Xalqaro Turizm Fakulteti KD-61 guruhi talabasi Sobirjonov Azamatning Biznes Huquqi fanidan tayorlagan mustaqil ishi . Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonuning mazmuni va mohiyati. - Tadbirkorlik faoliyati.
- Tadbirkorlikning qonuniy kafolatlari.
- Qonunlarning umummiy mohiyati.
Tadbirkorlik faoliyati - Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari - Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
- Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
- Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi
Tadbirkorlikning qonuniy kafolatlari. - Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan
. Qonunning asosiy vazifalari - Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat
Qonunlarning umummiy mohiyati - Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyatini tartibga solishdan iborat
Qoshimcha malumot - Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
- Moddalar soni 51 ta .
Moddalardan misollar - 26-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi
5-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘zining siyosiy partiyaga a’zoligini o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda to‘xtatib turishi yoki tugatishi shart. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. - 24-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xalqaro aloqalari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning xuddi shunday institutlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning milliy organlari va boshqa muassasalar bilan xalqaro xamkorlikni amalga oshiradi
Tugadi
Do'stlaringiz bilan baham: |