Xamirdan mahsulotlar pishirish Xamirdan tayyorlanadigan taom mahsylotlari


Download 108 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.09.2023
Hajmi108 Kb.
#1675181
  1   2
Bog'liq
5. Xamirdan mahsulotlar pishirish



 
Xamirdan mahsulotlar pishirish
 
1.Xamirdan tayyorlanadigan taom mahsylotlari 
2.Xamir mahsulotlari va ulardan taom tayyorlash texnologiyasi 
 
Xamir mahsulotining ozuqali ahamiyati tarkibidagi uglevod (kraxmal) 
miqdori bilan, o‘simlik oqsillari, yog‘lar, V va RR turkumidagi darmondorilar 
bilan belgilanadi. Sariyog‘ bilan tayyorlanadigan Xamir mahsulotlarida A 
darmondorisi bo‘ladi. Xamir mahsuloti taomlari yuqori darajada to‘yimli, tashqi 
ko‘rinishi chiroyli xushxur mazali va hidli bo‘lib, boshqa mahsulotlarning ham 
xazm bo‘lishini osonlashtiradi.
Xamir va Xamir mahsulotlari Xamir qoruvchi va ko‘pirtiruvchi, mashinalar 
bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi. Xamir qorish va 
undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan foydalaniladi. 
Jumladan: qozonlar, kastryulkalar, mexanik tovalar, yog‘och va qandolatchilik 
patnislari, har xil teshikli elaklar, juvalar, Xamir kesuvchi shakldor pichoqlar, 
Xamir yoyuvchi moslamalar, ezuvchi yog‘och yoki metall xovonchalar, 
chilcho‘plar, qandolatchilik qopchiqlari va ularning har xil shakl beruvchi metall 
jihozli uchlari, har xil kurakchalar ishlatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagi Xamir turlari tayyorlanadi: 
Xamirturush solingan va Xamirturush solinmagan; Xamirturushsiz yog‘, tuxum, 
sut, shirinlik solingan Xamir, biskvit, qaynoq suvga qorilgan Xamir, shakarli 
(pesochniy), qatlama, oddiy (chuchvaralar, ugra uchun), suyuq Xamir (klyar 
uchun).
Xamirning sifati ularning g‘ovaklik darajasi bilan aniqlanadi. G‘ovak 
Xamirdan tayyorlangan mahsulot iste’molda oson hazm bo‘ladi. Xamir mahsuloti 
tarkibidagi ko‘p miqdordagi kraxmalning hazm bo‘lishi qiyin. U fermentlar ta’siri 
ostida tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi lozim. Bu fermentlar asosan 
so‘lakda va oshqozon osti bezida bo‘ladi. So‘lak ta’sirida buktirish uchun Xamir 
mahsulotlari yumshoq bo‘lishi kerak Xamir g‘ovakli bo‘lishi uchun turli 


yumshatuvchi moddalar ishlatiladi. Jumladan Xamirturush, osh sodasi, ammoniy 
tuzi va hokazo.
Xamirturush kuzga ko‘rinmas mayda mavjudod (Xamirturush qo‘ziqorini) 
hisoblanadi. Ularni hayoti uchun suyuklikda erigan holdagi shakar, oqsil, mineral 
mahsulotlar va qulay muhit bo‘lishi lozim. Ularni yashashi va ko‘payishi natijasida 
tayyorlangan Xamir ichida ma’lum darajada kraxmalni parchalanishi natijasida 
spirt, karbonat angidrid gazi xosil bo‘lib, esamirda g‘ovaklik holati yuzaga kelib, 
Xamir xajmi oshadi.
Osh sodasi (natriy karbonat) un ko‘rinishidagi oq mahsulot Xamir qorilganda 
qo‘shib tayyorlanadi. Xamir tarkibidagi kislotalar bilan birikishi natijasida yoki 
Xamirga issiqlik ta’sir etishi natijasida natriy karbonat o‘zidan karbonat angidrid 
chiqarib, mahsulot g‘ovakligi hosil qiladi.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling