Xi-guruh elementlari,olinishi,oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari


Download 0.57 Mb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1517542
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Umaraliyeva.T


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYO KAFEDRASI
NOORGANIK KIMYO FANIDAN
XI-GURUH ELEMENTLARI,OLINISHI ,ODDIY MODDALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI”
Mavzusida
KURS ISHI

Bajardi: kimyo yo’nalishi _____________


Gurux talabasi :T.Umaraliyeva
Rahbar: _____________________
Sana “___”____________2023-yil.


Namangan – 2023

Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalishi 103-guruh talabasi Umaraliyeva Tursunoyning Noorganik kimyo fanidan “ XI guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik kimyoviy xosslari ” tayyorlagan kurs ishisiga


Taqriz
Ushbu kurs ishi “XI-guruh elementlari, olinishi, oddiy moddalarning fizik- kimyoviy xossalari” mavzusida bo’lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan, minerallar kimyosi sanoatining rivojlanish tarixi va undagi ayrim kamchiliklar yoritib berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internet ma’lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarni, formulalarni tuzishda xatolikka yo’l qo’ygan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at azolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.

Taqrizchi: ____________________________




Mundarija
Kirish…………………………………………………………………….
I Asosiy qism…………………………………………………………
I.1 Mis va uning birikmalari olinishi …….………………
I.2 Kumush va kumish birikmalari ------------------------------------
I.3 Oltin va uning brikmalari……………..……………………
I.4 Yurtimizda mavzud bo`lgan XI –guruh element konlari ------------
I.5 XI –guruh element fizik-kimyoviy va mexanik xossalari.................
Xulosa........................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati........................................................


Kirish
XI-elementlariga mis, kumush, oltin elementlari kiradi ,bu guruh elementlari O`zbekiston va jahon davlatlari sa`noatida muhum o`rin tutadi. Mis dunyodagi eng qadimgi metallardan biridir. Uning yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi kabi muhim xususiyatlari misni koʻp ishlatiladigan elementlarga aylantirgan.
Mis dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan metallar orasida ikkinchi o’rinni egallaydi . Qadim zamonlardan beri odamlarga foyda keltirgan misga bo’lgan talab iqtisodiy va texnologik rivojlanish tufayli asta-sekin o’sib bormoqda. Mis deyarli barcha sohalarda qaysidir ma’noda ishlatiladi va uning iste’moli minglab tonnaga etgan. Yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi, korroziyaga chidamliligi va oson ishlov berish kabi asosiy xususiyatlari tufayli ko’plab mahsulotlarning xom ashyosi hisoblanadi. Mis, iqtisodiy bozorlar uchun ishlab chiqarilgan tovar moddasi, qimmatbaho metallar bozorida sotiladigan investitsiya vositasidir. Odamlar, hayvonlar va o’simliklarning sog’lig’i uchun muhim metall bo’lgan mis ko’plab oziq-ovqat mahsulotlarida har xil miqdorda bo’ladi. O’tmishdan hozirgi kungacha, hunarmandchilikdan zargarlik buyumlariga, musiqa asboblaridan qoplama materiallariga qadar ko’plab sohalarda qo’llanilib kelinayotgan mis rivojlangan mamlakatlarda odam boshiga 10 kilogrammgacha ko’tarildi. Mis sanoat, sanoat va mashinasozlik uchun ajralmas metall sifatida mavjud bo’lib kelmoqda.
Tabiatda shunday inert metallardan uchtasi nisbatan ko‘proq tarqalgan va ular bir-biriga ham kimyoviy, ham fizik jihatda juda o‘xshashdirlar. Ular - mis (29-raqamli element); kumush (47-raqamli element) hamda oltindir (79-raqamli element). Misning ilmiy nomi lotincha "cuprum" so‘zidan olingan bo‘lib, o‘rta Yer dengizidagi Kipr orolining nomida kelib chiqqan. Chunki, qadimgi davrlarda, ya'ni, Rim imperiyasi va Yunoniston gullab-yashnagan zamonlarda ushbu imperiyalar ehtiyoji uchun aynan Kipr orolidan mis tashib kelingan. Tabiiyki, orol shunga yarasha, ulkan miqdordagi mis konlariga ega bo‘lgan. Kumush misdan ham inertroq metall bo‘lib, sof holda ko‘proq uchraydi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling