Xalq ta’limi sohasidagi menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kursida”
Download 0.54 Mb.
|
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani 15 maktab direktori Atayev Azad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari”
- Tinglovchi FISH: Otaev Ozad Ibraximovich 20 20 yil, avgust
- T / r Mavzu rejasi (mundarija) Bet
- Asosiy qism Menejer tushunchasi .
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA” “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari” MALAKA ISHI
2020 yil, avgust
Kirish Bozor iqtisodi sharoitida rahbar bo‘lish oson emas. “Bugunigi kunning eng muhim vazifasi,- hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, viloyat, shahar, tuman va qishloqlarni boshqarishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir”. Hozirgi maktab rahbarlari ham mutaxassis, huquqiy tadbirkor, tashkilotchi, ayni paytda o‘z haq-huquqini biladigan kishilar bo‘lmog‘i zarur. Har bir rahbar qo‘l ostidagi pedagoglar jamoasini to‘g‘ri boshqarmog‘i, ular faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirmog‘i lozim. Buning uchun menejerlik ilmini egallab, malakali boshqaruvchiga aylanishi lozim. Xo‘sh, menejer kim? Qanday qilib menejer bo‘lish mumkin? Qanday rahbarni adolatli va madaniyatli rahbar deyish mumkin? Rahbarlikni qanday amalga oshirmoq kerak ? Boshqaruv mahorati va uning sir-asrorlaridan voqif etuvchi ushbu kichik qo‘llanmadan xalq ta’limi menejerlari (maktab rahbarlari) o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo`lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo`lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha – o`z aqli, o`z tafakkuri, o`z mehnati, o`z mas'uliyati bilan ongli tarzda, ozod va hur fikrliinson bo`lib yashaydi,- deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma'no bor. Jamiyatning ma‘naviy hayotini boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad esa ilm- ma‘rifatli, ma‘daniyatli har tomonlama kamol topgan, yuksak darajadagi pok va axloqli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshqaruv taraqqiyotining har qanday bosqichida jamiyatga xos bo‘lgan ichki xususiyat bo‘lib, bu xususiyat umumiy xususiyatga ega bo‘lgani holda kishilarning ijtimoiy jamoatchilik mehnatidan, turmush va mehnat jarayonida o‘zaro aloqada bo‘lish o‘z moddiy va ma‘naviy faoliyatining mahsulotining almashtirish zaruriyatidan kelib chikadi. Boshqaruv va unda rahbarlik masalalari respublikamiz ta‘lim tizimining tobora rivojlanish va taraqqiyot sari olg‘a odimlayotgan bugungi davrida mas‘uliyat va ijodiy yondashish kabi murakkab vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Jamiyatning ma‘naviy hayotini boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad esa ilm-ma‘rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir. Har qanday nisbatan katta miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma‘lum darajada muxtojdir. Bu idora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy funksiyalarni bajaradi. Yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa – dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti – boshqaruvchi-rahbarning bo‘lishidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o‘z-o‘zini idora qilishga aylantirishdir. Biz yashayotgan jamiyat muvaffaqiyat bilan rivojlanish uchun yuksak intellektual potensialga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma‘rifat berishni, aholiga maishiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inqilobi asrida ma‘naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning va uning har bir ayrim a‘zosining ma‘naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta‘lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta‘limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, pedagogik kadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san‘at, madaniyat, sog‘liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Menejer tushunchasi. Menejer - bu kim? Menejer tushunchasi Boshqarish fanida markazlashtirilgan holda yechiladigan, tashkilotning barcha a’zolari va tarkibiy qismlari uchun umumiy hisoblangan masalalar boshqarishning zaruriyligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham hozirga kelib “menejer” nomli mutaxassislik shakllanganki, yuqoridagi vazifalar bilan faqat (yoki asosan) rahbarlar (menejerlar) shug’ullanadilar. Menejer – tashkilotning azosi bo‘lib, boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo‘lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo‘yilgan vazifa, mas’uliyat bo‘yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo‘yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo‘yicha taqsimlanadi. Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo‘lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to‘plab o‘z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo‘la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko‘rsatmokda. Chunki menejer bo‘lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo‘lishi yetarli emas. Bunda ollohdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o‘z so‘zini o‘tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o‘xshagan xislatlarga ega bo‘lishi kerak. Bugun deyarli har bir tashkilotning holida menejer bor. Tanish tanish so'z, lekin kimdir menejer kimligini tushunmaydi. Bitirgandan so'ng, diplom har doim tor mutaxassislikni ko'rsatmaydi, ammo kompaniyani rivojlantirishga mutaxassisning hissasi kamlik etmaydi. Menejerning asosiy mas'uliyati ish jarayonining tashkil etilishi hisoblanadi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling