Kimyoviy muvozanat. Muvozanatni siljitish omillari Le-Shatele prinsipi va uning kimyoviy jarayonlardagi ahamiyati Kimyoviy muvozanat konstantasi Geterogen sistemalarda bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar kenitikasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kimyoviy
GETEROGEN SISTEMALARDA BO’LADIGAN KIMYOVIY REAKSIYALAR MUVOZANATI
Download 36.24 Kb.
|
KImyoviy muvozanat
GETEROGEN SISTEMALARDA BO’LADIGAN KIMYOVIY REAKSIYALAR MUVOZANATI.
Gazlar aralashmasi yoki suyuq eritmalar gomogen sistema hisoblanadi. Ba‘zan reaktsiyada ishtirok etadigan moddalar turli agregat holatda, ya‘ni sistema geterogen bo’lishi mumkin. Bir – biridan sirt chegaralari bilan ajralgan moddalar sistemasi geterogen sistema deb ataladi. Geterogen sistemalarda bo’ladigan reaktsiyalarning muvozanat konstantalari quyidagicha talqin qilinadi. Geterogen sistemalardagi kimyoviy muvozanat uchun massalar ta‘siri qonunini tatbiq etishda qushimcha kiritishga to’g’ri keladi: suyuq va qattiq fazalardagi moddalarning gaz fazadagi partsial bosimlari o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi va qiymatlar muvozanat konstantasi ifodasiga kiriitilmaydi. Geterogen sistemada faqat gazsimon qismning partsial bosimigina (yoki eritma kontsentratsiyasigina) muvozanat konstanta ifodasiga yoziladi. Masalan, ohaktosh СаСО3 berk idishda qizdirilsa: СаСО3 → СаО + СО2 reaktsiya sodir bo’lib, muvozanat qaror topadi. Agar bu reaktsiya gaz fazada gomogen reaktsiya sifatida sodir bo’lsa edi, uning muvozanat konstantasi quyidagi tenglama bilan ifodalanar edi: КМ = ёки КМ = (IX. 3) Lekin geterogen sistemada СаО ва СаСО3 bug’larining bosimi (Рсасо3) ayni haroratda o’zgarmas kattaliklar bo’lgani uchun, ularning nisbatini o’zgarmas qiymat bilan almashtirish mumkin: u vaktda Км=К · Bundan= соnst kelib chiqadi (const = ) Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, СаСО2 parchalanganda hosil bo’lgan СО2 ning bosimi istalgan temperaturada aynan shu temperaturaga xos bo’lgan o’zgarmas kattalikdir. Bu bosim kaltsiy karbonatning dissotsilanish bosimi yoki bug’ bosimi deb ataladi. Uning qiymati faqat temperaturaga bog’lik, lekin sistemadagi СаСО3 va СаО miqdoriga bog’liq emas. Misol tarikasida СО2 bilan chug’ holatidagi ko’mir orasidagi reaktsiya СО2 + С 2СО ning muvozanatini quyidagicha talqin kilish mumkin. Bu reaktsiyaning muvozanat konstantasi ifodasiga С ning kontsentratsiyasi yozilmaydi, chunki uning kontsentratsiyasi doimiy sondir, demak, КМ = ёки КМ = бœлади Xulosa Xulosa qilib aytganda, temperatura ortganda muvozanat endotermik reaksiya tomon, temperatura pasaytirilganda ekzotermik jarayon tomon siljiydi. Bosim o‘zgarishi bu sistema muvozanatiga ta’sir ko‘rsatadi. Yopiq idishda o’zgarmas temperaturada mahsulotlar kam hajm egallaydi, boshla ng‘ich moddalar esa ko‘proq hajm egallaydi. Demak, reaksiya to’g‘ri tomonga borishi natijasida sistemada bosim kamayadi, reaksiya teskari tomonga borganda esa bosim ortadi. Reaksion hajmni siqilganda muvozanat o‘ng tomonga siljiydi va aks holda, bosim kamaytirilganda muvozanat chap tomonga siljiydi. Konsentratsiya o’zgarishining muvozanatga ta ’sirini ham Le Shatelye prinsipi tushuntiradi. Agar boshlang‘ich moddalardan birining konsentratsiyasi orttirilsa, shu modda ishtirokida o‘ng tomonga boradigan reaksiya tezligi ortadi, ya’ni qo‘shilgan modda konsentratsiyasini kamaytirishga olib keladigan reaksiya tezligi teskari tomonga boradigannikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi, muvozanat o ‘ng tom onga siljiydi. Yuqorida ko‘rib o ‘tilgan omillarning muvozanatga ta’siri natijalaridan amaliy xulosalar qilish mumkin. Bizning misolimizda ammiak unumini orttirish uchun reaksiyani mumkin qadar past temperaturada va boshlang‘ich moddalardan birining konsentratsiyasi tenglamadagi stexiometrik nisbatlarga nisbatan kattaroq bo‘lgan sharoitda olib borish yaxshi natijaga olib keladi. Lekin, H2 va N2 aralashmasining temperaturasi kamaygan sari reaksiya tezligi ortavermaydi, past temperaturada zarrachalar harakat tezligi kamayadi, aktiv zarrachalar soni kamayadi, reaksiya tezligi ham kamayib ketadi. Shu sababli temperaturani ma’lum darajagacha kamaytiriladi 1. K. Axmerov va boshqalar.«Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’qituvchi», 1988 yil. 2. K. Axmerov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’zbekiston», 2003 yil. 3. N.A. Parpiev va boshqalar. «Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston», 2000yil. 4. Maksudov N. X. Umumiy ximiya. K.x. injenerlik fakulteti stundentlari uchun darslik. Toshkent.; «O’qituvchi», 1977 yil. 5. Obshaya ximiya; Uchebnik (Pod red. Ye.M. Sokolovskiy i L.S. Guzeya -3–e iz d. prerab. i dop. – M.: Izd – vo Moskva un.ta, 198 – 640s. 6. Rustamov X.R. Fizik kimyo: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T. «O’zbekiston», 2000. – 487 b. 7. www.ziyonet.uz Download 36.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling