1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha


Download 98 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi98 Kb.
#230465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha

2. Valeologiyaning predmeti

Valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning harakat imkoniyatlari, jismoniy holatini takomillashtirish, salomatlikni saqlash va yaxshilash, sog’lom hayot tarzi bo’yicha bilim va ko’nikmalar tizimini o’rganish, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishga ehtiyojni mustahkamlashga yunaltirilgan faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi.

Shu munosabat bilan insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogik qonunlarni tadbiq etish, shu asosda har tomonlama yetuk insonni shakllantirish bo;yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash valeologiya fanining predmeti hisoblanadi.

Talabalarda sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ularni salomatlik va jismoniy yetuklikni asrash va yaxshilash bo’yicha bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirishga yunaltirilgan pedagogik faoliyat valeologiya fanining ob'ekti hisoblanadi.

Jismoniy yetuklikka intilish deganda insonni turli hayotiy sharoitlarga optimal moslashuvini ta'minlovchi va faol ijodiy turmush, o’quv va kelajakdagi mehnat faoliyati, hayotdagi o’rnining manbasi hisoblanuvchi jismoniy holati, jismoniy va funktsional tayyorgarligi, gavda tuzilishi va jismoniy rivojlanishini yaxshilovchi pedagogik jarayon tushuniladi.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling