Xalqaro mexnat resurslar statistika


Download 131 Kb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi131 Kb.
#1208770
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xabibullaev asliddin statistikasi.doc2001


XALQARO MEXNAT RESURSLAR STATISTIKA
Reja:
Kirish.

  1. Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari.

  2. Mehnat resurslari statistikasi.

  3. Mehnat bozori turlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi.
Mehnat resurslari – mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi hamda qonun hujjatlarida belgilangan iqtisodiy faollikning quyi va yuqori yosh chegaralariga kirmaydigan ishlayotgan shaxslar.
MR=MQA+IO’P.
Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
Mehnat bozori turlari— ish kuchi oldi sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat.




  1. Download 131 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling