Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari. Mexmonxonalar raqobatbardoshligi kirish 2
Download 0.6 Mb.
|
Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR 41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI 43
Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari. Mexmonxonalar raqobatbardoshligi KIRISH 2 bob. Xizmatlar bozoridagi raqobat va raqobat strategiyalarining nazariy asoslari Raqobat tushunchasining mohiyati,shakllari va turlari 4 Raqobat strategiyalari va ularni ishlab chiqishning asosiy pog'onalari 14 Raqobat strategiyalarining shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar 17 bob. Mexmonxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun raqobat strategiyalarni ishlab chiqish Mehmonxonalar raqobatbardoshligini oshiruvchi omillar tahlili 26 Hilton mehmonxonasida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishning amaliy usullari va amalga oshirilayotgan raqobat strategiyalari 35 XULOSA VA TAKLIFLAR 41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 43 KIRISHHar qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi. U odam deganda bozorda uz ehtiyojini kondirish uchun harakat kilayotgan ratsional sub’ektni izoxlagan. Umuman, raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin. Birinchi yondoshuvda, raqobat - bu bozordagi musobaqa deb qaralsa, ikkinchi yondoshuvda raqobat - talab va taklifni muvozanatlovchi bozor mexanizmining elementi kabi izohlanadi. Mazkur yondoshuv klassik iqtisodiy nazariyaga mansubdir. Uchinchi yondoshuv, zamonaviy bozor morfologiyasi nazariyasiga asoslangan bo‘lib, raqobat - bozor tarmoqlarining tilini aniqlaydigan mezon ekanligini e’tirof etadi. Birinchi yondoshuv raqobatni qandaydir faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun kurash tushunchasiga tayanadi. Raqobat qaysi jihatdan olib qaralmasin, uning asosida iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro kurashi yotadi. Shunga ko‘ra raqobatda ko‘plab ta’riflar berish mumkin. Ular quyidagi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlarning bir-birining imkoniyatlarini samarali cheklash orqali muayyan bozorda tovar aylanishining umumiy sharoitlariga ta’sir o‘tkazadigan, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni raqbatlantiruvchi musobaqadir. raqobat monopol bo‘lmagan bozordagi kurash; ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi raqiblik yuqori ko‘rsatkichga erishish kabi yagona maqsadni ko‘zlagan holda raqibni siqib chiqishga yoki ularni quvib o‘tishga qaratilgan raqiblik. raqobat teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqiblarning tadbirkorlar va uddaburon bo‘lgan tomonning iqtisodiy halol g‘alaba qilishi; raqobat bozor xo‘jaligi ishtirokchilari o‘rtasida tovar ishlab chiqarish va sotish uchun yaxshi imkoniyat hamda sharoitlarga ega bo‘lishdir; raqobat tovar va xizmatlar yaratuvchilarning maksimal foydani yoki boshqa maqsadlarini ta’minlovchi bozor ulushi uchun kurashidir. Klassik iqtisodiyot nazariyasida raqobat bozor mexanizmining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. A.Smit raqobatni sotuvchilar va sotib oluvchilarning manfaatga erishishlari uchun bir-biri bilan o‘zaro kurash bilan bog‘liq individual faoliyat sifatida talqin etadi. Raqobat bozor ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi «ko‘rinmas quldir» deb ta’riflaydi. Raqobat tom ma’noda talab va taklifning o‘zaro birikishidir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling