1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha
Download 98 Kb.
|
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha REJA: 1. Salomatlik deganda nimalarni anglamoqlik – tushunmoqlik lozim Valeologiya fanining maqsadi 2.Valeologiya fanining vazifalari 3.Valeologiyaning axloq-odobga, salomatlikka aloqasi
Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha, «Valeologiya» oliy o’quv yurtlaridagi o’quv fanlari qatorida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Valeologiya- inson salomatligi, uni mustahkamlash yo’llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yunalishidir. O’quv fani sifatida u inson salomatligi va sog’lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi. Valeologiyaning markaziy muammosi- individual salomatlikka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir. Valeologiyaning predmeti- individual salomatlik va inson salomatligi zaxiralari, shuningdek sog’lom hayot tarzi. Valeologiyaning turli kasalliklarning oldini olishni tavsiya etuvchi profilaktik meditsinadan asosiy farqi ham shunda. (V.N.Vayner, 2001). Prezident farmoyishiga asosan 2000 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim Vazirligining qarorlariga asosan Respublikaning barcha ta'lim yo`nalishlarida talabalarga quyidagi fanlar o`qitilib kelinmoqda. «Tibbiyot bilimlari asoslari». Giyohvandlik (narkomaniya), unga qarshi kurash va oldini olish (profilaktikasi).«OITS (SPID) va OIV (VICh) - infektsiya, unga qarshi kurash va oldini olish (profilaktikasi)».«Yod tanqisligi va uning odam organizmi uchun zararli oqibatlari (kasalliklar)». Ushbu fanlar Valeologiya fanining qismlari bo`lgani uchun 2005-2006 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'limi Vazirligining 2005 yil 178G`713-sonli qo`shma buyrug`ining to`rtinchi bandiga ko`ra, «Valeologiya asoslari» kursi (ya'ni fani) 2006-2007 o`quv yilidan bakalavriatura ta'lim yo’nalishi ishchi o’?uv rejalariga kiritilishi ko’rsatildi hamda xajm jihatdan har bir guruhda 36 soat o`qitilishi belgilandi. Ushbu qo`shma buyruqqa muvofiq biz tomondan 2006-2007o`quv yili uchun «VALEOLOGIYa ASOSLARI» Fani bo`yicha «Dastur» ishlab chiqildi hamda quyidagi «Ish REJASI» barpo etildi va shular asosida qo`llanma yaratildi. quyida uning qisqacha mazmuni bayon etiladi. Ma'lumki, har qanday jamiyatning kelajagi o`sayotgan yosh avlodga, ularning sog`lig`iga, ma'naviy boyligi va mukammalligiga, xalqparvar va vatanparvar bo`lib etilishiga, ilmli va bilimli bo`lishiga hamda madaniy taraqqiyotiga bog`liq. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling