Vodorod sulfid asosida kationlarni guruhlarga bo’lish. Reja: Kationlarning Analitik Guruhlarga Bo‘Linishi


Download 7.01 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi7.01 Kb.
#1769629
Bog'liq
Vodorod sulfid asosida kationlarni guruhlarga bo’lish. Reja Kat-fayllar.org


Vodorod sulfid asosida kationlarni guruhlarga bo’lish. Reja: Kationlarning Analitik Guruhlarga Bo‘Linishi

VODOROD SULFID ASOSIDA KATIONLARNI GURUHLARGA BO’LISH.
REJA:
1.Kationlarning Analitik Guruhlarga Bo‘Linishi.
2.Kationlar analitik klassifikatsiyasining D.I.Mendeleyevning davriy sistemasiga bog‘liqligi.
3. Analitik kimyo Iaboratoriyasida ishlash qoidalari.
Sistemali analiz qilishda ionlar murakkab aralashm adan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh tarzida ajratiladi. Bunda ularni guruh reagenti deb ataluvchi ba’zi reaktivlar ta ’siriga bir xil munosabatda bo‘lishidan foydalaniladi. G uruh reagentiga quyidagi talablar qo‘yiladi: kationlarni amalda to'liq cho‘ktirishi; keyingi analizlarni o ‘tkazish uchun hosil bo‘lgan ch o ‘km a kislotalarda oson eriydigan b o ‘lishi; ortiqcha qo'shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni topishga xalal bermasligi kerak. Kationlarning analitik guruhlarga bo'linishining bir necha usullari bor. Ulardan eng qulayi va ko‘proq tarqalgani — vodorod sulfidli va kislota asosli usullar bilan tanishamiz. Vodorod sulfidli usul. Bu usulni 1871-yilda N .A .M enshutkin taklif qilgan. I guruh: Na+, K +, N H 4 + , Mg2+ kationlari, guruh reagentga ega emas. II guruh: Ba2+, Sr2+, C a2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy karbonat (NH4 ) 2 C 0 3, ammiakli bufer eritm a (N H 4OH + + N H 4 C1) ishtirokida, harorat 70—80° C. III guruh: Fe2+, Fe3+, C r3+, Al3+, Mn2+, Z n2+, Co2+, N i2+ kationlari, guruh reagenti am m oniy sulfid (N H 4 ) 2 S, ammiakli bufer eritma (N H 4OH va N H 4 C1) ishtirokida, harorat 70-80 °C. IV guruh: C u2+, C d2+, Hg2+, Bi3f, Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh reagenti kislotali muhitda vodorod sulfid H2 S. V guruh: Ag, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagenti xlorid kislota. V odorod sulfidsiz usulini guruhlarga klassifikatsiyalashning bir necha usullari (kislota-ishqorli, asetat-amidli, am m iak-fosfatli) mavjud bo‘lib, shulardan kislota-ishqorli klassifikatsiyalash usulini ko'rib chiqaylik. Kislota-asosli usul. K ationlarni kislota-asos ta’sirida hosil qiladigan qiyin eruvchan xloridlar, sulfatlar, gidroksidlar va eruvchan am m iakli kompleks birikmalariga asoslangan bo‘lib, ular o ‘z navbatida, olti anaiitik guruhga bo‘linadi: I guruh: Ag, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagenti 2 n li HCI. II guruh: Ba2+, Sr2+, C a2+ kationlari, guruh reagenti 2 n li H2so4. III guruh: Al3+, Sn2+, Sn4+, Cr3+, Z n2+, As+3, As+ 5 kationlari, guruh reagenti 2 n li N aO H eritmasi. IV guruh: Mg2+, M n2+, F e2+, Fe3+, Bi3+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh reagenti 25% li N H 4 OH. V guruh: Cu2+, C d2+, N i2+, Co2+, Hg2+ kationlari, guruh reagenti 2 n li NaOH bo‘lib, hosil bo‘lgan cho‘kma ortiqcha 25% li N H 4OH da eriydi (ammiakli kompleks birikmalar hosil qiladi). VI guruh: K+, N a+, N H 4+ kationlari, guruh reagentga ega emas. D em ak, anaiitik kim yoda kationlarni klassifikatsiyalash ular hosil qiladigan birikm alarning eruvchanligi turlicha bo'lishiga asoslangan. Bu esa bir guruh ionlarni boshqasidan ajratish imkonini beradi. G uruh reagentlaridan foydalanish analizni ancha yengillashtiradi, chunki ulardan foydalanilganda analizda qilinishi kerak bo‘lgan murakkab ishlar bir necha soddaroq ishlarga bo‘linib ketadi.

Kationlar analitik guruhlarining tartib raqam i D .I. M endeleyev elementlar davriy sistemasida gruppalar tartibiga ancha yaqin. Haqiqatan ham kationlar hosil qilgan tuzlar va gidroksidlarning eruvchanligi ularning boshqa ham m a xususiyatlari kabi D.I.Mendeleyevning davriy sistemasida joylashgan o'm iga bogliq. Kationlarni vodorod sulfidli klassifikatsiyasi bilan elementlar davriy sistemasi orasidagi bogiiqlikni ko‘rib o'taylik. Analiz davomida karbonatlar gidroksidlar va sulfidlar holida cho‘kadigan kationlar, ularning ba’zilarini hisobga olmaganda, davriy sistemada qonuniy ravishda joylashgan. I va II analitik gruppa kationlari N a+, K+, Mg2+, Ba2+, Sr2+, C a2+ davriy sistemadagi o ‘sha gruppaning asosiy gruppachasida joylashgan. A m m oniy sulfid ta’­ sirida gidroksidlar holida c h o ‘kadigan uchinchi analitik guruh kationlari Al+3, C r3+ davriy sistema III va VI gruppalarining chap tom onida joylashgan. Ammoniy sulfid ta ’sirida sulfidlar holida cho‘kadigan III analitik guruh kationlari Fe2+, Fe3+, Cr3+, N i2+, Co2+, M n2+, Z n2+ esa, asosan, to ‘rtinchi katta davrning o ‘rtasida joylashgan. Qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiluvchi IV analitik guruh kationlari C u2+, Cd2+, Bi3+, Sn2+ davriy sistemaning o‘ng tomonida, katta davrlaming birinchi yarmida VI gruppadan boshlab joylashadi va shu gruppaning ikkinchi yarmida tugaydi. Xloridlar hosil qiluvchi V analitik guruh kationlari Ag+, [Hg2]2+, Pb2+ davriy sistem aning chap tom onida joylashgan. Agar tegishli kationlar elektron qavatining tuzilishiga e’tibor bersak, birinchi va ikkinchi analitik guruhning natijalari, shuningdek, uchinchi guruhning (N H 4)2S ta ’sirida gidroksid holida cho'kadigan kationlar, inert gazlar kabi, 2 yoki 8 ta elektronli tugallangan tashqi elektron qavatga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiluvchi uchinchi va beshinchi analitik guruh kationlari esa tugallangan tashqi qavatga yoki 8 ta elektrondan 18 ta elektronga o‘tuvchi tugallanm agan elektron qavatga yoki tashqi ikkita qavatida 18+2 elektronga ega bo‘ladi.


A nalitik kim yo Iaboratoriyasida ishlayotgan har bir talaba quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. 1. Laboratoriyadagi har bir talaba uchun alohida ish o ‘rni tayinlanadi, stolga papka, kitoblar va boshqa ortiqcha narsalar qo‘y>lmasligi kerak. Ish joyida tartib va tozalikni saqlash lozim. 2. H ar bir tajriba ishini bajarishdan oldin unga taalluqli nazariy m ateriallarni o ‘rganish ham da yo‘riqnoma bilan chuqur tanishib, noaniq savollar hal qilingandan so‘ng tajribani boshlash kerak. Laboratoriyada har bir ish alohida bajariladi. 3. Elektr quvvati, gaz, suv, reaktivlar bilan ishlashni bilish lozim. Tajribalar uchun eng kam miqdorda modda olish, ishlatilmay qolgan yoki ortiqcha olingan reaktivlarni qayta idishga solish m um kin emas. Kam uchraydigan qim m atbaho va zaharli modda qoldiqlarini laborant maxsus idishga solishi kerak. 4. Ishlatilgandan so‘ng barcha reaktiv va eritm alar saqlanadigan idish qopqog‘ini yopib q o ‘yish, shu bilan birga, qopqoqlarni almashtirib yubormaslik kerak. Umumiy ishlatiladigan reaktivlarni talaba o ‘zining ish o‘miga olib borishi man qilinadi. Reaktivlarni idishi bilan kitob va daftarlar ustiga qo‘yish m um kin emas. 5. Anaiitik kimyo laboratoriyasida xalat kiyib ishlanadi, u yerda ovqat yeyish, chekish va baland ovozda gaplashish qat’iyan man qilinadi. 6 . Ishni tugatgandan so‘ng foydalanilgan idishlarni yuvib qo‘yish, ish o'rnini tozalash, gaz, suvni o ‘chirish, elektr asboblarni tarm oqdan uzish zarur.
http://fayllar.org
Download 7.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling