1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha


Download 98 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi98 Kb.
#230465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu. Salomatlik haqida tushuncha

1.1-rasm


VALEOLOGIYANING KELIB CHIQISHIGA NIMALAR SABAB BO’LDI?

Valeologiyaning kelib chiqishiga quyidagi salbiy omillar-holatlar sabab bo’lgan. (asosan sobiq Ittifoq nazarda tutilgan):

1. Bolalar soni hamda ishlash qobilyatiga ega bo’lgan insonlarning kamayishi.

2. Depressiya (tushkunlikka tushish, bo’shashish) jarayonlarining paydo bo’lishi-genetik kamchiliklar, immun holatning susayishi.

3. Alkalkogolizm, toksikomaniya, narkomaniya va boshqalarning ko’payishi, tarqalishi.

4. OITS (SPID) va OIV (VICh)-infektsiyaning paydo bo’lishi va tarqalishi.

5. Rak, tuberkulyoz, diabet, jinsiy a’zo kasalliklari va boshqalarning ko’payishi.

6. Organizmda yod elementi taqsimligi.

7. Temir va boshqa mikroelementlarning organizmda etishmasligi.

8. Jinsiy ojizlik (impotentsiya), xatto jinsiy jihatdan ojiz «steril» holda tug’ilayotgan bolalarning paydo bo’layotganligi.

9. O’lim holatlarining ko’payishi.

10. Qotillikning rivojlanishi va boshqa bir qancha salbiy omillarning ko’paya borishi.

11. Ekologik xolatlarning yomonlashishiga va ularning inson organizmiga putur etkazayotganligi va boshqalar.

Demak, inson sog’ligini, saqlash, o’lim holatlarini kamaytirish uchun meditsina va proiflaktikaning o’zi etarli bo’lmay qoldi. Endi boshqa strategik reja tuzish, yangicha fanlar haqida o’ylash va tegishli metodlarni ishlab chiqishlar kerak bo’lib qoldi.

Boshqa davlatlarda ushbu sohada ahvol qanday?

Aytish mumkinki, boshqa davlatlarda ham ahvol shunday. Shuning uchun, masalan; AQSh, Kanada, Yaponiyada «Sihat-salomatlikni saqlash usuli», Finlyandiyada – «Sog’liqni saqlash odatlari usulini shakllantirish», Avstraliyada – «Bo’sh vaqtni samarali (ratsional) o’tkazishni o’rganish», Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qozog’istonda-«Valeologiya», «Hayotni ehtiyotlash» va shu kabi ta’limotlar joriy etilgan. Demak, bularning hammasini «Valeologiya fani» desa bo’ladi.




Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling