Ii chorak 13 dars mavzu: Litosfera


Download 28.41 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi28.41 Kb.
#1446574
  1   2
Bog'liq
13. 5-s litosfera Yangi dars ishlanmasi 2011-2012


II - chorak 13 - dars
MAVZU: Litosfera

Darsning texnologik xaritasi


Dars bosqichlari

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

I bosqich
Tashkiliy bosqich
3 daqiqa

Darsning maqsadini aniqlash, O'quv materiallari va jihozlar tayyorlash, guruhlarni shakllantirish, davomatni aniqlash

Darsga tayyorgarlik ko'rishadi, guruhlarga bo'linishadi, sardorlarni tanlashadi

II bosqich Nazorat bosqichi 8 daqiqa

"Blits" sinov testi shakli, ha-yo'q testi. Baholash materialini e'lon qilinadi. O'quvchilar ishini bajarguncha yangi "Litosfera " mavzusining rejasi, asosiy atama va tushunchalarini doskaga yozib qo'yiladi

O'quvchilar individual holda topshiriqlarni bajarishadi. So'ngra sardorlar javoblarni yig'ib olib, o'zaro almashib tekshiradilar

III bosqich Asosiy bosqich 28 daqiqa

a) "Klaster" uslubida mavzu
bo'yicha o'quvchilar bilimini
aniqlab olish; (5 daqiqa)
b) litosfera qobiqlarini ko'rgazmali
usulda muammoli bayon etish,
o'quvchi bilimlarini to' ldirish. (slaydlardan foydalangan tarzda) (10 daqiqa)
c) amaliy ko'nikmalarni
shakllantirish
(8 daqiqa)
d) Grafik test yordamida mavzuni
mustahkamlash
(5 daqiqa)

a) "Klaster" davomida o'z
fikrlarini bayon etishadi
b) yangi mavzuning
bayoni davomida faol
tinglashadi, o'z fikrlarini
bayon etishadi.
c) Darslikdagi rasmni
muhokama qilishadi,
tahlil natijalarini bayon
etishadi, munozara
qilishadi, xaritada
ishlashadi.
d) Grafik testni yechish
yordamida mavzudan
o'zlashtirishgan BKM
elementlarini
mustahkamlab olishadi




a) uyga vazifani berish

a) uyga vazifani yozib

IV bosqich

(4 daqiqa)

olishadi,

Darsni yakunlash




tushunmovchiliklar bo'lsa

6 daqiqa

b) Darsni yakunlanadi, o'quvchilar

savollar berishadi




bilimiga qo'yilgan ballar e'lon

b) baholarni kundalik




qilinadi (2 daqiqa )

daftarlariga qayd etishadi.

Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni yangi atamalar va shartli belgilar bilan tanishtirish; ularda litosfera va uning qismlari, cho’kindi jinslar, otqindi jinslar, plitalar, seysmik zonalar haqida o’rganish, xaritadan bu hududlarni topa olish, litosfera bo’yicha reja asosida ta’rif yozish ko'nikmasini sliakllanlirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog'lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarni, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarni tarkib toptirish. Tabiatga mehr va muhabbat uyg'otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.
Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o'rgatish. Nutqni o'stirish, fanga qiziqishni orttirish.
Dars tipi: bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish, yangi bilimlarni berish darsi.
Dars metodi: noan'anaviy dars.
Dars o'tish usullari: musobaqa, o'yin, muloqot, "Aqliy hujum", "Klaster".
Darsning jihozlari: Globus, mavzuga oid jadvallar, rangli rasmlar, yozuvsiz xarita, atlaslar, tarqatma materiallar, testbanki, yarimsharlar tabiiy xaritasi, Dunyoning tabiiy xaritasi, maketlar, slaydlar.
Atama va tushunchalar: Litosfera, cho’kindi jinslar, granit jinslar qatlami, Bazalt qatlami. Yer po'sti, mantiya, yadro, atmosfera, gidrosfera, litosfera, Biosfera va ularni asrab avaylash, muhofaza qilish.


Darsda shakllantiriladigan BKM elementlari
Bilimlar:
Litosfera haqida tushuncha.
Yer po’sti va uning qatlamlari.
Cho’kindi jinslar.
Otqindi jinslar tarkibini aniqlash.
Ko'nikma va malakalar:

Yer po’sti qanday qismlardan tuzilgan?


Materik Yer po’stining okean Yer po’stidan farqini ayting.
Yer po’stining plitalari nima?
Seysmik hududlarni xaritadan toping.

Download 28.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling