Xodimlar shaxsiy gigiyenasini qoidalariga amal qilishning laboratoriya nazorati. Shaxsiy gigiyena
Download 1.27 Mb.
|
1480873411 64903
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy gigiyena
- Mehnat gigiyenasi
Xodimlar shaxsiy gigiyenasini qoidalariga amal qilishning laboratoriya nazorati.Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi bo`lib shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi.
Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, koʻrpatoʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k. ham shaxsiy gigiyenaga kiradi
Mehnat jarayonida xodimlarni shaxsiy gigiyenasini toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi. Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi
Har qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariya gigiyena sharoitlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, aqliy mehnatda esa asabiy ruhiy tomondan zoʻr keladi.
Mehnat gigiyenasining sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang , shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va boshqa tushuniladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom"ga muvofiq, mehnat gigiyenasi sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir
Sanoat korxonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalarda amaliy sanitariya tadbirlari, gigienik tekshirishning turli usullaridan keng foydalaniladi.
Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling