Vatan Bayrog’ingni asraydi yoshlar
nomli tadbir ssenariysi
1 O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etiladi
1. boshlovchi
Vatan yuragi
Vatan mening qaroqlarimda
Qotib qolgan yoshmiding ayt
Vatan sen dunyoni bag’ringga ko’mib
Chiqayotgan quyoshmiding ayt
Assalomu alaykum qadirli ustozlar, hurmatli mehmonlar ,aziz o’quvchilar . Hammamizga ma’lumki 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun .Ushbu sana munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirimizga xush kelbsiz.
2.Bag’ringda ko’z ochdim misoli buloq
Har lahza hayotdan olaman saboq
juda ko’p yurtlarni bilaman biroq
sen o’zing menga bir olamsan vatan
1.1 Endi navbat lobar qizlarimiz ijrosidagi go’zal raqsga
3. Yigirma uch bahorni qarshilagan yurt ,
Johon bog’lariga sochyapsan bahor .
Buyuk maqsad sari chiqdik safarga ,
Bizlarga hamrohdir ulug’ iftixor
1 .3 Endigi navbat Tohirbek Hamidov Ijrosidagi Sho’x
qo’shiqqa
5. yakuniy so’z
Poyoniga yetdi bugun dastur
Salomat bo’ling sizlar hamisha
Tashrifingiz uchun sizga tashaakkur
Shuning bilan bugungi Vatan Bayrog’ingni Asraydi Yoshlar deb nomlangan tadbirimiz o’z poyoniga yetdi . ishlaringizga omad ,o’qishlaringizga muvofaqiyat tilaymiz.
2-boshlovchi
1 . Vatan ,quchoqlagim keladi seni
Ko’rsam deyman yuraklaringni
Suvoqlari ko’chgan huv o’sha kulbang
O’psam deyman tol barglaringni
1.1 Mana bugun 5a va 5b sinf o’quvchilari hamkorligida qutlug’ sana munosabati bilan “Vatan Bayrog’ingni Asraydi yoshlar” shiori ostida tadbir uyushtirildi . Ushbu tadbirimizni ochib berish uchun so’z maktab ma’naviy –marifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari ………ga
2. Yurtim, bog’ingda qad kergan niholman
Sensiz bemajol , sensiz beholman
Bag’rihgda yashnagan gulgun bahorman
Sen esa mehribon onamsan ,vatan
1.2 Endigi navbat bayrog’imiz mazmun mohiyatini aks ettiruvchi ta’rifga
3. Sening zaminingda azizdir inson
Har bir kuning tuydir misol bayram
Buyuk va muqaddas mustaqil vatan
Bag’ringda do’stlarim yashaylik bu dam
1.4 Endi navbatni “Vatan bayrog’ingni asraydi yoshlar ” she’riga
Do'stlaringiz bilan baham: |