Xalqaro reyting tushunchasi


Download 0.54 Mb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1142803
  1   2   3
Bog'liq
Xalqaro reyting tushunchasi...

Xalqaro reyting tushunchasi

reja

Xalqaro reyting va indekslar tushunchasi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rni va nufuzini ortib borishi.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rnini yaxshilаsh bоrаsidаgi dаvlаt siyosаti.

1.Xalqaro reyting va indekslar tushunchasi.

Hozirgi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida,balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko‘rsatkichlarida ham o‘z ifodasini topayotir.

Aytish mumkinki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o‘zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi


 inson huquqlari muhofazasi tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko‘zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo‘lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rni va nufuzini ortib borishi.

O'zbekistonning xalqaro reyting indekslari Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta'minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlari oshishiga sabab bo'lmoqda.

Zero, mazkur yo'nalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Ammo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan yutuqlarini dunyo hamjamiyati e'tiboriga taqdim etish alohida chora- tadbirlarni, maqsadli sa'y-harakatlarni talab etishi ham turgan gap. Bunda xalqaro reyting agentliklarining xizmati katta.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling