Vodorod sulfid (H2S)
O'lchov usulining mohiyati
Usul quyidagi jarayonlar natijasida hosil bo'lgan eritmaning optik zichligini o'lchashga asoslangan: havodagi vodorod sulfid natriy arsenit va ammoniy karbonatdan tashkil topgan yutuvchi eritma bilan yutilganda ammoniy sulfosol hosil bo`ladi.Bu eritmaga kumush nitrat eritmasi qo'shganda, sariq-jigarrang rangli kumush sulfosolga eritmasiga aylanadi.
Havodan namuna olish:
2-4 dm3 o`rganilayotgan havodan 0.5 dm3 /min tezlikda 10 sm3 dan yutuvchi eritma tutgan yutuvchi uskunadan namuna olinadi.
Birinchi yutuvchi trubkada 1 yoki 5 sm3 , ikkinchi yutuvchi trubkadan 5 sm3 analiz olib borilisgi uchun namuna olinadi.Undan keyin o'lchovlarni bajarish amalga oshiriladi. 1 cm3 namunasini olishda yetishmayotgan hajm 5 cm3 gacha yutuvchi eritma bilan keltiriladi.
Eritmalar tayyorlash
Natriy tiosulfatning 0.1mol/ dm3 molyar konsentrasiyali eritma tayyorlash:
1000 sm3 sig`imli kolbaga standart titrlash uchun zarur miqdorda ampuladagi eritma va me`yorgacha distillangan suv quyiladi.
Asosiy standart eritma tayyorlash:100 sm3 sig`imli kolbaga 0.1mol/ dm3 molyar konsentrasiyali NA2S2O3 eritmasidan 3 sm3 quyiladi va me`yorgacha distillangan suv quyiladi.Hosil bo`lgan eritma tarkibida 100 μg/ sm3 H2S saqlaydi.Eritma 10kun yaroqli.
Ishchi standart eritma tayyorlash: 100 sm3 sig`imli kolbaga 10 sm3 asosiy standart eritmasi va me`yorgacha distillangan suv quyiladi.Hosil bo`lgan eritma tarkibida 10 g/sm3 H2S saqlaydi. Eritma 1-2 kun yaroqli.
1%li kraxmal eritmasini tayyorlash: 50-100 sm3 sig`imli kolbaga 1 gr kraxmal va 25 sm3 distillangan suv quyilib aralashtiriladi.Alohida haroratga chidamli stakanda 75 sm3 distillangan suv 50-60 C isitiladi va eirtma qo`shilib 1 min qaynatiladi va sovutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |