World of Science May,Volume-6, Issue-5
Download 487.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqNasriddinova Nodira Olimjon qizi
World of Science May,Volume-6, Issue-5 428 SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHASI VA KASBGA MOSLASHISH Nasriddinova Nodira Olimjon qizi Yangiyer shahar 4-maktab psixologi Nasriddinov Rustam A‟zamkulovich Boyovut tumani 50-maktab psixologi Abduvoyitova Mavluda Abduazimovna Yangiyer shahar 8- maktab psixologi Annotatsiya. Maqolada shaxsning ijtimoiy hayotidagi ichki hissiyotlar va irodasining roli, hissiyot va irodaning kasbiy faoliyatda tutgan o‟rni va jihatlari keltirilgan. Kalit so‟zlar: shaxs, hissiyot, iroda, kuchli hayajonlanish(stress),g‟azablanish, nafrat, ijtimoiy soha, kasbiy faoliyat. Shaxs – alohida individ,mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy va o‟zida yetuklik jihatlarini mujassamlashtirgan olam.Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‟z yo‟nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. Shaxs tushunchasi “yuz”, “soxta qiyofa” so‟zlaridan kelib chiqgan.Sharq tillarida (xitoy va yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‟lanadi.Yevropa an‟analarida esa yuz va tana bilan birgalikda o‟rganiladi, chunki inson chehrasi ruhning timsolidir[1]. His-tuyg‟ular-kishining o‟z hayotida nimalar yuz berayotganiga,nimalarni bilib borayotganiga yoki nima bilan mashg‟ul bo‟layotganiga nisbatan o‟zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatdir va bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda kasbiy faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo‟ladi. Iroda- bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvor tashkil etishning u tomonidan qo‟yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir[2]. Hozirgi kunda ijtimoiy hayotimizda biz oldimizga qo‟ygan maqsad va vazifalarimizga erishish uchun oldimizda juda ham ko‟p mashaqqatli yo‟l turganini ko‟ramiz.Va albatta shu ko‟zlangan maqsadlarimizga erishish uchun har bir shaxsda mavjud hissiyot va irodamiz orqali yetishimiz mumkin.Kundalik hayotimizda ham kasbiy faoliyatimizda ham hissiyot va iroda juda muhim ro‟l o‟ynaydi.Har bir insonda bu ichki munosabatlar turlicha.Ba‟zi bir shaxslarda ichki hissiyotlar kuchsiz va tashqi tarafdan qilinayotgan munosabatlar ularga ta‟sir etishi, ularning shaxsiy hayotlarida, kasbiy faoliyatlarida ham yaqqol namoyon bo‟ladi.Bunday insonlar shaxsiy hayotlarida ham ish faoliyatlarida biron bir natijaga erisha olmaydilar,chunki ular psixologik jihatidan irodasizdirlar,bu ish ular uchun foydasiz va samarasiz deb hisoblaydilar.Bunday toifaga oid insonlar hamisha qo‟rqoq bo‟lishadi.Ular faqat bu ish natijasini men bajara olmayman deb o‟ylashadi.Shaxslarning bunday hissiyotlari va irodasi kuchsiz bo‟lishiga ma‟lum sabablarni misol tariqasida ko‟rishimiz mumkin:yoshlik davrida ularni turli xil misollar bilan qo‟rqitishgan,boshqalarning ishlari yoki ularning erishayotgan yutuqlari bilan ruhiy sindirish tufayli bular shunday bo‟lib qolishgan. Irodasiz shaxslarning bunday kamchiliklari kasbiy faoliyatida ham sezilarli darajada bilinib turadi.Kasbiy faoliyat davrida ular hamkasblari bilan uzviy aloqada Download 487.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling