Valyuta bozori mmt-80K guruh talabasi Haqberdiyev Muxriddin ????Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doira


Download 287.8 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi287.8 Kb.
#1487279
Bog'liq
2 5258500405213539972


Valyuta bozori
MMT-80K guruh talabasi
Haqberdiyev Muxriddin
🔸Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doira.
🔸Oʻzbekistonda 1992-yil iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi
🔹Shuningdek, Valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. 
🔹Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro valyuta bozorlari AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda.
🔸Valyuta bozorida muomalalar valyutani naqd yetkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs.boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forward) shaklida amalga oshiriladi.
🔹Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi.
🔸1999 yil 1 yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.
🔵Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta Bozori respublikaning yagona va uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan valyuta bozori boʻlib, milliy valyuta bilan operatsiyalar uchun likvidlik markazi sifatida Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun savdo maydonchasi boʻlib xizmat qiladi. Spot valyuta bozorining umumiy hajmida birja yuqori ulushga ega.
🔵Valyuta birjasi — ishtirokchilari chet-el valyutasi orqali ish yuritadigan savdo faoliyatni tashkil qilishda yordam beruvchi, valyuta bozori infrastrukturasining bir elementidir. Valyuta birjasi valyuta bozorining asosiy elementlarining faoliyatini tashkil qilib beradi: savdo sistemasi (kontragent qidirish mexanizmi), kliring va hisob sistemasi (kelishuv ijro mexanizmi).
🟡Valyuta va moliyaviy aktivlar shoshilinch savdosi bilan mutahassis ravishda faoliyat ko’rsatadigan valyuta birjalari mavjud:
🔸London moliyaviy fyucherslar halqaro birjasi 
🔹Amsterdamdagi Evropa opcion birjasi 
🔸Frankfurtdagi Olmon shoshilinch birjasi 
🔹Singapur birjasi
🔸Sidneydagi shoshilinch savdo birjasi
🔵Iqtisodiy nuqtai-nazarda valyuta birjasi – bu birjaviy tashkiliy valyuta bozorining uyushgan ishtirokchisidir. Huquqiy ma’noda esa, valyuta birjasi xorijiy valyuta orqali birjaviy savdoni tashkil va tartibga solish yo’li bilan ko’tara bozorini shakllantiruvchi yuridik shaxs deb hisoblanadi.
🟡Valyuta olib sotarligi – marja yoki mijoz Forexga chiqishi uchun u bilan bank o’rtasidagi bitimga asosan belgilanadigan kredit “yelkasi”ning o’lchamiga bog’liq bo’lgan marjinal bitimlar sinfiga oid. Ushbu marjali kreditning o’lchami faqat mijozning savdo garoviga bog’liq va odatda 1:100 nisbatiga to’g’ri keladi. Ya’ni,garovga 3000 AQSH dollarini kiritib va 1:100 “yelkasi”ga ega bo’lib mijoz 300000 AQSH dollari ekvivalentiga to’g’ri keladigan bitimlarni amalga oshira oladi.
🔵Forex(FOReign EXchangemarket) bozori – 1971 yilda xalqaro savdo valyutalarning belilangan kursidan suzib yuruvchi kursiga o’tgan paytida shakllangan banklararo bozor. Bu ma’lum sanadagi kelishilgan valyuta kursi bo’yicha bir valyutani boshqa valyutaga almashadigan miqdorini almashish bitimlarining majmuasi. Bir valyutani ikkinchi valyutaga nisbatan almashilgan paytdagi kursi juda oson belgilanadi: talab va taklifdan kelib chiqqan holda – ikkala taraf ham rozi bo’lgan almashish.
E'tiboringiz uchun tashakkur
Download 287.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling