“xalqaro mehnat tashkiloti”ning vazifalari va kadrlarni ish bilan ta’minlash masalalari
Download 103 Kb.
|
1 2
Bog'liq“XALQARO MEHNAT TASHKILOTI”NING VAZIFALARI VA KADRLARNI ISH BILAN TA’MINLASH MASALALARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta kasbga o‘qitishni tashkillashtirish Foydalanilgan adabiyotlar
- yo`nalishlarni
- 1992 yil 13 iyul’da
Mavzu : “XALQARO MEHNAT TASHKILOTI”NING VAZIFALARI VA KADRLARNI ISH BILAN TA’MINLASH MASALALARI. Reja: 1.Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi. 2.Xalqaro Mehnat Konferetsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faollligini tashkil etish. 3. Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta kasbga o‘qitishni tashkillashtirish Foydalanilgan adabiyotlar Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil eitilishi va rivojlanishi. Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o`tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o`zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to`pladi va muzokaralar o`tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi. XMT 1919 yilda g`arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo`ravonlik bilan bo`ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U: -Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini; -tarmoq qo`mitalari; -mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo`mitalari; -Ma`muriy kengash; -Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o`z ichiga qamrab oladi. XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq. Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo`ldi. Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) - Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al’bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir bo`lgan edi. 1944 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tashkil topganiga 25 yil to`lganda Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi Filadel’fiyada Deklaratsiya qabul qiladi, unda Ustav bilan birgalikda tashkilotning maqsad va vazifalari belgilab beriladiki, ular hozirgi kungacha o`z ahamiyatini asosan saqlab kelmoqda. Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:-ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturlarni ishlab chiqish; -mazkur siyosatni amalga oshirish maqsadida Konventsiyalar va Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul qilish; -ishtirok etuvchi mamlakatlarga ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda yordam (texnikaviy va boshqa hamkorlik) berish; -inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, birlashish huquqi, majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va shu kabilar); -mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash uchun kambag`allikka qarshi kurash olib borish, ijtimoiy ta`minotni rivojlantirish; -mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish muhitini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi dasturlarini ishlab chiqish, atrof muhitni muhofaza qilish va tiklash; -mehnatkash va tadbirkorlar tashkilotlariga ularning ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida xukumat bilan birga olib boradigan ishlarida yordam berish; -mehnatkashlarning eng nochor guruhlarini: xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, keksa kishilar, kelgindi (mehnat) kishilarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Shu bilan birga, hozirgi sharoitda tashkilot faoliyatining ustivor yo`nalishlarini belgilab olish zarurligi paydo bo`ldi. XMTning keyingi yillardagi faoliyat dasturlarida bu yo`nalishlarni asosan quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin: -demokratiyalash jarayonini qo`llab-quvvatlash, toki u uch tomonlama muzokaralar asosida, ya`ni har bir davlatdagi sanab o`tilgan uch sherik o`rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordvam bersin; -kambag`allikka qarshi kurashi, ayniqsa, aholining ish bilan badligii oshirish hisobiga, xususan, ishchi kuchini keng suratda qayta tayyorlashni tashkil etish yo`li bilan davom ettirish; -mehnatkashlarning barcha shakllardagi mehnat va fuqarolik huquqlarini himoya qilish. Shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkiloti o`z ishida usullardan foydalanadi. Ulardan uchta asosiysini ajratib ko`rsatish mumkin: 1.Xalqaro Mehnat normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, koventsiyalar va tavsiyalar, hamda ularning bajarishini nazorat qilish. 2.Ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda mamlakatlarga yordam ko`rsatish. 3.Ijtimoiy – mehnat muammolari sohasida tadqiqotlar o`tkazish va nashr ishlarini amalga oshirish. Binobarin, Xalqaro Mehnat Tashkiloti murakkab rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Uning tashkil etilishi vaqtida 45 davlat ishtirok etgan bo`lsa, 1944 yilda 171 ta davlat ishtirok etdi, ularda jahonning 90 foiz aholisi istiqomat qilar edi. Sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga 1934 yildan 1940 yilgacha a`zo bo`lib turdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi munosabati bilan va urushdan keyingi dastlabki yillarda sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ishtirok etishni to`xtatdi va o`zining bu tashkilotga ishtirokini 1954 yilda tikladi. Ayni paytda XMTga Ukraina va Belorussiya a`zo bo`lib kirdilar. Ittifoq inqirozga uchragandan keyin, O`zbekiston Respublikasi ham mustaqil davlat sifatida 1992 yil 13 iyul’da BMTning maxsus muassasi-Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi. XMT va O`zbekiston xukumati tashabbusi bilan 1993 yil iyunda Toshkentda «Mehnat bozori va O`zbekiston aholisini ijtimoiy muhofaza qilish» va 1994 yil aprel’ oyida «Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`z-o`zini ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzularida xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Ta`kidlash joizki, 1969 yil Tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan unga Nobel’ mukofoti berildi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti ishida ko`pgina tajriba to`plangan bo`lishiga qaramasdan hali ko`p muammolar ko`zga tashlanadi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 1.XMT garchi siyosatdan xoli tashkilot, deb e`lon qilingan bo`lishiga qaramasdan, baribir hali ma`lum darajada siyosiy tashkilot bo`lib qolayotir. Bu hol Markaziy va Sharqiy Evropaning sobiq sotsialistik mamlakatlariga salbiy va ajratuvchilik bilan munosabatda bo`lishda o`z ifodasini topgan edi. Mazkur mamlakatlarning rahbariyatlari sotsialistik yo`alishdan voz kechgandan keyin va bozor munosabatlariga o`tishgach, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bu mamlakatlarga nisbatan munosabati o`zgarmoqda. Lekin, kelgusida bu munosabatlarning qanday bo`lishi hozircha noma`lumdir. 2.XMTning katta tajribasidan, uning ishlab chiqqan va qabul qilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida konventsiyalari va tavsiyalaridan nimalarni va qanday foydalanish mumkinligini hali o`rganish va amalda sinab, tekshirib ko`rishni talab qiladi. Rossiyaning Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan o`tkazgan dastlabki maslahatlari, hamda, Xalqaro Mehnat Byurosining bandlik masalalari yuzasidan bergan tavsiyalari shuni ko`rsatadiki, hali uning faoliyati Rossiya xalqlarining milliy xususiyatlari, an`analari, tafakkur tarzi etarli darajada hisobga olinayotgani yo`q. 3.Jahonda ro`y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlar Tashkilotning maqsadlari, vazifalari va ish yo`nalishlarida tegishli o`zgarishlar qilinishini talab qiladi. Bundan bir necha yil muqaddam Xalqaro Mehnat Tashkilotining Ustaviga ayrim o`zgarishlar kiritilgan edi, bugungi kunga kelib etarli bo`lmay qoldi. Hayotning ko`rsatishicha, ish rejalarini o`rtacha muddatli (6 yilga mo`ljallab) tuzish tajribasi o`zini unchalik oqlamadi. 4.Tashkilot va uning asosiy organlarining tuzilishida bir qator muammolar bor. Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi har yili to`planadi va uning ishida ko`pgina delegatlar va maslahatchilar ishtirok etadilar. Bu esa Xalqaro Mehnat Tashkilotidan ham, shuningdek, ishtirok etuvchi mamlakatlardan ham ko`pgina kuch g`ayrat va mablag` sarflashni talab qiladi. 5.Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ma`muriy Kengashning tuzilishi bir necha o`n yillardan buyon o`zgarmay keladi. Sanoat jihatidan ancha rivojlangan mamlakatlardan XMT xukumat a`zolarining doimiy soni (10) haqidagi masala qayta qarab chiqilishi kerak, chunki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning noroziligiga sabab bo`lib kelayotir. 6.XMT ning butun ishida uni mutaxassis kadrlar bilan to`ldirib borish, shuningdek, ekspertlar va maslahatchilarni mintaqalarda ishlash uchun tanlash ham g`oyat muhim ahamiyatga egadir. Bu erda kadrlarning barqarorligini ta`minlash ijobiy holdir. Lekin, uning o`z kamchiliklari ham bor. Bu mutaxassislar o`zlarining mamlakatlaridan uzilib qolgan, batamom xalqaro amaldorlarga aylangan Xalqaro Mehnat Byurosining xodimlari o`z xalqidan, uning orzu-umidlari va manfaatlaridan ajralib qoladilar. Turli mamlakatlar va mintaqalarning vakillari Xalqaro Mehnat Byurosida bir tekisda taqsimlanmagan. Bu muammo ma`lum bo`lsa ham, lekin hal qilinmasdan kelmoqda. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faolligini tashkil etish. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling