Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli XIL belgilariga qarab turkumlanishi
Download 4.02 Kb.
|
Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli XIL belgilariga qa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli XIL belgilariga qarab turkumlanishi. Bkt (bha)- 70 Xalikulova Shirin Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi.BKT (BHA)- 70 Xalikulova ShirinRespublikamizda xarajat moddalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R. VM.ning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o‘zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asoslanadi. Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin 1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ustama xarajatlar. 2. Davr xarajatlari: sotish xarajatlari; ma‘muriy xarajatlar; boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. foizlar bo‘yicha xarajatlar; xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari; qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: 4. Favqulodda zararlar. Ushbu xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagicha tartibda guruhlanadi: 1. ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); 2. ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 3. ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; 4. asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 5. ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schetlar belgilangan: 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»; 9620-«Kurs farqlaridan zararlar»; 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»; 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar». Korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi. Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish, shuningdek, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash hamda ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishga imkon beradi. http://fayllar.org Download 4.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling