Viruslar uchun gemagglyutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi (gatr) yordamida antitelolarni titrlash
Download 28.79 Kb.
|
1 2
Viruslar uchun gemagglyutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi (GATR) yordamida antitelolarni titrlash. Issiq qonli hayvonlar organizmiga yuqori molekulali yot moddalar parenteral yo‘l bilan yuborilganda organizmning ularga qarshi ishlab chiqargan oqsillariga antitelolar deyiladi. Antitelo hosil qiluvchi moddalarni organizmga yuborilganda esa antigenlar deyiladi. Viruslar deyarli antigenlar hisoblanadi. Antitelo o‘zlarini hosil qilgan antigenlar bilan o‘zaro ta’sir qilib,(antitelo spetsifikligi) uning biologik aktivligini neytrallaydi. Shu tariqa antitelo organizmni yuqumli agentlardan himoya qiladi, ularning hosil bo‘lishining mohiyati ham shunda.. Antitelolar gomologik antigenlar bilan nafaqat in vivo balki in vitro sharoitda ham o‘zaro ta’sir qilishi mumkin. Odatda antiteloning manbai qon zardobi (serum) hisoblanganligi sababli va organizmdan tashqarida in vitro sodir bo‘lgan antitelo va antigenlar reaksiyani serologik reaksiya deyiladi. Gemagglyutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi GATR oddiy reaksiyalardan biri hisoblanadi. Bu reaksiya, antiteloning gomologik virus (antigen) bilan uchrashib, uning nafaqat yuqumli ta’sirini, balki gemagglyutinatsiyalovchi qobiliyatini neytrallash xususiyatiga asoslangan bo‘lib, virionning gemagglyutinatsiyalovchi retseptorlarini o‘rab oladi va u bilan antigen + antitelo kompleksi hosil qiladi. GATR hatti harakati shundan iborat, probirkaga bir xil hajmda qon zardobi va virus suspenziyasi quyilib aralashtirilgach, ma’lum vaqtdan so‘ng eritrotsit suspenziyasi quyilib, aralashmada virus borligi aniqlanadi. Aralashmada eritrotsitlarning agglyutinatsiyalangani virusning borligidan, cho‘kmaga tushishi esa virusni yo‘qligidan dalolat beradi. Virus va zardob aralashmasidagi virusning yo‘qolishi zardobdagi antitelo bilan virus o‘rtasida o‘zaro aloqa belgisi hisoblanadi. Demak, antitelo antigenlar bilan ma’lum miqdorda qat’iy o‘zaro aloqaga kirishadi. Shuning uchun, ma’lum miqdordagi virusning gemagglyutinatsiyalovchi qobiliyatini bartaraf qilish uchun antiteloning aniq minimum miqdori talab qilinadi. Odatdagidek, GATR komponentlaridan biri hamma vaqt noma’lum, shuning uchun reaksiyani qator probirkalarda antiteloning har xil miqdori bilan qo‘yiladi. Buni amalga oshirish uchun zardobning har-xil suyultirilgan ma’lum hajmi va virusning esa bir xil suyultirilgan ma’lum hajmi yoki virusning har xil suyultirilgan ma’lum hajmi, zardobning esa bir xil suyultirilgan ma’lum hajmi olinadi. GATR quyidagi masalalarni yechadi: zardobdagi antiteloning virusni gemagglyutinatsiyalovchi ta’siriga nisbatan titrini aniqlaydi; aniq zardob yordamida gemagglyutinatsiyalovchi noma’lum virusni farqlaydi; ikki xil virusning bir-biriga o‘xshashlik darajasini aniqlaydi. GATR ning ustunligi; qo‘yishtartibi oddiy, tez bajariladi, antiseptik sharoit talab qilmaydi, nihoyatda spetsifik va arzon. GATRning kamchiligi–bu reaksiya faqat gemagglyu-tinatsiyalovchi viruslar bilan bajariladi. GATR antitelolarni titrlash tartibi quyidagidan iborat: Tekshiriladigan zardobning ketma-ketli (odatda 2 karrali) suyultirilganini bir xil hajmda (ko‘pincha 0,25 yoki 0,2 ml) bir qator qilib tayyorlash; Har qaysi suyultirilganiga shu hajmda gomologik virusdan 4 GAB qo‘shish; Aralashma aniq haroratda ma’lum vaqtgacha (n’yukasl kasalligi virusi uchun 40-60 daqiqa xona haroratida ) saqlab turiladi. Barcha aralashmaga bir xil hajmda 1% yuvilgan eritrotsitlar suspenziyasidan qo‘shish; ma’lum vaqtdan so‘ng har bir aralashmadagi gemagglyutinatsiya krestlar bilan baholanadi. Reaksiyada zardobga, virusga va eritrotsitlarga nazorat belgilanadi. Zardobning eng yuqori suyultirilgan darajasining gemagglyutinatsiyani to‘lasincha to‘xtata olishiga zardobdagi antiteloning titri deb qabul qilingan. GATR ning sxemasi 8- jadvalda tasvirlangan. Keltirilgan misolda gemagglyutinatsiyani to‘liq to‘xtatuvchi zardobning yuqori titri 1:32 ga teng bo‘lganligi sababli antiteloning titri T= 1: 32 deb yoziladi. Zardobdagi antiteloning titri hamma vaqt uning yuqori suyultirilgani gomologik antigen bilan o‘zaro ta’siri tufayli ma’lum natija berib ifodalanishini esda qoldiramiz. Antiteloning titri uning zardobdagi konsentratsiyasini ifodalaydi. GATR qanchalik past titrdagi virus olinsa, zardobdagi antitelolarning shunchalik kam konsentratsiyasini aniqlay olishini nazarda tutish kerak (binobarin ularning titri yuqori bo‘ladi). Virusning 4 GAB titri ishonchli gemagglyutinatsiya keltirib chiqaruvchi eng past miqdori hisoblanadi, chunki uni barobar miqdordagi zardob bilan aralashtirilganda uning titri har qaysi probirkalarda 2 GAB gacha pasayadi. 8-jadval. GATR yordamida antitelolarni N’ykasl kasalligining virusiga qarshi titrlash.
Download 28.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling