Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalar universiteti Farg’ona filiali
“Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’lim ”
fakulteti 734-20 gurux talabasi Nurmatov Olloberdining
“Kompyuter arxitekturasi”
Mustaqil ishi
fanidan
Qabul qildi: Raxmatova G
Topshirdi: Nurmatov O
FARG’ONA 2023
Mavzu: Flinn klassifikatsiyasi, parallel hisoblash tizimlari
Reja:
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi)
Paralell hisoblash tizimlari
Massiv-parallel tizimlar (MPP)
Simmetrik multiprotsessorli tizimlar (SMP)
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi) dastlabki va eng mashhur hisoblash tizimlari arxitekturalarini turlanishi (klassifikatsiyasi) M. Flinn (M. Flynn) tomonidan 1966 yilda taklif qilingan.
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi) jarayoni oqim tushunchasiga asoslangan bo’lib, u protsessor tomonidan qayta ishlangan elementlar, buyruqlar yoki ma’lumotlar ketma-ketligi deb tushuniladi.
Flinn turlanishi ikkita asosiy tushunchadan foydalanadi: buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari.
Buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari soniga qarab, Flinn to’rt xil arxitektura turlarini ajratib turadi: SISD, MISD, SIMD, MIMD.
SISD – Single Instruction Single Data
Bitta buyruq oqimi va bitta ma’lumot oqimi; Bu sinf klassik ketma-ket mashinalarni (Fon Neyman turidagi kompyuterlarni) o’z ichiga oladi,
Bu boshqaruv bloki, protsessor va xotira blokini o'z ichiga olgan yagona kompyuterning tashkil etilishini anglatadi.
Bunday mashinalarda faqat bitta buyruqlar oqimi mavjud bo’ladi, barcha buyruqlar ketma-ketlikda qayta ishlanadi va har bir buyruq bitta ma’lumot oqimi bilan bitta operatsiyani ishga tushuradi.
Bunday holda Parallel ishlov berish uchun ko’p funksional birliklar yoki konveyerlarni (pipeline) qayta ishlash orqali erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |