Viloyatda Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llab barcha sohalarni rivojlantirish


Download 21.12 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1286465
Bog'liq
Доклат


XORAZM viloyati hokimi F. Ermonov raisligida o’tkaziladigan “Viloyatda Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llab barcha sohalarni rivojlantirish” mavzusida videoselektor yig’ilishiga
HISOBOT


13.04.2022y. Xonqa t.


Assalomu aleykum hurmatli Farhod O’razboyevich!
Xurmatli yi’g’ilish qatnashchilari!

Ruxsatingiz bilan Xonqa tumanida 2021-yilda barcha sohalarda Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash natijasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to’xtalib o’tsam. Sohadagi ustuvor, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar hamda axborot texnologiyalari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida «Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish» loyihasini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma Kengashining navbatdan tashqari majlisi chaqirilib ijobiy qarorga erishildi.


Shuningdek «Internet tarmog‘ida www.uz milliy axborot qidiruv tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish» loyihasi uchun Jamg‘arma Nizomida ko‘rsatilgan «Aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida xizmatlarning yangi turini ishlab chiqish va joriy etish hamda respublikaning butun hududida milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish» yo‘nalishi bo‘yicha Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markaziUZINFOCOMga moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Aytib o‘tilgan yutuqlar bilan birqatorda kamchiliklar ham borki, bu sohadagi ko‘plab korxonalar Jamg‘arma mablag‘larini ishlatish, undan foydalanishga, olingan qarz va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash kabi masalalarga bee’tiborliklarida, ko‘p holda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yayotganliklarida namoyon bo‘lmoqda. Natijada Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larning davriyligi, to‘liqligi buzilmoqda, rejalangan ishlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘ilmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan ishlarsar hisob qilinsa, ishonch bilan aytish mumkinki, sohaga sarmoya kiritishda, sohadagi ustuvor va ahamiyatli loyihalarni amalga oshirishda, kompyuterlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashni rivojlantirishda, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda va ushbu sohadagi boshqa ko‘pgina yo‘nalishlarni rivojlantirish va takomillashtirishda Jamg‘armaning qo‘shayotgan hissasi beqiyosdir. Sohadagi deyarli barcha korxona va tashkilotlar, o‘quv yurtlari, kichik va o‘rtabiznes vakillari Jamg‘arma mablag‘laridan keng foydalanishgan. Buning natijasida ularning moddiy-texnik bazasi kengaydi, yangizamonaviytexnikavatexnologiyalaro‘rnatildi, aholigaqulayliklaryaratildi. Engmuhimi — respublikamizningaloqava ta’lim meditsina iqtisodiy umumiy barcha sohalarda Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash har bir sohaning rivojlanib, xalqimizga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirishga, ularga yangi va qulay narxlarda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Jamg‘armaning kelgusi vazifalari yana ham salmoqli. Bular Jamg‘armada ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, avtomatlashtirilgan xizmatko‘rsatish dasturini yaratish, sohadagi korxona va tashkilotlarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga ko‘rsatiladigan xizmatlar soni va sifatini oshirishdani borat.
Ishonchimiz komil, bu vazifalar ham albatta, bajariladi.

Hisobotim tugadi.
E’tiboringiz uchun kata rahmat!
Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling