Valeologiya bu mustahkam salomatlik, ya’ni sog‘lom, jismoniy va aqlan yetuk avlodni voya yetkazish ustida qayg‘urish hamda barakali umr ko‘rish demakdir


Download 27.79 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1228916
  1   2
Bog'liq
jismoniy faoliyat


Valeologiya — bu mustahkam salomatlik, ya’ni sog‘lom, jismoniy va aqlan yetuk avlodni voya yetkazish ustida qayg‘urish hamda barakali umr ko‘rish demakdir.
— Nima uchun jismoniy mashqlarni bajarish kerak? Eng muhim sabab — bu hayot sifatini oshirishdir. Mashqlar va har qanday jismoniy faollik nafaqat stresslarni bartaraf etadi, balki organizm holatini yaxshilab, yashash davomiyligini uzaytiradi.
Bundan tashqari, jismoniy faollik uchta sabab bo‘yicha tana vaznini nazorat qilishning muhim jihati hisoblanadi: organizmdagi kaloriyani sarflash evaziga vaznning kamayishini tezlashtiradi, organizmda to‘plangan yog‘ qatlamining o‘zlashtirilishiga yordam beradi va mushak og‘irligini ko‘paytiradi, diqqatni ovqatdan jismoniy faollikka yo‘naltiradi.
So‘nggi yillardagi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat ortiqcha vaznni kamaytiradi, balki arterial qon bosimini tushiradi. Qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Bu diabetga chalingan bemorlar uchun juda muhim. Shuningdek, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, erta qarishning oldini oladi hamda miokard infarkti va insult kabi og‘ir kasalliklarni bartaraf etadi.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari salomatlikni saqlash va mustahkamlash g‘oyalari asosida yozilgan. Alloma insonlar o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan muloqotda bo‘lishini va tashqi muhit omillari, o‘z navbatida, uning salomatligiga ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tgan. Ulug‘ hakim salomatlikni saqlashda jismoniy faollik muhimligini alohida qayd etib, tartibli hayot tarzi omili sifatida jismoniy mashqlar, ovqatlanish tartibi va uyquni qayd etgan. U bunday yozadi: “Me’yorida va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan inson hech qachon davolanishga muhtoj emas”.
Tibbiyot fani ulkan yutuqlarga erishgan bugungi kunda ham olim qoldirgan tavsiyalar, u yaratgan “Tib qonunlari” uzoq asrlardan buyon insoniyatga xizmat qilib kelayotgani bejiz emas. Zero, inson salomatligini saqlashda individual yondashuv zarurati hamda organizm imkoniyati va zaxiralarining ahamiyati nechog‘li muhimligini bugungi kun ham ko‘rsatib turibdi.
Prezidentimizning yaqinda e’lon qilingan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ham sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali qanchadan-qancha kasalliklarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini barcha tushunishi kerak”, deya ta’kidladi.
Chiniqtirish-bu organizmning atrof-muhitning noqulay omillariga, ayniqsa, sovuqqa bardoshliligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Tana sovuganda dastlab teri tomirlari torayadi, qon ichki organlarga qo’yiladi, teri oqaradi, shu bilan bir vaqtda yurak qisqarishlari tezlashadi va kuchayadi, qonning arterial bosimi ko’tariladi, issiqlik mahsulini kuchaytirishga olib boruvchi titrash paydo bo’ladi (muslullar beixtiyor qisqaradi); bu vaqtda tana temperaturasi ko’tariladi. Shundan keyin teri qizaradi va butun tana bo’ylab issiqlikni sezish holati paydo bo’ladi, chunki issiqlik mahsuli issiqlik yo’qolishini oshira boshlaydi. Keyinchalik soviganda teri qaytadan oqaradi, lablar ko’karadi, tana bo’ylab titroq boshlanadi, bu organizm haddan tashqari soviganligining belgisidir. Sovuqning har kungi ta’siriga organizm o’rganadi va kamroq ta’sirlanadi; sovuq birmuncha uzoq vaqt va intensiv ta’sir etgandagina haddan tashqari sovish belgilari paydo bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda organizmning yuqumli kasalliklarga bardoshliligi oshadi.
Organizmni chiniqtirish-o’ta davolovchi vosita bo’lib, talaba sog’ligini mutadil ushlab turish vazifasini bajaradi.
Ilmiy tekshirish tadqiqotlari keyingi payt shuni ko’rsatmoqdaki, organizmni chiniqtirish har xil surunkali xastaliklar bilan chalinishni oldini oladi, uzoq umr kechirish va aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini me’yoridan saqlab turish imkonini oshiradi.
Organizmni chiniqtirishni doimiy olib boruvchilar orasida har xil xastaliklar 24 barobar kam uchrar ekan.
Bundan tashqari, chiniqish organizmning umumiy quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega. Organizm tonusini oshiradi, markaziy nerv tizimini mo’tadillashtiradi, qon aylanishi doirasida qon oqish harakatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi, organizmni har xil tashqi ta’surotlarga chidamliligini oshiradi.
Chiniqish, bundan tashqari organizm termoregulyatsion apparatiga ijobiy ta’sir etib, har xil meteofaktorlar salbiy ta’sirini oldini oladi. Buning natijasida organizm o’zini mo’tadil ichki holatini bir me’yorda ushlab turadi. Meteofaktorlarni keskin o’zgarishi natijasida ham organizm o’z mo’tadilligini saqlay oladi.
Chiniqish asosan MNTga ta’sir etib, organizmdagi barcha a’zolarni faollashtirish, boshqarish qobiliyatiga ega.
Chiniqish muolajalari ayniqsa, organimni jismoniy hamda aqliy ish faoliyatini, sog’liqni takomillashtirish va kasalga chalinishiga chidamlilikni oshiradi.
Organizmni chiniqrtirish asosan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish vaqtida ba’zi bir chiniqtirish muolajalari bilan amalga oshiriladi. Organizmni chiniqtirish turli yoshda ham o’z samarasini beradi, ammo chiniqtirish qancha vaqtli boshlansa, shuncha maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo shuni esda tutmoq kerakki, o’tkir kasalliklarda va surunkali xastaliklarni kuzatish paytida chiniqish muolajalarini qo’llamaslik lozim.

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling