Web dasturlash va dizayn


Download 7.18 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi7.18 Kb.
#1346065
  1   2   3
Bog'liq
Web dasturlash va dizayn-kompy.info


Web dasturlash va dizayn

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT KASBIY TA’LIMNI RIBOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI TO`RAQO`RG`ON 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI “MAXSUS FAN” O`QITUVCHISI G`IYOSOV SHAVKATJONNING “WEB DASTURLASH VA DIZAYN” FANIDAN “SAYT DIZAYNINI YARATISH BOSQICHLARI VA UNI YARATISH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQTIMOTI

REJA:

Sayt dizayni

Sayt dizayni saytning tashqi ko’rinishi bo'lib, bunga ranglar, stil va ma’lumot bloklarini joylashuv tartibi kiradi. Sayt dizayni uning mavzusiga mos bo’lishi kerak. Masalan, bolalar kiyimi internet do’koni yorqin ranglardan tashkil topishi kerak, qurilish mollari ishlab chiqaruvchisining sayti esa qat’iylikni anglatuvchi ranglardan tashkil topgani ma’qul.

Sayt foydalanuvchilariga sayt dizayni katta ta’sir ko’rsatadigan eng muhim qism bo’lib, mijozlarning siz haqingizdagi birinchi tasavvurlarini belgilaydi va mos ravishda ular sizga murojaat qilish yoki qilmasliklari, mahsulotingizni xarid qilish yoki qilmasliklari ko’p jihatdan dizaynga bog’liqdir.

Ulkan tizimi sizga rangba-rang dizayn variantlarini taqdim etadi. Xohlaganingizni tanlashingiz va uni o’z didingizga mos ravishda sozlashingiz mumkin.

Sayt dizayni tuzilishi

Ulkan tizimida sayt veb sahifalardan iboratdir. Veb sahifa esa veb elementlardan, ya’ni vidjetlardan iborat. Veb sahifani yaratishda siz oldindan tayyorlab qo’yilgan xilma-xil vidjetlardan foydalanishingiz mumkin. Ulkan vidjetlari eng ko’p uchraydigan ma’lumot joylashtirish turlarini o’rganib chiqqan holda tuzilgan va ular barcha turdagi ma’lumotlarni ko’ngildagidek joylashtirishingizni ta’minlaydi.

Ikkita maxsus vidjet: Yuqori qism va Pastki qism vidjetlari mavjud bo’lib, ularning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, ular barcha sayt sahifalarida bir xil, o’zgarmas ko’rinishda bo’ladi. Yuqori qism ko’p hollarda brend logosini, bosh menyuni, aloqa ma’lumotlarini, xarid savatini va ijtimoiy tarmoqlarga havolalarni o’z ichiga oladi. Pastki qism ham yuqoridagisiga o’xshaydi, lekin bunda qo’shimcha sifatida mualliflik huquqlari, sayt haqida qisqacha ma’lumot va ikkinchi darajali menyu bo’lishi mumkin. Quyidagi rasmda asosiy sahifa aks ettirilgan.


Download 7.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling