1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha


YARATGANNING ENG ULUG’ - OLIY MO’JIZALARI


Download 98 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi98 Kb.
#230465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha

YARATGANNING ENG ULUG’ - OLIY MO’JIZALARI

Ma’lumki odam organizmining tuzilishi eng murakkab – mo’’jizalardan hisoblanadi. Jumladan:

Odam bosh suyagi vertikal uzunligini 7 ga ko’paytirilganda tana uzunligining kelib chiqishi, mo’’jizalardan biridir.

Odam organizmining boshqarilishida 7 ta asosiy tizimning mavjudligi: nerv, sezgi, eshituv organlari (1), suyak (2), muskullar (3), qon (4), yurak-tomirlar (5), endokrin bezlar (6), tananing ichki a’zolari tizimlari (7) dir (ramziy ma’noda).

Odam gavdasidagi 7 ta asosiy suyaklarning mavjudligi:

Bosh (1), Bo’yin (2), Elka va bilak (3), Tana (4), Son va boldir (5), Qo’l va panja suyaklari (6), Oyoq panja suyaklari (7).

Qo’l va oyoq panjalarining bir butunligida 7 ta bo’g’inlarning mavjudligi

Ko’z soqqasining 7 ta qavatdan (qismdan) iboratligi: Oqimtir qavat (1), ko’z soqqasining asosan orqa tomoni Tomirlar qavati (2), To’r pardasi (3), Shishasimon qism (4), Xrustalik (5), Radujka (6), Shoh qavat (7).

Shuningdek ovqat hazm qilish tizimi hamda ichki sekretsiya bezlari tizimlarida ham ushbu nisbiy qonuniyatlarni ko’zatish mumkin.

Yana bir ajoyib misol - odam nafas olganida umumiy havoning 7 dan biridangina foydalanar ekan. Mana Sizga Alloh taoloning mo’’jizakorligi.

Ma’lumki inson organizmi nihoyatda murakkab tuzilgan bo’lib, uni juda ko’p a’zo va tizimlarg’a bo’lish mumkin. Quyida ularning ayrimlari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.

Inson 1 soat ichida havodan 23 litr kislorod olib, atmosferaga 20 litr karbonat angidridi chiqaradi. Demak, er yuzidagi aholi atmosferadan 664 trillion 736 milliard litr kislorod olib 559 trillion 640 mld litr karbonad angidridi chiqaradi.

Yashil daraxtlarning karbonat angidridi olib O2 chiqarishini hisobga olinsa, hozirgi kunda ulardan soni keskin kamayib ketmoqda.

Odam yod elementining 90% ni ovqat moddalari, suv, o’simlik, mevalar, qishloq xo’jalik mahsulotlaridan oladi. Umuman, inson o’zining 75 yillik hayotida b or-yo’g’i bir choy qoshig’ida (5 gramm) gina yod iste’mol qiladi.

Odam uchun kundalik yod iste’mol qilishlik normasi (miqdori) 50mkg (mikrogramm - 1gramning milliondan biri) – chaqaloqqa 12 oylikgacha 90 mkg - 1 yoshdan 7 yoshgacha - 120 mkg - 7 yoshdan 12 yoshgacha 150 mkg - bolalar va o’spirinlar uchun (12 yosh va undan yuqoriga) 200 mkg - emizikli ayollar va xomiladorlar uchun.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling