Xavfli sharoitlarda shamollatishni qo'llash tadbirlari


Download 0.53 Mb.
bet1/11
Sana18.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1783511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XAVFLI SHAROITLARDA SHAMOLLATISHNI QO\'LLASH TADBIRLARI


XAVFLI SHAROITLARDA SHAMOLLATISHNI QO'LLASH TADBIRLARI
Reja:


1.SHamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi.
2.Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko’rinishlari.
3.Ishlab chiqarishda yoritish. YOritishni turlari va ularga asosiy talablar.
4.SHaxsiy himoya vositalari.


1. SHamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi


Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.



rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filtr; 4-kalorifyer; 5-markazdan qochma shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.


Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi hisobiga tabiiy yo’l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki ayerasiya deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin (9.1.-rasm).


SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo’linadi.



rasm. So’rish qurilmasi. CHapdagi -to’g’ri; o’ngdagi -noto’g’ri.


Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa malum bir joylardagi havoni almashtiradi (9.2.-rasm). SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo’ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olishkerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo’ladigan zonadan o’tishiga yo’l qo’ymaslikkerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo’lgan tomonga chiqarish lozim.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling