Variant-34 Pul aylanmasining mazmuni. Banklarning funksiyalari


Download 38.62 Kb.
bet1/16
Sana19.06.2023
Hajmi38.62 Kb.
#1625599
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1pbqY6HtfwdsnAs6slx976iGRAqsAem



Variant-34

1.Pul aylanmasining mazmuni.

2.Banklarning funksiyalari.

3.Muomila uchun zarur pul miqdori va uni aniqlash.


1.Pul aylanmasining mazmuni
Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishidir. Pulning doiraviy aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. I. Shakerning ta’rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo’lib, bunda pullar muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‘zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanishi tushunchasi – bu ma’lum davr davomida iqtisodiyotda pulning qanchalik darajada tez ko’chishib yurishi jarayonini anglatadi. Bu ko’rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga ( ) bo’lish orqali topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini bildiradi ya’ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun ishlatilinish darajasidir.
Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq tushunishimiz uchun 2 ta A va B shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni kichikroq biroq aholi soni B shaharchanikidan ko’proq. Shunga ko’ra, A sharchada bank strukturasi yaxshi rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori darajada tashkil qilingan. A shaharchada bank muassasalari soni ko’p bo’lib, pulni istalgan shaklda ishlatish bu sharcha aholisi uchun muammo emas. Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida pul aylanishi ko’rsatkichi yuqori bo’lib, bu uning iqtisodiyot ko’rsatkichlari yaxshi bo’lishiga ham olib kelgan.
Boshqa tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta bo’lsa ham, aholi soni bo’yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi rivojlanmagan hamda bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati ham o’z-o’zidan rivojlanishi past darajada bo’lib, bank orqali bo’ladigan hisob-kitob operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo’lidagi pul mablag’larini banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B shaharchaning iqtisodiyoti barqarorligiga ta’sirini ko’rsatgan.
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish darajasi qanchalik darajada past bo’lsa, pul aholi qo’lida shuncha kam aylanadi hamda pul massasining iqtisodiyotga ta’siri ham sezilarsiz bo’lishi kuzatiladi. Pul aylanish darajasiga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:

Download 38.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling