1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha
Valeologiyaning vazifalari
Download 98 Kb.
|
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ministry of health care of the republic of belarus vitebsk state medical university the general hygiene and ecology department
4. Valeologiyaning vazifalari
Valeologiyaning asosiy vazifalari: -Inson salomatligi va sog’lik rezervlarini tadbiq etish va son jihatdan baholash. -Sog’lom hayot tarziga yunaltirish. -Inson salomatligi va sog’lik rezervlarini sog’lom hayot tarziga yunaltirish orqali saqlash va mustahkamlash. -Jismoniy yetuklikka erishish- salomatlikni asrash va mustahkamlashdir, shunday ekan sog’lomlashtirish ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi. -Insonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko’nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta'lim-tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega. Jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidamlilik, chayirlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi profilaktik ta'lim-bu turli kasalliklar tarqalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va ko’nikmalarning bir tizimga solingan majmuasidir. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan ta'lim vazifalari hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlariga o’rgatish va sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini tarbiyalashni o’z ichiga oladi. Shuningdek, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o’rganish ham ta'lim vazifalaridan biri hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonch shakllanadi. Salomatlikni mustahakamlash, tanani chiniqtirish, uning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish bu pedagogik jarayonning sog’lomlashtiruvchi vazifalari hisoblanadi. Sog’lomlashtiruvchi vazifalarning muvaffaqiyati jismoniy mashg’ulotlarning sog’lomlashtiruvchi pedagogik printsiplari talablariga rioya qilishga bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan bog’liq muhim masala hal etiladi. Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funktsiyalari yetilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi yetilayotgan paytda, shuningdek uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta'siri ostida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu ma'noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko’rib chiqiladi. Jismoniy yetuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta'lim berish- yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog’lom hayot tarziga yunaltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar bilan yoshlarni qurollantirishdir. Ota-onang duosin olsang, haq yo`lida salomda bo`lsang, Ilmu-fanla tadbirkor bo`lsang, Oilam deb tarbiya topsang,O`zliging anglab ODAM bo`lsan, Ozbekiston Vatanim desang, Nuroniydek - Yuzga kirasan
Valeology - is a science about formation, maintenance and strengthening of individual health and its management. The subject of valeology is individual health and mechanisms of its formation. The object of valeology - a healthy person, and a person in preillness condition. Such person is usually out of sphere of doctor’s interests untill he would become really ill. The purpose of valeology is to preserve and to strength of individual health by means of formation of healthy lifestyle and perfection of health mechanisms. Tasks: • studying of person adaptation mechanisms to environment; • health estimation and reserve possibilities of human body, screening and monitoring of health; • studying of the third state, preillness; • research of scientifically proved recommendations about formation of healthy lifestyle; • propagation medical and valeological knowledge and abilities; • forecast and management of health. Valeology differs from other sciences studying health of the person. Valeology studies health and a healthy person, medicine - illness and a patient, hygiene - inhabitancy and conditions of persons life activity, directly influencing on health. Main principle of valeology is the following position: «Person, learn and create yourself». Valeologiya fani, uning maqsadi, vazifalari. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Valeologiya nazariy asoslari va uslublari. Valeologiya inson salomatligining shakllanishi, saqlanishi va mustahkamlanishi va uni boshqarishdir. Valeologiya fani insonning individual salomatligi va uning shakllanish mexanizmlarini o’rganadi. Valeologiya fanining obyekti sog’lom inson va kishilarning kasallikdan oldingi holati. Kishilar odatda kasallikga chalinmagunlariga qadar bu holatga e’tibor berishmaydilar. Valeologiya fanining maqsadi inson salomatligini saqlash, individual salomatlikni kuchaytirishga qaratilgan sog’lom turmush tarzini targ’ib va tatbiq qilishdir. Vazifalari: • insonning atrof-muhitga moslashuv mexanizmini o’rganish • inson salomatligi zahira imkoniyatlarini baholash, skrining va monitoring qilish • kasallikgacha bo’lgan holatni o’rganish • sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha ilmiy tavsiyalar berish • tibbiy va valeologik bilim va qobiliyatlarni oshirish • sog’liqni saqlash va uni baholash 1 Ministry of health care of the republic of belarus vitebsk state medical university the general hygiene and ecology department n.i.miklis, s.i.korikova, i.i.burak valeology tutorial for medical university students vitebsk, 2013 Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling