Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligining ta’minlash tamoyillari, uslublari. Inson muhit tizimida inson omili


Download 33.12 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi33.12 Kb.
#1333028
Bog'liq
3-mavzu


3-ma’ruza
Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligining ta’minlash tamoyillari, uslublari. Inson muhit tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning erganomika asoslari
Reja :
3.1. Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi.
3.2. Sabab va xavf tizimi.
3.3. Xavfsizlikni taxlil kilish uslublari.
3.4. Faoliyat xavfsizligini taminlovchi prinsiplar, uslublar va vositalarining umumiy tariflari.
3.5. Xavfsizlikni taminlovchi prinsiplar va ularning taklifi.
3.6. Xavfsizlikni taminlash uslublari va ularning tasnifi.

Tayanch iboralar : ergatik, xavf daraxti, sabab daraxti, inkor daraxti, okibat daraxti, sistemali taxlil, aprior, aposterior, me’yorlash, bo‘sh prinsiplari, orienter, tasniflash prinsipi, klapan, mufta, gomosfera, nokoosfera.


3.1. Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning


tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi.


Sistemali taxlilmurakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo‘yicha
karor tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir.
Sistema– o‘zaro birikkan komponentlar majmui bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri natijasida ma’lum bir maksad amalga oshiriladi, ya’ni ish bajariladi.Sistemaning komponentlari jumlasiga material va ob’ektlardan tashkari ularning o‘zaro boglanishi xamda ular o‘rtasidagi munosabatlar xam kiradi. Xar kanday soz mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Agar sistemaning bir komponentini (elementini) inson tashkil etsa, bunday sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tarikasida «inson-mashina», «inson-muxit», «inson-mashina-muxit», kabilarni keltirishimiz mumkin.
Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi bilan bir
katorda uning o‘zini xam o‘z xususiyati mavjud bo‘ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat
uni tashkil etuvchi elementlarning birortasida xam bo‘lmaydi. Masalan, yonuvchi modda kislorod–yongin manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi bo‘lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu erda yonuvchi modda yonish xususiyatiga, kislorod- yonginni yuzaga keltirish sharoitini yaratash xususiyatiga, manba esa yonginni amalga oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo‘lmasligi, sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi.
Xavfsizlikni sistemali taќlilining asosiy maksadi ko‘ngilsiz okibatlar (baxtsiz
xodisalar) ga olib keluvchi sabablarni aniklash va shu asosida ularni kamaytirish extimolini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir.

2.2. Sabab va xavf tizimi.


«Sabab va xavf daraxti» tizimi. Xar kanday xavf ma’lum bir sabab yoki sabablar


okibatida yuzaga keladi va ko‘ngilsiz okibatlarni keltirib chikaradi. Sababsiz real xavf
bo‘lmaydi. SHu sababli, xavfni bartaraf etish yoki oldini olish birinchi navbatda uning
kelib chikish sababini o‘rganishga boglik bo‘ladi va bu «sabab-okibatli» boglanish orkali
izoxlanadi. Xavf, ayrim sabab yoki sabablarning okibati bo‘lib, u vakida boshk bir sababni keltirib chikruvchi xmdir, ya’ni, ma’lum bir sabab ta’sirida yuzaga kelgan xavf, boshka bir xavfni kelib chikishiga sabab bo‘lishi, u xavf yana boshka bir xavfni tugdirish, natijada bu jarayon ierarxar, zanjirli boglanish yoki sistema ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday boglanishning grafik tasviri ko‘p shaxobchali daraxtni eslatadi. SHu sababli, xavfsizlikning taxliliga bagishlangan ayrim adabiyotlarda ko‘pincha «Sabab daraxti», «Inkor daraxti», «Xavf daraxti», «Okibat daraxti» kabi iboralar uchraydi. Albatta, bunday grafik ifodalarda, ya’ni «daraxtlarda» sabablar shoxchalari va okibat shoxchalari mavjud bo‘lib, ular «sabab-okibati» boglanishning to‘lik dialektik xarakterini ko‘rsatadi. SHuning uchun, taxlil natijasi asosida tuzilgan bunday grafik ifodani «Sabablar va okibatlar daraxti» deb nomlash maksadga muvofik xisoblanadi. Bunday «daraxt» larni ko‘rish xar xil ko‘ngailsiz xodisalar sabablarini aniklashning asosiy boskichlaridan yukori xisoblanadi. «Daraxt» shoxlanishini tuzish ko‘p boskichli cheksiz jarayon bo‘lganligi sababli, ma’lum bir cheklanishlar kabul kilinishini talab etadi. Bu cheklanishlar tadkikotlarning maksadiga boglik bo‘lib, ular mantikiy jixatdan asoslangan bo‘lishi lozim.

3.2. Xavfsizlikni taxlil kilish uslublari


Xavfsizlik sistemasini ikki xil, ya’ni aprior va apostirior usublarda taќlil kilish mumkin. Ikkala xolatda xam foydalaniladigan uslub to‘gri yoki teskari tartibda amalga oshirilishi mumkin.Aprior uslub. Bu uslubda tadkikotchi taxlil kilinadigan sistema uchun potensial mumkin bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz xodisani) tanlab oladi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga keladigan boshka xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz xodisaga olib keluvchi xoltlar, sabablar turini aniklaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantikiy taxlil kilish orkali bajariladi.


Aposterior uslub. Ushbu uslub faoliyat amalga oshgach, ya’ni, xodisa sodir bo‘lgach
bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz xodisaning izi asosida uning sabablari aniklanadi va
taxlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga tavfsiyanomalar ishlab chikiladi.
Bu ikkala uslub mos xolda to‘gri va teskari uslub xam deb yuritiladi. To‘gri uslubda ko‘ngilsiz xodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari o‘rganilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz xodisalar oldindan taxlil kilinadi. Teskari uslubda esa sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz xodisalar, ya’ni, baxtsiz xodisalar o‘rganilib, uning sabablari aniklanadi.
Xavfsizlikni taxlil kilishdagi asosiy muammolardan biri uning asosiy ko‘rsatkichlarini («parametr» larini) va sistemaning chegarasini to‘gri belgilashdan iboratdir. Agar sistema juda kiska tarzda taxlil kilinsa, ayrim xavfli xolatlar e’tibordan chetda kolishi va natijada turli xil baxtsiz xodisalar kelib chikishi mumkin. SHuningdek, agar sistema juda keng kabul kilinsa, taxlil natijasida noanikliklar, chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. SHu sababli, taxlil chegarasini aniklashdan oldin taxlilning anik maksadi belgilanishi zarur. Umumiy kilib aytganda, taxlil asosida ishlab chikilgan iktisodiy, texnik, tashkiliy, sanitar-gigienik va boshka turdagi barcha tadbirlar ushbu sistemada yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflarni to‘lik oldini olish, ya’ni baxtsiz xodisalarni kelib chikishini bartaraf etilishini ta’minlanishi zarur.

3.4. Faoliyat xavfsizligini taminlovchi prinsiplar, uslublar va vositalarining umumiy tariflari.


Xavfsizlikning umumiy nazariyasi tarkibida prinsip va uslublar evristik va uslubi («metodologik») rol uynaydi. Fransuz filosofi Gelvetsiy (1715-1771 yy.) xavfsizlik prinsiplarining axamiyati to‘grisida kuyidagicha yozadi: «Ayrim prinsiplar to‘grisida bilimlar, osonlik bilan ba’zi faktorlarni bilmaslikning o‘rnini to‘ldiradi».(«Ob ume», 1758 y). Xush prinsip, uslub va texnik vositalarning asosiy ma’nosi nima? Prinsip – bu goya, fikr, umumiy tushunchalar va umumiy koidalardir. Uslub (metod) – bu umumiy koidalardan kelib chikadigan va maksadga olib boradigan yo‘l, maksadga erishishning usulidir.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik prinsiplari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy va material mujassamlikdir. Prinsip, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantikiy boskichdir. Ularni tanlash faoliyatning anik shart-sharoitlariga, xavf darajasiga, iktisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir kancha mezonlarga boglik bo‘ladi.
3.5. Xavfsizlikni ta’minlovchi prinsiplar va ularning tasnifi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi prinsiplar turli xil bo‘lib, ularni orienterlovchi,
texnik, tashkiliy, boshkarish kabi guruxlarga ajratish mumkin. Kuyida ayrim prinsiplarni ma’nosi bilan tanishib chikamiz. Me’yorlash prinsipi – insonni turli xil xavflardan ximoyalash maksadida, standart asosida xavfli va zararli faktorlarning ruxsat etilgan mikdorlarini o‘rnatish demakdir. Masalan, REM, RED, ko‘lda ko‘tarish yuk me’yori, ish vakti me’yori va boshkalar. Bo‘sh zaif (zveno) prinsipi. Texnik sitemaning xavfsiz ishlashini ta’minlash maksadida unga zaif element o‘rnatiladi, ya’ni belgilangan ko‘rsatkich me’yoridan oshgach navbatda to‘xtaydi vanatijada xavf bartaraf etiladi. Bularga saklash klapanlarini, elektr saklagichlarini («predoxranitel») va muftalarni misol keltirish mumkin. Ma’lumot berish prinsipi. Ishchiga ish davrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riklar, ko‘rsatmalar berishga asoslangan. Bunga kurs o‘kishlari, yo‘riknomalar («instruktaj») o‘tish, xavfsizlik belgilar, ogoxlantiruvchi belgilar va boshkalar kiradi. Tasniflash prinsipida ob’ktlarni xavflilik darajasiga boglik xolda sinflarga yoki katigoriyalarga ajratish tushiniladi. Masalan, sanitar-ximoya zonalari (5-sinifga ajratilgan), portlash-yonish xavfliligi bo‘yicha ishlab chikarish binolarining kategoriyalri (A,B,V,G,D,E), yongin zonalari va boshkalar.
3.6. Xavfsizlikni ta’minlash uslublari va ularning tasnifi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi
kabi iboralarga tushuncha beramiz. Faoliyat davrida ishchi turadigan yoki xarakat kiladigan joy, ishchi zona– gomosfera deb ataladi. Doimiy yoki davriy ravshda xavf sodir bo‘ladigan zona– nokosfera deb ataladi. Faoliyat davrida xavfsizlikni ta’minlash uslublarini ko‘yidagi 3 turga ajratish mumkin:
1.Gomosfera va nokosferani fazoviy va (yoki) vakt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub, bu asosan distansion boshkarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish va boshka tashkiliy tadbirlar orkali amalga oshiriladi.
2.Xavfni bartaraf etish orkali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovkin, gazlar, changlar ta’sirida ximoya kilishga karatilgan tadbirlar majmui va kollektiv ximoya vositalari kiradi.
3. Ma’lum muxitda insonni ximoyalash darajasini oshirishga karatilgan usullar va
vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘kitish, SHXV dan
foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshka shu kabi tadbirlar orkali amalga oshiriladi.

NAZORAT SAVOLLARI :


Sistemali taxlil deganda nimani tushunasiz?
Tizimiy taxlil nima?
Sabablar va okibatlar daraxtini tariflang?
Xavfsizlikni taxlil kilish uslublarni ayting.
Prinsip, uslub va vositalarni tushuntiring.
Xavfsizlikni taminlovchi prinsiplar.
Xavfsizlikni ta’minlash uslublari.
Download 33.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling