Xix asr simfoniyasi o’z dk estrada cholg’u yo’nalishi 1ikurs talabasi


Download 0.76 Mb.
Sana10.05.2020
Hajmi0.76 Mb.
#104827
Bog'liq
Eshonqulov Hojiakbar

XIX ASR SIMFONIYASI

O’Z DK ESTRADA CHOLG’U YO’NALISHI 1IKURS TALABASI

Eshonqulov hojiakbar

Simfoniya

  • Simfoniya (yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va boshqa orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.

Simfoniya atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida S. yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.

  • Simfoniya atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida S. yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.
  • Oʻzbekistonda 1930y.lardan simfonik musikaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1S.si, 1938). Keyingi yillarda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida S.ga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 S.lari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2S.lari va boshqalar). 1960y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar S.lar ijod qilishdi. 19702000y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Gʻiyosov (12 ta) va boshqa kompozitorlar S. yaratganlar.

Simfonik musiqa

  • Simfonik musiqa - asosan, simfonik orkestr ijrosiga muljallangan musiqa asarlari. Muhim janrlari: simfoniya, uvertyura, konsert, simfonik syuita, simfonik poema, rapsodiya, fantaziya.
  • Simfonik orkestr paydo bulgungacha, 17-asrda va 18-asrning 1-yarmida ommalashgan turli raqs syuitalari, konsertogrosso cholgʻu konserti (ansamblorkestr konserti), opera uvertyuralari orkestr musiqasining asosiy janrlari boʻlgan (ular fakat shartli ravishda Simfonik musiqa ga kiritiladi). 18-asr oxirida simfonik orkestr, yangi Simfonik musiqa janrlari (birinchi navbatda simfoniya yaratilishi bilan) yuzaga keldi. Janr jihatidan Simfonik musiqa fantaziya, kaprichchio, poppuri, skerso, marsh, turli raqs musiqalari, shuningdek, opera, balet, spektakl va kinofilmlarga yozilgan musiqalar evaziga boyidi. Simfonik musiqa rivojiga koʻp kompozitorlar oʻz ulushini qoʻshgan (Mangeym maktabi, Vena klassik maktabi vakillari, F. Shubert, F. List, M. Glinka, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, N. RimskiyKorsakov, G. Maler, R. Shtraus, Ya. Sibelius, D. Shostakovich, A. Onegger, S. Prokofyev, B. Martinu, I. Stravinskiy va boshqalar).

Oʻzbekistonda 1920 (V. Uspenskiy va boshqalar) va 1930y.larda (V. Zolotaryov, R. Glier, S. Vasilenko va boshqalar) yaratilgan ilk simfonik asarlar simfonik orkestr uchun qayta ishlangan xalq kuylari yoki ular asosida yozilgan syuita, poema, uvertyura va boshqa dan iborat boʻlgan. 1930y.larning 2-yarmida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, shuningdek, A. Kozlovskiy, G. Mushel oʻzlarining dastlabki Sm. asarlarini yozdilar. Keyinchalik Oʻzbekistonda Sm. ning barcha turlari rivoj togshi. M. Ashrafiy, D. Zokirov, S. Yudakov, R. Hamroyev, B. Giyenko, Ik. Akbarov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, N. Zokirov, M. Tojiyev, R. Abdullayev, A. Latifzoda va boshqa Sm.ning turli janrlarida ijod qilishdi.

  • Oʻzbekistonda 1920 (V. Uspenskiy va boshqalar) va 1930y.larda (V. Zolotaryov, R. Glier, S. Vasilenko va boshqalar) yaratilgan ilk simfonik asarlar simfonik orkestr uchun qayta ishlangan xalq kuylari yoki ular asosida yozilgan syuita, poema, uvertyura va boshqa dan iborat boʻlgan. 1930y.larning 2-yarmida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, shuningdek, A. Kozlovskiy, G. Mushel oʻzlarining dastlabki Sm. asarlarini yozdilar. Keyinchalik Oʻzbekistonda Sm. ning barcha turlari rivoj togshi. M. Ashrafiy, D. Zokirov, S. Yudakov, R. Hamroyev, B. Giyenko, Ik. Akbarov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, N. Zokirov, M. Tojiyev, R. Abdullayev, A. Latifzoda va boshqa Sm.ning turli janrlarida ijod qilishdi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling