Xorazm dostonchilik maktabi


Download 67.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi67.25 Kb.
#246727
Bog'liq
Xorazm dostonchilik maktabi - Vikipediya



Xorazm

dostonchilik

maktabi

Xorazm dostonchilik maktabi — baxshilik

sanʼati markazlaridan biri. Xorazm

dostonchiligida mavjud epik asarlar

Oʻzbekistonning boshqa yerlaridagi

oʻzbeklar orasida tarqalgan dostonlardan

mazmuni, uslubi, kompozitsiyasi, obraz

yaratish prinsiplari bilan farq qiladi.

Xorazm dostonchilik maktabim.da




ogʻzaki va yozma adabiyot anʼanalarining

oʻzaro ijodiy hamkorligi sezilarli.

Badihagoʻylik asosiy rol oʻynamaydi,

musiqa yetakchilik qiladi. Koʻp hollarda

aytuvchi qoʻlida dostonning qoʻlyozma

matni boʻladi. Xorazmda epik asarlar 3—5

kishidan iborat baxshi ansambllari

tomonidan ijro etiladi. Baxshi dostonni

dutorda (keyinchalik tor ham ishlatila

boshladi) kuylaydi, unga gʻijjakchi,

bulamonchi joʻr boʻladi. Xorazm

dostonlarida qahramonlarning

histuygʻularini, ichki kechinmalarini nazm

orqali, sarguzashtlarni nasr orqali bayon

etish qatʼiy tartiblashgan. Doston

kuylashdan oldin baxshi ansambli

"Peshrav", "Muxammasi ushshoq" kabi



biror kuy chaladi, soʻng didaktik

xarakterdagi qoʻshiq kuylanadi. Doston

tugagach, "Toʻyingdan qaytsin" kuyi ijro

etiladi. Xorazm dostonchilik

maktabim.da asar ichki boʻgʻiz tovushda

emas, balki ochiq ovozda ijro etilishi bilan

ham boshqa dostonchilik anʼanalaridan

farq qiladi. Xorazm dostonchilik

maktabim.ning yirik vakillari: Suyav

baxshi (19-asr), Jumanazar baxshi,

Ahmad baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli,

Bola baxshi, Xudoybergan Oʻtagan oʻgʻli,

Ollobergan baxshi, Murod baxshi,

Boltaboy baxshi, Jumaboy baxshi, Qodir

sozchi va boshqa Ular repertuarida

"Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlari, "

Oshiq

Gʻarib


", "Oshiq Maxmud", "Oshiq Oydin",


"Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun",

"Tulumbiy" kabi dostonlar mavjud. Yana

Q. Xorazm mussha uslubi.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Olaf Studt tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Xorazm_dostonchilik_maktabi

&oldid=2012856

" dan olindi



Download 67.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling