Walt Disney


Download 449.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1159934
Bog'liq
Tijorat banklarining aktivlari

Tijorat banklarining aktivlari holati va ulardan foydalanish tahlili

Bank aktivi

  • Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayonida mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
  • Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.

Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:

  • Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.

Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari turlari

  • 1. Daromad keltiruvchi aktivlar.
  •  Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);
  •  Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
  •  Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar

2. Daromad keltirmaydigan aktivlar.
Pul mablag‘lari;
Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;
Bino va inshootlar;
Nomoddiy aktivlar;
Debitorlar;
Hisob-kitobdagi mablag‘lar;
Muddati o`tgan ssudalar .

Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:

  • - O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;
  • - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;
  • - banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;
  • - O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
  • - andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.

Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:

  • - ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;
  • - ko‘chma mulk;
  • - xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
  • - yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.

1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0%

  • naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari,
  • Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar,
  • majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar,
  • xazina veksellari,
  • davlat obligatsiyalari,
  • Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi.

2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng.

  • boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar,
  •  evroobligatsiyalar,
  • qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar.

3 - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.

  • boshqa banklarga berilgan kreditlar,
  • boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar.

4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng.

  • qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish schoti,
  • sotib olingan veksellar,
  • trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari,
  • bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar,
  • akkreditivlar,
  • forvardlar kiradi.

Aktivlarni samarali boshqarish quyidagilardan iborat:

  • bank daromadi va xarajati o`rtasidagi marja ko`rinishidagi farqning o`sishi
  • daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga yetarli darajada rioya qilish
  • bank aktivlarda % stavkasi o`zgarishi bilan % tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida e’tiborini qaratish.
  • bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma`lum yuqori daromad olish extiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi. «Likvidlilik- daromadlilik» dillemasini yechishga urinishlar aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chiqaradi.

Tijorat bank aktivlarini boshqarish usullari:

  • 1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli. 2. Aktivlarni taqsimlash metodi. 3.Ilmiy boshqarish metodi.

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling