Xizmat vazifasi


Download 19.42 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2023
Hajmi19.42 Kb.
#1279315
  1   2
Bog'liq
5 Инструктор қутқарувчи хизмат вазифаси uz-assistant.uz



«TASDIQLAYMAN»
Termiz tumani FVB boshlig‘i
mayor
E.M.Xalimov


«____” yanvar 2023 yil


Termiz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
19-Yong‘in-qutqaruv qismi instruktor-qutqaruvchi

XIZMAT VAZIFASI

-navbatchi smenalarini almashish vaqtida biriktirilgan yong‘in qutqaruv texnikalarini, asbob-anjomlarni, xizmat xonalarini, buyum va moddiy boyliklarni qabul qilinishini taʼminlashi;


-ekipaj shaxsiy tarkibini o‘rgatishi, navbatchilik davrida navbatchi smena boshlig‘iga tayrgarlik rejasini bajarishda ko‘maklashishi;
-yong‘in o‘chirish va saf tayyorgarligi meʼyorlarini ekipaj shaxsiy tarkibi tomnidan bajarilishini taʼminlashi;
-ekipajga biriktirilgan yong‘in o‘chirish avtomobilidagi himoyalangan gaz niqoblarni saqlanishini nazorat qilishi;
-yong‘in qutqaruvchilarni safda yurish qoidalariga o‘rgatishi va ularni jismonan chiniqtirishi;
-ekipaj shaxsiy tarkibini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilishi;
-ekipaj shaxsiy tarkibiga o‘z kasbiga xurmat xissini singdirishi hamda ularni yong‘in qutqaruv texnikalari asbob-anjomlar va buyumlarini extiyotkorlik bilan ishlatish ruhida tarbiyalashi;
-o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning betobligi, shikoyat va iltimoslari to‘g‘risida shuningdek, ekipajga biriktirilgan asbob-anjomlarni buzulganligi yoki yo‘qolganligi haqida navbatchi smena boshlig‘iga axborot berishi.
-navbatchi smena xizmatini tashkil etishga taʼluqli xizmat xujjatlari bilan tanishish;
-navbatchi smena boshlig‘i bilan kelishgan holda, xizmat intizomi buzgan ekipaj shaxsiy tarkibi xodimlarini xizmatni olib borishdan chetlatish;
-navbatchi smena boshlig‘iga belgilangan tartibda ekipaj shaxsiy tarkibini rag‘batlantirish yoki jazolash to‘g‘risida hamda navbatchi smena xizmatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.


505-sonli buyruq bo‘yicha
YoQAga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatilishi uchun javobgarlik bo‘linma komandiri va yong‘in qutqaruv avtomobillariga biriktirilgan haydovchilar zimmasiga yuklatiladi.
yong‘in o‘chirish avtomobillariga va YoQAga xizmat ko‘rsatish har kuni shaxsiy tarkib tomonidan kun tartibi bilan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi. Balandlikda ishlash va odamlarni qutqarish uchun mo‘ljallangan YoQAni (yong‘in o‘chirish qo‘l narvonlari, qutqarish arqonlari, yong‘in o‘chirish kamarlari va yong‘in o‘chirish kamarlarining karabinlarini) sozligi shaxsan bo‘linma komandiri tomonidan navbatchilikka kirishish vaqtida tekshiriladi.
har kungi texnik xizmat ko‘rsatish smena almashayotganda bo‘linmaning navbatchilikka tushayotgan haydovchisi tomonidan ekipaj komandirining rahbarligi ostida jangovar hisobdagi tarkib tomonidan amalga oshiriladi.
navbatchi smena almashishidan oldin jangovar hisobdagi va zahiradagi barcha yong‘in o‘chirish avtomobillari toza, ekspulatatsion mahsulotlar va yong‘in o‘chiruvchi moddalar bilan to‘ldirilgan, ro‘yxat (opis) asosida yong‘in-texnik asbob-anjomlari bilan jamlangan bo‘lishi kerak.
almashayotgan smenaning navbatchilikni topshirayotgan haydovchisi uning jangovar navbatchiligi vaqtida yong‘in o‘chirish avtomobilini ishlashi haqidagi hamma yozuvlarni ekspluatatsiya varaqasiga kiritishi va avtomobilni topshirishga tayyorlashi lozim. Ekipaj komandiri rahbarligidagi shaxsiy tarkib yong‘in-texnik asbob-anjomlarini jangovar hisob raqamlarining vazifalariga muvofiq topshirishga tayyorlashi kerak.
yong‘in qutqaruv avtomobilini qabul qiluvchi haydovchi, almashayotgan smenaning haydovchisi ishtirokida avtomobilning holatini har kungi texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining ro‘yxati hajmida tekshirib olishi va ekspluatatsiya varaqasiga tegishli yozuvni kiritishi lozim.
yong‘in qutqaruv avtomobilidagi yong‘in-texnik asbob-anjomlarini soz va toza holatda saqlanishi uchun javobgarlik ekipaj komandiri zimmasiga yuklatiladi.
yong‘in qutqaruv avtomobili va yong‘in-texnik asbob-anjomlariga qarovlarni amalga oshirish jangovar hisobdagi shaxsiy tarkib tomonidan kun tartibi bilan belgilangan vaqtda har kuni bajariladi. Balandlikda ishlash va odamlarni qutqarish uchun mo‘ljallangan yong‘in-texnik asbob-anjomlarining (yong‘in o‘chirish narvoni, qutqaruv arqoni, kamar va karabinlar) soz holatda turishi ekipaj komandiri tomonidan tekshiriladi.
yong‘in (mashg‘ulot)dan qaytgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmada haydovchi va shaxsiy tarkib tomonidan ekipaj komandirining rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
birinchi texnik xizmat ko‘rsatishdan oldin bo‘linma rahbari katta haydovchi, ekipaj komandiri va haydovchi bilan birgalikda yong‘in o‘chirish avtomobili va yong‘in-texnik asbob-anjomlarining texnik holatini nazorat ko‘rigidan o‘tkazadi.
barcha yozuvlar texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazgan haydovchilar tomonidan, yong‘in o‘chirish-texnik qurollariga texnik xizmat ko‘rsatish haqidagi maʼlumotlar esa-ekipaj komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
ekipaj komandiri shaxsiy tarkibning yong‘inni bartaraf etishdagi harakatlariga rahbar bo‘lib, ularni boshqaradi.
yong‘in sodir bo‘lgan joyga kelgach yong‘in o‘chirishga rahbarlik qilish, agar YOO‘R bo‘lsa, unga axborot berib, uning buyruqlarini bajarish;
o‘zining bo‘linmasi va smenaning vazifasini bilish, uni har bir yong‘in o‘chiruvchiga yetkazish;
guruhlarni o‘zaro harakatini taʼminlash;
shaxsiy tarkibni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
boshliq bilan doimo aloqada bo‘lish, o‘z vaqtida o‘z vaqtida joydagi o‘zgarishlar haqida axborot berish;
yong‘in qutqaruv texnikasidan unumli foydalanishni tashkil qilish;
yong‘in qutqaruv avtomobilini o‘z vaqtida yonilg‘i va yong‘in o‘chirish vositalari bilan taʼminlash;
eng qisqa fursatda kuch va vositalar yoyilishini taʼminlash;
bo‘linma shaxsiy tarkibga suv manbalarini, yenglarni o‘tkazish usullarini, yo‘nalishini, suv ayirgichlarning joyini, dastaklarning turi va sonini, dastakchilarni o‘rnini va yong‘in o‘chirish narvonlarini o‘rnatish joyini ko‘rsatish.
boshliqqa kuch va vositalar yoyilishi tagagani haqida axborot berish.
kerakli asbob-anjomlarga ega bo‘lgan yong‘in o‘chiruvchilarni tayinlash, amalga oshiriladigan ishlarni xajmini, joyini ko‘rsatish va maqsadini tushuntirish;
agar buzish va ochish ishlarini bitta ekipaj bajarayotgan bo‘lsa, yong‘in o‘chiruvchilarga buzib olshingan materiallarni joylashtirish o‘rnini ko‘rsatish, pastga (materiallarni tashlash joyiga) kuzatuvchi qo‘yish;
ishni xavfsiz bajarilishini taʼminlash, elektr o‘tkazgich va elektr uskunalarini elektr quvvatidan uzish, gaz quvurlarini berkitish, inshoatlarni qulashiga qarshi choralar ko‘rish.
bo‘linma shaxsiy tarkibini to‘laligini va yong‘in o‘chirish qurollarini butligini tekshirish, yong‘in o‘chirish avtomobilini suv bilan to‘ldirilishini taʼminlashi;
bo‘linmaning ketishiga tayyorligi haqida bo‘ysungan rahbariga axborot berishi.
yong‘in sodir bo‘lgan joyni uzluksiz nazorat qilishini tashkil qilish;
yong‘in o‘chirish vositalarini doimo tayyor holda saqlash;
yong‘in o‘chog‘i aniqlanganda, u haqda yong‘in xavfsizligi qismiga xabar berish va bartaraf etishga kirishish choralarini ko‘rish;
smena boshlig‘ini buyrug‘iga muvofiq bo‘linma bilan yong‘in xavfsizligi qismiga qaytish, bo‘linmaning ketishi haqida maʼmuriyatni ogohlantirish va ularning zimmasiga kuzatishni yuklash;
qismga qaytib kelgach darhol yong‘in o‘chirish avtomobilini, anjomlarini va shaxsiy tarkibni tayyor holga keltirib, smena boshlig‘iga axborot berish.

Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling