Va mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`ladilar


Download 14.83 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi14.83 Kb.
#1734774
Bog'liq
IT jahon tajribasi


Xorijiy mamlakatlar tajribasida ijtimoiy tadbirkorlik aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ish o`rinlari yaratishni, shuningdek ijtimoiy sohalarga aloqador tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rag`batlantirishda muhim rol o`ynaydi. Ijtimoiy sohalarga ijtimoiy ta`minot, sog`liqni saqlash, ijtimoiy barqarorlik, ta`lim va o`qitish, atrof-muhit va ekotizimni himoya qilish, madaniy merosni rivojlantirish kabi sohalarni kiritish mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Adliya vazirligining ekspert-tahlil guruxi tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini huquqiy tartibga solish bo`yicha xorijiy tajriba o`rganib chiqildi.


Ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi xorijiy tajribaning asosiy jihatlarini o`rganish natijalariga ko`ra quyidagilar aniqlandi, jumladan:


ijtimoiy tadbirkorlik bu daromadlari asosan ushbu biznes yoki jamiyatning asosiy maqsadlariga erishish uchun investisiya qilinadigan va korxona egalarining daromadlarini ko`paytirishga yo`naltirilmaydigan birinchi navbatda ijtimoiy maqsadlarni ko`zlaydigan biznesdir;


ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi ijtimoiy foydalilik hisoblanib, unga ko`ra korxonaning ishiga asosan ijtimoiy jihatdan nobarqaror holatda bo`lgan yoki nogironligi bo`lgan shaxslar jalb etiladi, shu bilan birga mazkur korxonalar ijtimoiy jihatdan foydali tovar


va mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`ladilar;

ijtimoiy tadbirkorlik uchun ko`plab imtiyoz va qulayliklar nazarda tutiladi, masalan dastlabki ikki yil davomida ish xaqi xarajatlarini qoplash, biznesni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratish, maslahat yordami, to`g`ridan-to`g`ri davlat yordami. Masalan, Janubiy Koreyada bir sohadagi biznesni rivojlantirish uchun har yili 30 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratiladi va o`n yildan ortiq davr mobaynidagi faol davlat siyosati natijasida mazkur mamlakatda ijtimoiy biznesning barqaror tizimi yaratilgan bo`lib,


unga o`n minglab kishilar jalb etilgan;

ijtimoiy korxona bu xususiy tashkilot hisoblanadi, shunga ko`ra u davlat tashkiloti bo`lishi yoki davlat tomonidan boshqarilishi mumkin emas;


MDH mamlakatlarida ijtimoiy tadbirkorlikka alohida e`tibor berilmaydi.


Ijtimoiy korxonalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning namunali misoli bo`lib o`ziga xos rivojlanish yo`li va davlat ko`magining mukammal tizimiga ega Janubiy Koreya tajribasi hisoblanadi.


Janubiy Koreyada ommaviy ishsizlik va turmush darajasining tushib ketishiga sabab bo`lgan 1997 yilda vujudga kelgan Osiyo moliyaviy inqirozi mamlakatda ijtimoiy tadbirkorlikning paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Aynan o`sha paytda mamlakat rahbariyati Koreyada deyarli bo`lmagan notijorat tashkilotlar va ijtimoiy korxonalarga murojaat etish bo`yicha qaror qabul qilgan.


Mazkur sohani boshidan yaratishga to`g`ri kelgan. Tayyorgarlik davri deyarli o`n yil davom etgan va faqat 2007 yildagina puxta ishlab chiqilgan “Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish to`g`risida”gi Qonun va ijtiomiy tadbirkorlik bilan bog`liq to`liq dasturlar paketi qabul qilingan.

Qonun ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasiga aniq ta`rif berib, unga ko`ra ushbu faoliyat ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishga yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish o`rinlari bilan ta`minlashga yo`naltirilgan barcha tadbirkorlik faoliyati turlarini o`z ichiga oladi.


Amaldagi qonunchiligimizda “ijtimoiy tadbirkorlik”ning huquqiy tushunchasi aniq belgilanmagan. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan nodavlat maktabgacha ta`lim, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun mahsulot va jihozlar ishlab chiqarish, shuningdek ruhiy buzilishlardan aziyat chekayotgan va nogironligi bo`lgan shaxslarni parvarish qilish bilan bog`liq tibbiy faoliyat sohalari uchun imtiyoz va qulayliklar, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilgan.


Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3606-son qarori bilan ruhiy holati buzilgan shaxslarning, shu jumladan, nogironlarning mehnat terapiyasi, ularni yangi kasblarga o`qitish va ishga joylashtirish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi psixiatriya muassasalari hududida davlat-xususiy sheriklik shartlarida davolash-ishlab chiqarish korxonalari tuzilishi belgilangan.


Mazkur davolash-ishlab chiqarish korxonalari 2018 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 yanvargacha er solig`i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i va mulk solig`idan, shuningdek, yagona soliq to`lovidan ozod qilingan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ–3651-son qaroriga asosan, davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta`lim nodavlat muassasalari tegishli bojxona va soliq to`lovlaridan ozod etilgan.


Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi PQ–3782-son va 2018 yil 20 iyundagi PQ–3787-son qarorlari bilan:


protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchilarga, Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o`quv va badiiy adabiyotlarni chop etuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga;


mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi bo`lgan shaxslar, o`n olti yoshga to`lmagan bolalari yoki nogironligi bo`lgan bolalari bo`lgan yolg`iz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, o`qishni tugatgandan keyin 3 yil oshmagan umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga etmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub`ektlariga tegishli imtiyoz va qulayliklar berilgan.


Mazkur imtiyoz va qulayliklarga bojxona va soliq imtiyozlari, shuningdek xaridor tomonidan investision va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob`ektlarini “nol” xarid qiymatida sotish bo`yicha o`tkaziladigan tanlov savdolari natijalariga ko`ra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari o`rtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuzish bo`yicha ustuvorlik huquqi, davlat mulki ob`ekti uchun ijara to`lovini ushbu ob`ektga nisbatan eng kam ijara to`lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash kiradi.


Ishsizlika qarshi kurashishda, shuningdek ijtimoiy foydali tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda rag`batlantiruvchi omil sifatidagi ijtimoiy tadbirkorlikning dolzarbligini hisobga olgan xolda, quyidagi masalalarni ko`rib chiqish maqsadga muvofiq:


ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni qamrab oluvchi dastur ishlab chiqish va qabul qilish masalasini ko`rib chiqish;


mazkur sohadagi xorijiy tajribani hisobga olgan holda “ijtimoiy tadbirkorlik”ning huquqiy tushunchasini belgilash. Xususan, bunda ijtimoiy korxonalar ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishini, aholining ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ish o`rinlari yaratishi, daromadining 50% dan ko`pini korxona egalariga taqsimlamaslik, daromadlarni asosan ijtimoiy tadbirkorlikning asosiy maqsadiga yo`naltirish uchun investisiya qilishi lozimligini belgilash;


ijtimoiy tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida, yoshlar, nogironligi bo`lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlari o`rtasida targ`ib qilish;


maslahat berish, jamoatchilik va ishbilarmon doiralarni ijtimoiy tadbirkorlikning afzalliklari haqida xabardor qilish, davlat xaridlariga ijtimoiy korxonalarni jalb etishni rag`batlantirish;


ijtimoiy yo`nalishdagi tadbirkorlarni o`qitish bo`yicha kurslarni tashkil etish va oliy ta`lim muassasalarida yangi yo`nalishlarni joriy etgan holda ijtimoiy biznesni samarali yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;


qisman moliyaviy qo`llab-quvvatlash yoki investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini taqdim etish orqali muvaffaqiyatli ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga ko`maklashish.


Otabek Xojanyazov, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bo`lim boshlig`i
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling