Xan Yon Un ijodi


Download 25.5 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi25.5 Kb.
#139341
Bog'liq
Xan Yon Un ijodi.


TDSHU koreysshunoslik fakulteti

4-kurs koreys-ingliz guruhi talabasi

Abdumalikova Nasiba

Xan Yon Un ijodi.

Xan Yon Un 1879- yil 29-avgustda tavallud topgan. U keyinchalik buddist rohibiga aylandi va yangi ism - Xan Yon Unni oldi, u Manxe taxallusi bilan ijod qildi. 15 yoshli Xan Yon Un 1894- yilda dongxak dehqonlar qo'zg'olonida qatnashgan va u yerda boshqa koreys vatanparvarlari bilan birgalikda Koreyaning yapon mustamlakasiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilgan.

Xan Yon Un mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi uchun harakatni qo'llab-quvvatladi. 1926-yilda buddizmning hayotdagi o'rni haqidagi g'oyalarni shakllantirgan "Sizning sukunatingiz" she'rlari to'plami nashr etildi. Uning she'riyati odamlarga umid bag'ishladi va agar xalq barcha sinovlarga bardosh bersa, albatta Koreyaning mustaqillikka erishishiga ishontirdi. Uning ijodidagi bosh g'oya mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik ruhi, buddaviylik an'analari, milliy badiiy an'ana, Ona vatanga bo'lgan muhabbatdir.

Xan Yon Unning "Men nega sevaman" she'rida o'z Ona vataniga bo'lgan cheksiz muhabbati ifodalagan:

Men sizni sevaman. Buning sababi:

O'zgalarga yoqsa gulgun yuzim, Siz

Sochim oqarsa ham birdek sevasiz.

Shoirning "Parom va Yo'lovchi" she'rida esa buddaviylik an'analarini ya'ni jonsiz narsani jonlantirishini ko'rishimiz mumkin:

Men paromman, turaman

Kechish joyida,

Siz esa yo'lovchi,

Changli chorig'ingiz bilan tepinib o'tasiz ustimdan

Xan Yon Un ijodi bevosita Rabindranat Tagor ijodi bilan bog'liq.

Rabindranat Tagor dunyoga mashhur shoir, yozuvchi, dramaturg hisoblanadi. U o'z ijodida milliy ozodlik harakatiga e'tibor qaratgan. Ilk she'riy to'plami "Oqshom qo'shiqlari" panteistik ruhda yozilgan bo'lib, "Suratlar va qo'shiqlar" she'riy to'plamlarida esa pok muhabbat ulug'langan.

Ikkala shoirning ijodida ozodlikka bo'lgan ishonch, erkni qo'lga kiritish uchun xalqni birlashishga da'vat etuvchi satrlarni mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Ular o'z she'rlarida ozodlik uchun birlashish g'oyasini ochiqdan -ochiq bayon etishmagan. Aksincha, buddizm ruhiyati va Vatanga bo'lgan muhabbat bilan aks ettirishgan.

Xan Yon Unning "Madhiya" she'rida hamda Tagorning "O Yaratgan" she'rlarida ozodlikka da'vat etish ruhi gavdalantirilgan:

Mahbubim, mening ishqim- qadimgi misning sirli jarangi.

Mahbubim, sevasanmi bahorni, nurli hayot va tinchlikni,

Rahm-shavqatli bo'l, ko'z yosh to'kkan zaif insonga,

Ey mening mahbubim-

Sen sovuq dengiz uzra esgan bahor shamolisan.

O, Yaratgan!

Xalos etgin bizni kishandan,

Qashshoqlikdan, ko’zlardagi hurksinib yotgan

Mahzunlikdan, ojizlikdan, erinchoqlikdan.

Xalos etgin ming shubhadan hayotimizni,

Qorong’ida tentiragan yo’lchini qo’lla,

Bizni qutqar balolardan.

Nur sari yo’lla.

Tagor mamalakatdagi turli tabaqa vakillarini ozodlikga erishish uchun birlashishga undaydi. Xan Yon Un ham buddaviylikdagi bo'lingan mazhablarni jipslashtirishga harakat qiladi.



Ozodlik kurashchisi bo'lgan Xan Yon Unning ijodi buddaviylik an'analariga hamda milliy ozodlik harakatlariga da'vatni cheksiz sevgi orqasiga berkitgani tufayli senzuraga uchramaydi. O'sha davrda Koreyada Buddaviylik yuqori cho'qqiga erishgani sababli uning she'rlari tanqidga duch kelmaydi. U shu yo'l orqali o'z ichki orzu, umidlarini bayon eta oldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Sof muhabbat orqali erkni xohlagan shoir ijodi hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling