Voqea yoki haqiqatni o'rab turgan narsa
Download 105.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq8 Amaliy
8 Amaliy :Kengaytirilgan menyu, kontekst menyu hosil qilish. Kontekst nima: Lingvistik kontekst Kontekstualizatsiya Kontekst nima: Kontekst lotincha, kontekst, Bu nima degani voqea yoki haqiqatni o'rab turgan narsa. Kontekst - bu ramka, atrof-muhit, atrof-muhit, jismoniy yoki ramziy ma'noda, hodisani o'rab turgan yoki shartlantiradigan, boshqalar bilan taqqoslanmaydigan hodisalar, vaziyatlar va holatlar (vaqt va joy kabi) to'plamidir. Ya'ni, kontekst - bu vaziyatlar yoki vaziyatlarning to'plamidir aloqa jarayonida jo'natuvchi va qabul qiluvchining uchrashadigan joyi va xabar ishlab chiqarilgan joy. Ushbu holatlar, ba'zida uni to'g'ri tushunishga imkon beradi, bu nima deyiladi qo'shimcha lingvistik kontekstturli xil bo'lishi mumkin, masalan, madaniy, ijtimoiy, ma'rifiy, tarixiy, iqtisodiy, psixologik kontekst va boshqalar. Kontekst aloqada juda muhimdir, chunki bir xil tildagi farqlar va madaniy farqlar shuni anglatadiki, ba'zilari uchun to'g'ri bo'lgan narsa boshqalarga mos kelmasligi mumkin. Shunday qilib, kontekst - bu boshqa odam bilan suhbatlashish, qo'shiq tinglash, film tomosha qilish yoki kitob yoki maqola o'qish paytida tahlil qilishning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Lingvistik kontekstTilshunoslik va grammatikada kontekst bu lingvistik elementlarning to'plami yoki lingvistik, ijtimoiy va pragmatik muhit, so'zni yoki jumlani o'rab turgan, ya'ni oldin va keyin keladigan va bu yoki uning to'g'ri talqinining ma'nosini o'zgartiradigan yoki o'zgartirmaydigan shartlar. Til kontekstini o'rganishga mas'ul bo'lgan fan amaliy. Til mazmuni jumla ichida darhol so'z bilan berilsa, biz gaplashamiz mikrotext, va agar matnning ma'nosi bir nechta elementlardan iborat kontekst bilan berilsa, bu darhol emas, biz gaplashamiz so'l matn. Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi: 1. Ishonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak. 2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim. 3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi ancha ixcham bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim. 4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur hususiyat operatsion tizimning muhim hususiyati hisoblanadi. 5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak. 6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Opеratsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb ataladi. Hozirda operatsion tizimlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib ulardan quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Microsoft Windowsning paydo bo’lishi mikro kompyuterlar tizimi sohasida yangi era boshlanganining belgisidir. MSDOS boshqaruvida ishlovchi 1980- yillardagi ishlanmalarning cho’qqisiga aylangan windows 3.1 ga ishchi guruhlari uchun mo’ljallangan Windows tizimlari kuchli ilovalarni qulay va o’zlashtirishga oson ko’p vazifali grafik muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta’minlangan. Bundan tashqari Windows ga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan. Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Foydalanuvchining to’liq qayta ishlangan interfeysi. Yangi interfeys sharofati bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan ishlash ancha oson va engil. Mana foydalanuvchining yangi interfeysining asosiy hususiyatlari: ishga tushurish tugmachasining menyusi (Start Menu, ruscha versiyada - Bosh menyu) siz so’nggi paytlarda ishlagan dasturlar va hujjatlarga, boshqaruv paneli (Control Panel)ga, printerlarga va tizim utilitlardan foydalanish, ularga yo’llashning osonlashishi ta’minlanadi; bir dasturdan boshqasiga o’tishga soddalashtirilgani; oldingi versiyalardagi fayllar dispetcheri (File manager)ni almashtirib kelgan Windows o’tkazuvchisi (Windows Explorer)ning kuchli dastur ekanligi; serverlar ko’rib chiqishni va tarmoq fayllariga xuddi lokal qattiq diskdagidek oson ishlov berish imkonini beruvchi tarmoq o’rami nishoni (Network Neighborhood)ning borligi; tez-tez ishlatiladigan dasturlar, panellar va hujjatlar uchun yorliqlar yaratish imkoni borligi; obyektlarning tizimini sozlashni yengillashtiruvchi hususiyatlarining ro’yxati; hujjatga u yaratilgan ilovani ishga tushurmay nazar tashlash imkonini beruvchi «tez ko’rib chiqish» vositalarining to’plami; sizning kompyuteringizdagi bo’lganidek, xuddi shuningdek tarmoq serveridan ham hoxlagan axborotni tanlashga yordam beruvchi kuchli izlash dasturi; siz tasodifan kerakli bo’lgan nimanidir chiqarib tashlaganingizda sizga uni tiklashda qo’l keladigan savatcha (Recycle Bin); printerlar va shriftlar bilan ishlash uchun oddiy asboblar; tizimni o’rnatish va sozlashda foydalanuvchini kuzatuvchi «ustalar» jamoasi (Wizards). unda kontekstli izlash imkoni paydo bo’lgan takomillashtirilgan yordam tizimining mavjudligi. Yangi tizimga o’tish Windowsga Windowsning oldingi versiyalarining qobiqlari bo’lgan dasturlar dispetcheri (Program Manager) va fayllar dispetcheri ham kirganliklari tufayli ham osonlashadi. Shunisi ham borki, ulardan kimdir uzoq vaqt foydalanishi (agar umuman foydalansa) ehtimoldan uzoq. Fayl nomlari haqidagi ma’lumotlarni qo’llab quvvatlash. Siz Windows 3.X va MS DOS tizimlaridagi fayllarning nomlarining uzunligiga cheklovlar haqida yodingizdan chiqarib qo’yishingiz mumkin. Windowsda fayllar nomlarining uzunligi 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. Tarmoqda ishlashni qo’lab-quvvatlashning kompyuterga qo’shib ishlangan vositalari. Windows, shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan oldingi ko’plab operatsion tizimlardan farqli o’laroq avval boshidanoq tarmoqda ishlash uchun yaratilgan edi va mana shuning uchun ham kompyuterdagi fayllar va uskunalar bilan birgalikda foydalanish imokoniyatlari Windows dan foydalanuvchining interfeysiga to’liq integrallashtirilgan. Plug and Play. Windowsda periferiya uskunalarini o’rnatish va sozlashni maksimal darajada soddalashtirishga urinishini o’zida mujassamlangan, Plug and Play standartini qo’llab-quvvatlash amalga oshirilgan. Operatsion tizim mana shu tarzda avtomatik ulanishni va uskunalarning Plug and Play standartlari talablariga javob beradigan uskunalarni konfiguratsiyalashni ta’minlaydi, ularning eskirgan uskunalar bilan moslashib ishlashni qo’llab-quvvatlaydi va mobil komponentalarini ulash va o’chirish uchun dinamik muhitni yaratadi. Portativ kompyuterlarni qo’lab-quvvatlash. Plug and Play standartini qo’llab-quvvatlashni qo’shimcha qilib Windows portativ kompyuterlardan foydalanuvchilarga fayllarni sinxronlashtirish, fayllarning bevosita kabelga ulanishi yordamida va masofadan uzatish vositalari taqdim etadi. Windows OS da quyidagi uch turdagi menyular mavjud: Пуск menyusi – asosiy menyu. Kontekst menyu. Ilova va oynalar bilan ishlashga mo’ljallangan maxsus menyular. Asosiy menyu. Vazifalar panelining chap burchagida (yoki tepada, agar panel ish stolining chap yoki o’ng chetiga joylashtirilgan bo’lsa) ishga tushurish tugmachasi joylashgan. Ushbu tugmachani bosilishi ekranda rasmda tasvirlangan bosh menyuning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu menyu keyingi vaqtda ochilgan, hamma dasturlar va hujjatlarga tezlik bilan yo’llashni ta’minlaydi. Kerakli obyektga o’tish uchun sichqonchaning tugmachasini bir marta bosishning o’zi kifoY. Bundan tashqari bosh menyu lokal va tarmoq disklardagi dasturlar va hujjatlarni izlashni sezilarli darajada engillashtiradi. Tizimdan chiqish ham bosh menyu yordamida amalga oshiriladi. Ishni yakunlash buyrug’i mana shuning uchun xizmat qiladi. Mening kompyuterim nishoni sizning kompyuteringizning resurslarining holati bilan tanishish imkoniyatini beradi. Uni ochib, siz ekranda quyidagi ko’satilgan rasmdagiga o’xshash papka darchasini ko’rasiz. Bu darchada har bir diskovod lokal qattiq disk, kompakt disk, kompakt disklarning simi va kompyuteringiz ulangan tarmoqlar ulangan tarmoq kataloglarining hammasi uchun bittadan nishon bo’ladi. Bundan tashqari bu darchada boshqarish panelga, printerlarga, modem yordamida telefon kanallari bo’yicha tarmoq resurslari bilan aloqa uchun mo’ljallangan tarmoqqa uzoqdan yo’llash dasturiga yo’llash uchun qo’shimcha tizimiy manellar ham mavjud bo’lishi mumkin. Mening kompyuterim nishoni hamma lokal va tarmoq resurslari taqdim etilgan panelni ochadi. 1. Sarlavha qatori – darchaning uning nomi, darchani boshqarish tugmachasini o’z ichiga olgan yuqori qatori, - yig’ishtirilsin, darchani vazifalar paneliga yig’ishtirish uchun - yoyilsin, darchani butun ekranga yoyish, - tiklansin, darchaning oldingi o’lchamlarini qaytarish, - yopilsin, ish tugashi bilan darchani to’liq yopish kabi piktogrammalar joy olgan. 2. Menyu qatori – ushbu darcha uchun mo’ljallangan buyruqlar bo’lgan bandlarni ichiga olgan qator. 3. Uskunalar paneli. Tez-tez ishlatiladigani buyruqlarning tugmachalarini o’z ichiga olgan panel hisoblanadi. 4. Manzil satri. Panelning yo’nalishi ko’rsatilgan qator. 5. Darchaning ish maydoni. Darchaning uning obyektlari ko’rsatilgan asosiy qismi. 6. Ish maydonining ko’rinmaydigan qismini ko’rib chiqish uchun gorizontal va vertikal chizg’ich mintaqalari. 7. Holat satri. Darchaning qo’shimcha axborot ko’rsatilgan pastki satri. 8. Darchaning chegaralari - uning perimetrini tashkil etuvchi chiziqlar. Darchaning istalgan o’lchamini o’zgartirish uchun darchaning chegarasida turish va darchaning o’lchamini sichqonchaning tugmachasini bosib turgan holda o’zgartirish kerak. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling