Xiva xonligida harbiy ahvol va sud ishlari,huquqiy munosabatlar


Download 6.77 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.77 Kb.
#1835361
Bog'liq
Xiva xonligida harbiy ahvol va sud ishlari

Xiva xonligida harbiy ahvol va sud ishlari,huquqiy munosabatlar

Reja:

  • Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning o‘zi edi. Ko‘p hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkardayasovulboshilikmansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi bo‘lib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qo‘mondonlik qilar edi.
  • Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy o‘rinlari bo‘lmas edi. Lekin ular xon huzurida bo‘ladigan tor kengashda mehtar, qo‘shbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat etganlar.
  • Yasovulboshidan keyingi harbiy unvonmingboshiedi. Harbiy yurishlar paytida mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan.
  • Ya’ni, ular qo‘shinni aytilgan yerga to‘plashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qo‘shinning ma’lum guruhiga yo‘lboshchilik qilishi lozim bo‘lgan. Shuning uchun ham arxiv hujjatlariga ko‘ra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar.
  • Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alarkutvol(qal’abon) qo‘lida edi.
  • Xiva qo‘shinlaridasarkardalarmuhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tug‘ (bayroq) qo‘tarib borilgan. Bayroq ko‘tarib boruvchilargatug‘begiboshchilik qilgan. Qo‘shindayuzboshi, panjshohboshi(ellikboshi),dahboshi(o‘nboshi),qorovul, mahram, navkarkabi vazifalar bo‘lgan.
  • Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qo‘shinida dehqonlardan olinadigan navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa ko‘chmanchi xalqlar askarlari ham bo‘lib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda askarlar berganlar.
  • Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari.Xivada davlatni boshqarish bo‘yicha islom dini mafkuraviy asosni tashkil etgan. Qonunlar shariat tartib va yo‘riqlari asosida amal qilgan.Shayx ul-islom –xonlikdagi eng yuqori martabali kishi edi. U diniy marosimlarning aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Marosimlar paytida shayx ul-islom xonning o‘ng tomonida o‘tirish huquqiga ega bo‘lgan.Qozi ul-quzot (qozi kalon) –musulmon huquqi va qonunlar bajarilishini shariat asosida nazorat qilgan. Qozi kalon poytaxtda o‘z devoni va mahkamasiga ega bo‘lgan.
  • Viloyat markazlarida hamviloyat qozisibo‘lgan. Ular mahkamalarining nomiDor ul-qazodeb atalgan. Lashkarlardagi qonun-qoidalar ketidanqozii askar(askar qozisi) nazorat qilib, sha’riy masalalarni hal etib turgan.
  • Mufti –qozilarning huquqshunoslari hisoblangan. Ular biror ish ko‘rilayotgan paytda ishtirok etishlari, hukmona tuzishlari va hukmlarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun hujjatlarga muhrlarini bosishlari lozim edi. Xivada bosh mufti yettita bo‘lib, barcha muftilarning xon yonida o‘rni bor edi. Lashkarda o‘ziningmufti lashkarixizmat qilgan.
  • A’lam –muftilarning boshlig‘i hisiblangan. Uning vazifasi fatvolarda keltiriladigan shariat rivoyatlarini tekshirishdan iborat bo‘lib, ayrim rivoyatlarning asl nusxasiga mosligini aniqlagach, a’lam unga o‘z muhrini bosgan.
  • Raislar –shariat tartib-qoidalari, diniy marosimlar – ro‘za, besh vaqt namoz, tahorat, xayri-ehson ishlarining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Ota-analar bolalarini o‘z vaqtida maktabga yuborishi, bozorlarda sotuvchilar xaridorlarni aldamasligi tarozilarni tekshirib turish ham raisning vazifasi bo‘lgan. Har bir shahar va katta qishloqning o‘z raisi bo‘lib, qozi kalon taqdimiga muvofiq xon tomonidan tayinlangan.
  • Mutavalli –diniy muassasalarda xayr-ehson mablag‘lari va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik noziri. Mutavallining vazifasi vaqf mulki, undan foydalanish va keladigan daromadni nazorat qilish, uni taqsimlash, ijaraga berish, oxun va mudarrislarga maosh to‘lash kabilardan iborat edi.
  • Mudarris –madrasa o‘qituvchisi, muayyan ilohiyot fanidan dars bergan.Oxun-oxund –va’zxon, notiq, din targ‘ibotchisi. Mudarris va oxunlar o‘zlari ta’lim bergan madrasaning vaqfidan maosh olib turganlar. Shuningdek, madrasa ularga hujra ham bergan.

Foydalanilgan adabyotlar:

  • https://www.facebook.com/groups/706783749470149/posts/1591675020981013/

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 6.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling