqdoriy o‗lchov birligi sifatida muvozanat konstantasini olish mumkin.
Quyidagi misol orqali barcha qaytar reaksiyalarning muvozanat konstantasini ifodalash usulini ko‗rib chikamiz:
aA + bB pP + qQ
Massalar ta‘siri qonuniga muvofiq reaksiya tezligi: to‗g‗ri reaksiya uchun Vto’g’ri = k1[A]a[B]b teskari reaksiya uchun Vteskari=k2 P]p[Q]q
V1 = V2 bo‗lgani uchun, yuqoridagi ifodalarning o‗ng tomoni ham bir-biriga teng bo‗ladi: k1 [A]a[B]b = k2 [P]p[Q]q
Reaksiyalarning tezlik konstantalari o‗zgarmas son bo‗lganligi uchun K bilan belgilab olamiz va K — muvozanat konstantasi deb yuritiladi:
Geterogen reaksiyalarning muvozanat tenglamasiga faqat gaz yoki suyuq
fazadagi moddalar konsentratsiyalari kiradi. Muvozanat konstantasining qiymati reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati va haroratga bog‗liq. Katalizatorlar to‗g‗ri va teskari reaksiyalar tezligini bir xilda
oshirganligi uchun muvozanat konstantasi ta‘sir etmaydi. Muvozanat konstantasi qanchalik katta bo‗lsa, reaksiyaning unumi shunchalik ko‗p bo‗ladi. Shu sababli reaksiyalarning muvozanat konstantasini bilish kimyo va kimyoviy texnologiya uchun muhim ahamiyatga ega.

Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling