Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to’g’risida
Download 8.17 Kb.
|
Mahalliy deputat maqomi test
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to’g’risida 1. Saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda…. A) deputatning vakolatlari muddatidan oldin tugatiladi B) deputat vakolatlari saqlab qolinadi, bunda deputat saylov okrugi joylashgan yoki yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashida yangidan 5 yil muddatda saylanadi. C) deputat vakolatlari saqlab qolinadi, bunda deputat saylov okrugi joylashgan yoki yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi va uning vakolati mazkur xalq deputatlari Kengashi muddatiga muvofiq bo’ladi. 2. Deputatning vakolatlari qanday hollarda muddatidan ilgari tugatiladi? 1. u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza bergan taqdirda 2. u qonunga ko‘ra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda 3. u gumonlanuvchi sifatida ishga jalb qilinganda 4. u chaqirib olingan taqdirda A)1,2,3 B)1,3,4 C)1,2,4 3. Deputatning guvohnoma hamda nishoni unga kim tomonidan beriladi? A) tegishli xalq deputatlari Kengashi B) tegishli saylov komissiyasi C) tegishli partiya guruhi 4. Quyidagilardan qay biri mahalliy xalq deputatlari Kengashi deputatining huquqi hisoblanmaydi? A) tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga hamda mazkur organ qarorini bekor qilinishini so’rab, mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda e’tiroz bildirishga. B) tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga; C) tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga 5. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qachondan kuchga kirgan? A)2004-yil martdan B)2005-yil yanvardan C)2006-yil dekabrdan 6. Qaysi qatorda xalq deputatlari Kengashi deputatining majburiyatlarini buzishi holati keltirilmagan? A) ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan o’zi ishtirok etmaslik B) Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida qatnashmaslik C) Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiyaga saylangan bo’lsa, shu komissiya majlislarida komissiya rahbarini oldindan xabardor qilgan holda qatnashmaslik. 7. Deputat yiliga kamida necha marta saylovchilarga o’z faoliyati to’g’risida axborot beradi? A) 3 marta B) 4 marta C) 5 marta 8. Qonunchilikka ko’ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so’roviga javobni deputatga mazkur so’rov olingan kundan e’tiboran qancha muddatda yuboradilar? A) 10 kun B) 15 kun C) 20 kun 9. Qonunga ko’ra, deputatlik so’rovini ko’rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish…. A) mansabdor shaxslarga BHMning 1-3 baravarigacha jarima solishga sabab bo’ladi. B) mansabdor shaxslarga BHMning 3-7 baravarigacha jarima solishga sabab bo’ladi. C) mansabdor shaxslarga BHMning 5-10 baravarigacha jarima solishga sabab bo’ladi. 10. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan qancha muddatda hal etiladi? A) 5 kun B) 1 hafta C) 10 kun 11. Agar deputat o‘zi xalq deputatlari Kengashi deputati bo‘lgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa uni jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish qanday amalga oshiriladi? A) Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. B) Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. C) deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish talab qilinmaydi. 12. Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida qanday turdagi transportlarda tekin yurish huquqidan foydalana oladi? A) shahar yo’lovchilar tansporti B) havo, temiryo’l va avtomobil yo’lovchilar transporti C) taksi 13. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan e’tiboran qancha muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga ishni tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabar qilishi shart? A) 3 kun B) 5 kun C) 10 kun 14. Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etish to’g’risidagi qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror ……. A) Bosh Prokurorga masalani qayta ko’rish uchun taqdimnoma kiritishga haqlidir B) tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesi yoki Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qarorni bekor qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashiga qayta ko’rish chiqishi uchun topshirish to’g’risida taqdimnoma kiritishga haqlidir C) yuqori turuvchi Kengashga tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorini bekor qilish va ishni o’z ish yurituviga olishi to’g’risida taqdimnoma kiritishga haqlidir. 15. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri? 1. Deputat o‘z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yig‘inlardan ozod qilinmaydi. 2. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. 3. Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan foydalanadi. A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 Download 8.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling