Xlor. Uning laboratoriya va sanoatda olinishi. Ishlatilishi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
xlor
8-sinfda bir soatlik Mavzu: “Xlor.Uning laboratoriya va sanoatda olinishi.Ishlatilishi”
Ohangaron shahri 2018-yil. Kimyo Sinf : 8 - “B ” Sana : _________ Dars mavzusi: Xlor. KTZM ( Kuchli ta’sir etuvchi zararli moddalar) turlari. Darsning maqsadi: O'quvchilarga Xlor haqida ma'lumot berish.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga galogenlar oilasiga mansub xlor elementi haqida ma’lumot berish.Xlor elementini tabiatda tarqalishi ,olinishi,xossalari va ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish; Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni egallagan bilim ,malaka,ko’nikmalarini kundalik hayotda qo’llay olish ,fan va texnika yangiliklaridan bohabar bo’lish kompetensiyasini shakllantirish va milliy ma’naviy ruhda tarbiyalash. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishlarini rivojlantirish,mustaqil ishlay olish layoqatini kuchaytirish; Dars turi: yangi bilim beruvchi dars. Dars usuli: interfaol ,guruhlarda ishlash. Dars ko’rgazmasi: Davriy jadval,AKT , elrktron darslik ,slaydlar,ko’rgazmali qurollar,labaratoriya mashguloti uchun jihoz va reaktivlar; Dars o’tish rejasi: 1)Tashkiliy qism: (2daqiqa) a)Salomlashish; s)O’tilgan mavzuni takrorlash,o’quvchilarni baholash; 2.Uyga berilgan mavzuni so’rab ,o’quvchilarning bilimini tekshirish(15 daqiqa) 4.Yangi mavzuni bayoni(20 daqiqa) 5.Yangi mavzuni mustahkamlash(5 daqiqa) 6.Darsni yakunlash,o’quvchilarni baholash(3 daqiqa) Darsning borishi: a) Salomlashish; b) Davomatni aniqlash; s) O’tilgan mavzuni takrorlash,o’quvchilarni baholash. Avvalo sinf o’quvchilari uch guruhga, “FTOR”, “BROM”, “YOD” guruhlariga bo’linadi. O’tilgan mavzu savol tariqasida o’quvchilarga beriladi. “Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni. Atom tuzilishi” mavzusi yuzasidan o’quvchilar bilan “MOYCHECHAK” va “PIRAMIDA” o’yinlari o’ynaladi. Doskada ftor, brom, yod belgilari yozilgan doira shaklidagi varoqlar osilgan stol ustida har bir elementga tegishli bo’lgan ma’lumotlar yaproq shaklida varoqlarga yozilgan. Har bir guruh istirokchisi o’zining guruhi nomiga ma’lumotlarni to’g’risini topib yopishtirib chiqadi. Qaysi guruh birinchi va to’g’ri ma’lumotlarni to’ldirib bo’lsa qizil kartochka oladi. Ikkinchi bo’lgan guruh sariq, uchinchi bo’lgan guruh yashil kartochka oladi. Ohirida qolib ketgan ma’lumotlarni sinf o’quvchilari bilan yopishtiriladi. Piramida o’yinida berilgan moddalarni molyar massasi ortib borishi bo’yicha joylashtiriladi. Topilgan molyar massa moddalar oldiga yoziladi. F Br I CaI
2 (294)
KBr(119) HCI(36,5) NaF(42) KCI (74,5) MgBr 2
Guruhlarga qizil, sariq va yashil kartochkalar beriladi. Uyga vazifa bo’yicha o’quvchilar baholanadilar. 3. Mavzuni yoritish: Ekranda Xlor mavzusiga oid slayd ko’rsatiladi. Sof xlor-gaz, bu g’oyat zaharli, lekin shu bilan birga, eng foydali modda. Tabiatda xlor aralashmalarda, masalan, oddiy osh tuzi (xlor natriy) tarkibida uchraydi. Sof xlor olish usulini ilk bor 1774 yil shved olimi KarlSheyel o’ylab topgan edi. Hozirgi paytda xlor osh tuzi eritmasidan elektr toki o’tkazish orqali, arzon usulda olinadi. Birinchi jahon urushida birinchi bor qo’llangan gaz tarkibi sof xlordan iborat edi. U 1915 yilning 22-aprelida birinchi bor Nemis qo’shinlari tomonidan qo’llanilgan. Keyinchalik barcha qo’shinlar xlor aralashmasidan iborat zaharli gaz ishlatadigan bo’lishdi. Ikkinchi jahon urushida esa mamlakatlar zaharli gazlar zahirasiga ega bo’lsada undan foydalanmadi. Xlor g’oyat zaharli va xatarli modda bo’lsada u inson sog’lig’I uchun kurashda eng ishonchli vosita hisoblanadi. U ko’plab gerbitsid va dizenfeksiyalovchi vositalar tarkibida mikroblarni yo’qatadi.Koplab shaharlarning suv tozalash tarmoqlarida bakteriyalarni yo’qotish uchun xlor ishlatiladi.Bunda million foizli suvning miqdoriga atiga 4-5 % xlor qo’shiladi.Bu miqdor inson uchun zararli bo’lmasada ba’zan suvdan xlor ta’mi kelib turadi.. Yuqori bosim va sovitish yo’li bilan xlorni suyultirish mumkin.Suyuq xlor temir idishlarda yoki maxsus sisternalarda tashiladi. Xlor oqartiruvchi poroshoklar tayyorlashda,buyumlarni oqartirishda ishlatiladi.Ubo’yoqlarga ham qo’shiladi,shuningdek ,uning kislorod va kaliy bilan qo’shilmasidan –mushaklar ,gugurtlar ishlab chiqariladi. Tabiatda uchrashi. Tabiatda xlor erkin holda faqat vulqon gazlarida uchraydi..Uning birikmalari keng tarqalgan .Ulardan eng muhimlari: Galit(tosh tuz)---------------NaCl Silvinit-----------------------KCl*NaCl Silvin ------------------------KCl Bishofit------------------ MgCl*6 H 2 O Karnallit-----------------KCl*MgCl*6H 2 O Kainit -------------------KCl*MgSO 4 *3H 2 O Xlor birikmalari okean ,dengiz,ko’llarning suvlarida bo’ladi.Ular o’simlik va hayvonot organizmlarda oz miqdorda bo’ladi.Xlor yer po’stlog’I massasining 0.05% ini tashkil etadi. Xlorning olinishi. Labaratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga marganes (IV) oksidi ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Reaksiya qizdirilganda boradi: 4HCl+MnO 2 =Cl 2 +MnCl
2 +2H
2 O Oksidlovchi MnO 2 o’rniga kaliy permanganat KMnO 4 ishlatish ham mumkin. Bu holda reaksiya odatdagi temperaturada, ya’ni qizdirilmasa ham boradi: 16HCl+2KMnO 4 = 5Cl
2 +MnCl
2 +2KCl+8H
2 O 2Cl - -2e - =Cl
2 5 Mn
+5e - =Mn +2 2
Sanoatda xlor natriy xloridning konsentrlangan eritmasini elektroliz qilish yo'li bilan olinadi. Xlor anodda ajralib chiqadi. Bunda vodorod (katodda ajralib chiqadi) va natriy gidroksid (eritmada qoladi) ham hosil bo'ladi.Suyuqlikka aylantirilgan xlor (xona temperaturasida 600 kPa bosimda suyuqlikka aylanadi) po'lat ballonlarda saqlanadi va ishlatilish joyiga shu holda tashiladi. Fizik xossalari. Xlor — sarg'ish-yashil rangli o'tkir hidli zaharli gaz. Havodan 2,5 marta og'ir. 20 °C da 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. Xlorning suvdagi eritmasi xlorli suv deyiladi. Xlor organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Xlor nafas yo’llarini yallig’iantiradi, ko'p miqdorda xlor bilan nafas olib bo'g'ilish o’limga olib kelishi mumkin.Tabiiy xlor tarkibida ikkita izotop , 17 35
17 37 Cl (24,6%) bo'ladi. Kimyoviy xossalari. Xlor molekulasi ikki atomdan tarkib topgan, unda boglanish qutbsiz kovalent. Xlor metallar bilan o'zaro ta’sirlashganda kuchli oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi. Bunda metall atomlari elektronlarini beradi, xlor molekulalari esa ularni biriktirib oladi. Masalan: Cu+Cl 2
Xlor ko'pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi.Masalan: 2P+3Cl 2
=2PCl 3
2P+5Cl
2 =2PCl
5
Xlor vodorod bilan o'ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong'ida xlor bilan vodorod aralashtirilsa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin kuchli yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir boiadi: Cl 2 +H 2
=2HCl Xlor kislorod, azot va ko'mir bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita yoi bilan olinadi). Namlik yo'g'ida xlor temir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu hoi xlorni poiat ballon va sisternalarda saqlashga imkon beradi. Ishlatilishi.
Xlor ichimlik suvini zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog'oz massalami oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko'p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo’ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi. IV . Mavzuni mustahkamlash va yakunlash. Bolalar sizlar KTZM ( Kuchli ta’sir etuvchi zararli moddalar) nima ekanligini bilasizlarmi? Galogenlardan qaysilari KTZM ga kiradi va uning ta’sirlari haqida nimalar bilasizlar? Brom bug’i bilan zaharlanganda toza havoga olib chiqiladi,novshadil spirt bug’i aralashgan suv bug’i hidlatiladi.Og’zi orqali zaharlangan bemorga ko’mir ,kuydirilgan magneziya, sut, natriy xlorid, natriy tiosulfatning 0.5 % li eritmasi ichiriladi. Yod.Og’iz orqali yod bilan zaharlanganda suyuq kraxmal kleyseri, ko’mir qo’shilgan suv, oqsil qo’shilgan suv ichiriladi. Xlor.Xlor gazi bilan zaharlanganda toza havoga olib chiqiladi, kislorod, suv bug’lari ammiakning spirtdagi eritmasi hidlatiladi. Abiturent usulida o’tilgan mavzu mustahkamlanadi. 1. Xlor molekulasida qanday bog’lanish mavjud? A) Metal; B) Vodorod; C) Qutbsiz kovalent. 2. Xlor qanday rangli gaz? A) Rangsiz; B) Sarg’ish-yashil; C) qo’ng’ir-qizil. 3. Xlor tabiatda qanday hollarda uchraydi ? A) Erkin; B) Birikmalar; C) Tabiiy. 4. Xlor havodan necha marta og’ir ? A) 2-marta; B) 2,5-marta; C) 3-marta. 5. Xlor qaynoq o’yuvchi kaliy bilan reaksiaga kirishganda qaysi tuzni hosil qiladi? A) Kaliy xlorat; B) Kaliy gipoxlorid; C) Kaliy perxlorat.
V . Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash. Dars yakunida ko’p bal to’plagan guruh e’lon qilinadi va faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar. VI . Uyga vazifa : Mavzuni o’qib ,xlorning xossalarini , ishlatilishini va tabiatda uchrashini o’rganib kelish . Mavzu asosida test tuzib kelish. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling