Xalqaro Islom Akademiyasi mg’maht 3-kurs talabasi Abdullayev Azimjonning Fuqarolik huquqi fanidan


Download 92.76 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi92.76 Kb.
#128853
Bog'liq
A.A. bitimlar

Xalqaro Islom Akademiyasi MG’MAHT 3-kurs talabasi Abdullayev Azimjonning Fuqarolik huquqi fanidan

  • Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʼzgartirish va bekor qilishga qara-tilgan harakatlarga aytiladi (FKning 101-moddasi).
  • Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bogʼliq boʼlib, muayyan huquqiy oqibat tugʼdirishga qaratiladi. Bitimda fu-qaro va tashkilotlarning maʼlum moddiy hamda madaniy ehtiyoj-larini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi.
  • Bitim shaxslarning erki bilan bogʼliq boʼlgan, ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat boʼlganligi tufayli bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, yaʼni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
  • Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tugʼdirish uchun bitim tuzuvchi shaxslar bitimda oʼz erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim boʼladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, maʼlum mulkni topshirishga yoki maʼlum pulni toʼlashga qaratilgan boʼlishi mumkin.
  • Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, oʼzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuri-dik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik faktlardan farq qiladi. Masalan, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxs-larning erkidan tashqari vujudga kelsa, bitimlar faqat shaxslar-ning erki bilangina tuziladi.
  • Bitimlar tushunchasi uchun quyidagi shartlar muhimdir:
  • a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subʼekti hisob-lanadi;
  • b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki boʼlishi va bu erk maʼlum huquqiy oqibatlar tugʼdirishga qaratilgan boʼlishi lozim;
  • v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda oʼzining tashqi ifodasini topishi, yaʼni maʼlum shaklda izhor qi-lingan boʼlishi kerak.
  • Fuqarolik huquqi fanida bitimlar oʼzlarining belgilari boʼyicha quyidagi turlarga boʼlinadi (klassifikatsiya qilinadi):
  • 1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bi-timlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki koʼp tomonlama bitim-larga boʼlinadi. Bir tomonlama bitimdan faqat bir tomonninggina erki ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi boʼyichagina vujudga keladi, oʼzgaradi yoki bekor boʼladi. Bir tomonlama bitimlarga misol qilib, vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qogʼozi berish, vakolat olmasdan vakillik qilgan shaxsning harakatlarini vakolat beruvchi maʼqullashini koʼrsatsa boʼladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi.
  • Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. Bunday bitimlar-shartnomalardir. Ikki tomonlama bi-timga misol qilib, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sugʼurta va boshqa shartnomalarni koʼrsatsak boʼladi.
  • Koʼp tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari ifodalanib tuziladi. Koʼp tomonlama bitimga misol qi-lib, oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasini koʼrsat-sak boʼladi. Koʼp tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari oʼzaro kelishuv, yaʼni shartnomadir.
  • Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblan-sa ham, har qanday bitim shartnoma boʼla olmaydi. Аksariyat bitim-lar shartnoma hisoblanishi mumkin.
  • 2. Bitimlar muqobil ijroning boʼlish-boʼlmasligiga qarab haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlarga boʼlinadi.
  • Haq baravariga tuziladigan bitimlar boʼyicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul toʼlash, ishni bajarish, bironta xizmat koʼrsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sugʼurta kabi birmuncha shartnomalardir, chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon faoydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi pul evaziga maʼlum mulkni topshiradi.
  • Tekin, yaʼni haq toʼlanmay tuziladigan bitimlar asosida to-monlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biron-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yoʼq. Masalan, hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) toʼgʼrisidagi shartnomalarni koʼrsatish mumkin.
  • 3. Bitimlar qay paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblani-shini aniqlash maqsadlarida konsensual va real bitimlarga boʼli-nadi.
  • Konsensual bitim huquq va majburiyatlarni oʼzaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujud-ga keltiradigan bitimga aytaladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
  • Real bitim deb oʼzaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga misol qilib, qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini koʼrsatsa boʼladi.
  • 2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
  • Huquq subʼektlari oʼrtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro etiladi va bekor boʼladi.
  • Аgar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor boʼlishi vaqti koʼrsatilgan boʼlsa, bitimlar muddatli hisob-lanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha:
  • a) maʼlum kun, oy, yil bilan (masalan, 1996 yil 15 sentyabr);
  • b) maʼlum vaqtning oʼtishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin oʼtishini koʼrsatish);
  • v) maʼlum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish-muz erishi bilan) bilan belgilanadi.
  • Аgar bitimda uning ijro etilish muddati koʼrsatilmagan boʼlsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. FKning 242-moddasi-da koʼrsatilganidek, agar majburiyatni bajarish muddati koʼrsatil-magan yoki talab qilib olish payti belgilab qoʼyilgan boʼlsa, kredi-tor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qa-chon amalga oshirishga haqli boʼladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan angla-shilmasa, qarzdor bunday majubriyatni kreditor talab qilgan kunidan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.

Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling