Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 53.14 Kb.
bet1/2
Sana24.10.2023
Hajmi53.14 Kb.
#1718529
  1   2
Bog'liq
5-MUSTAQIL ISHI KT


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“TT”FAKULTETI
RI 11-21 GURUH TALABASINING



KOMPYUTER TARMOQLARI
Fanidan
5-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Ergashev A.
Tekshirdi: Abduvaliyev A.
MAVZU:KLIENT-SERVER TEXNOLOGIYASI
REJA:
1.Klient
2.Server
3.Klint –server texnologiyasi
SHaxsiy komp’yuterda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalardan farqli ravishda, veb ilovalar, ya`ni tarmoqda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalar bir necha komp’yuterlarda ishlaydi. Bunday ilovalar klient/server (mijoz/xodim) arxitekturasi asosida yaratiladi. Klient dasturlari foydalanuvchi komp’yuterida tarmoqdagi resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Serverlar esa mijoz komp’yuterlarining talabiga ko`ra o`zidagi resurslardan foydalanishni ta`minlaydi. Uning yordamida serverga talablar va so`rovlar jo`natiladi, olingan ma`lumotlar ekranga chiqariladi. Klient komp’yuterida brauzer deb ataladigan dasturlar odatda bu vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari turli xizmat turlari uchun turli dasturlar yaratilgan. Mezbon (host) komp’yuterlarda esa mijoz (klient) komp’yuterlarga xizmat ko`rsatiladi. Server (xodim) dasturlari kelayotgan p aketlardan talablarni ajratib oladi va talab qilinayotgan xizmatlarni ko`rsatadi. Masalan, talab qilinayotgan veb sahifa mijoz komp’yuteriga jo`natiladi. YAna bir misol, serverda qilingan so`rovga ko`ra ma`lumotlar omboridan kerakli yozuvlar qidirib topiladi va ular asosida veb-sahifa yaratilib, mijoz komp’yuteriga jo`natiladi. . Mezbon komp’yuter – serverlarda veb saytlar joylashgan bo`ladi. Veb sahifalar joylashgan serverlar veb serverlar deb ataladi. Keyinchalik serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Veb serverlarning dasturiy ta`minoti talab qilingan veb sahifani ajratib oladi va mijoz komp’yuteriga jo`natadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Ma`lumotlar ombori va unga o`xshash ilovalarni bo shqarish uchun maxsus interfeys: CGI (Common Gateway Interface – umumiy shlyuz interfeysi) yaratilgan. Serverdagi ma`lumotlar omboriga tarmoqdan so`rov kelganda bu so`rov bevosita ma`lumotlar ombori serveriga jo`natiladi. Server esa ma`lumotlar omborining qasddan yoki bexosdan buzilishining oldini olish uchun ombordagi ma`lumotlarga CGI orqali murojaat qiladi. . Internet manzillari va nomlari Internet ishining negizini domen (soha) nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi. DNS orqali komp’yuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar. Internetdagi biror saytga kirish uchun manzili, masalan, www.zn.uz kiritiladi. Resurslarning internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator – resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi. DNS yordamida yozilgan va insonlarga tushunarli bo`lgan manzillar komp’yuterlarga tushunarli bo`lishi uchun IP manzillarga o`tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli komp’yuterni topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash mumkin). IP manzillar 8 bitli to`rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7. Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o`ng tomonda ko`rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O`zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. SHunga o`xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o`z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo`lib, ular o`zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education – ta`lim muassasalari), .gov (government – davlat organlari), .mil (military – harbiy tashkilotlar), .net (networks companies – tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization – boshqa tashkilotlar). Domenlar, ya`ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday joylashuvda katta domenlar kichiklarini o`z ichiga oladi va ularning nomlari bir - biridan “.” orqali ajratib ko`rsatiladi. Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o`z navbatida bir necha domenlarga bo`lingan, masalan uning informatia va axborot texnologiyalariga bag’ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu domenga www.ivat.zn.uz deb murojaat qilinadi. Bu domen ham o`z navbatida turli domenlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. DNS serverlari deb ataluvchi komp’yuterlar domenlar va ular nomlarida bo`layotgan o`zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo`lgan yangi domenlarning nomlarini o`z ro`yxatlariga kiritib qo`yadilar. Bundan tashqari, bu serverlar domen nomlarini IP manzillarga o`tkazish uchun ham xizmat qiladilar. Sizning komp’yuteringiz internetga ulanganda boshqa komp’yuterlarga ulana olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil bo`lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o`zgarmaydi va statik manzilga ega foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo`ladilar. Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va statik manzillar hammaga etmaydi. SHu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashning bir seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo`lishi mumkin.
Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog‘onasiga chiqqan. Web-saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o‘xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda.
Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: klient tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu texnologiyalarni tushunish uchun avvalo bevosita "klient-server" texnologiyasini tushunish kerak. Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. Bunday atama dasturning natijasiga bog‘liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifasida foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir.
Shu tariqa ssenariylar klient tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi ssenariylarga bo‘linadi. Klient tomonida bajariluvchi ssenariylar brouzer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi ssenariylar esa Web-server yordamida bajariladi.

Download 53.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling