Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bogʻliq. Daryoning choʻkindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda toʻplanib deltalarni hosil qilgan


Download 15.19 Kb.
bet1/3
Sana02.02.2023
Hajmi15.19 Kb.
#1147481
  1   2   3
Bog'liq
Xorazm vohasi h-WPS Office



Relyefi
Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bogʻliq. Daryoning choʻkindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda toʻplanib deltalarni hosil qilgan. Xorazm vohasi janubda Tuyamoʻyin tangligiga qadar davom etgan. Voha shimoliy va shim.gʻarb tomon 300 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni chekka janubiy qismida (Tuyamoʻyin tangligida) 10–12 km, shimoliy qismida 120–130 km, Sulton Uvays tizmasining gʻarbiy qismida (Taxtatosh tangligida) 70–80 km. Tuyamoʻyin tangligidan shimolida Xorazm Toshhovuz tekisligi joylashgan. Xorazm vohasining yer yuzasi toʻrtlamchi davrda allyuvial delta yotqiziqlarining asta sekin toʻplanishi va deltaning Orol dengizi va Sariqamish botigʻi tomon oʻsishi natijasida shakllangan. Ular yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xilda emas. Ayrim kichik botiqparda koʻl yotqiziqlari ham uchraydi. Qadimdan dehqonchilik qilinadigan yerlarda (qalinligi 2– 3 m li) agroirrigatsion qatlamlar toʻplangan.Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor.
Xorazm vohasi yer yuzasi tuzilishi jihatidan, asosan, yassi tekislik, shimoliy va shim.gʻarb tomon bir oz nishab. Nishablik juda kam boʻlganidan Amudaryo (ayniqsa, vohaning shimoliy qismida) tarmoqlanib sekin oqadi. Shu bois, bir nechta qadimiy oʻzanlar (Koʻhnadaryo, Daryolik, Davdon, Shoʻrtonboy, Kreyto'zak, Itkraoʻzak, Qoraoʻzak va boshqalar) vujudga kelgan. Ular orasida turli balandlikdagi bir qancha tepalik va marzalar joylashgan.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 47°. Vegetatsiya davri 200-210 kun.
Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Yiliga 78–79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Xorazm vohasi yer yuzasi inson faoliyati taʼsirida ham oʻzgargan (kanal, ariq, zovurlar qazilgan). Xorazm vohasi shimoliy kenglikda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4,5°, —7,6°. Eng past temperatura —32°, baʼzi yillarda —4 G, —43°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,3°—28,4°. Eng yuqori temperatura 41°—44°. Hozirgi kunda, Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida yozgi temperatura ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Xorazm vohasi eng qurgʻoqchil vohalardan hisoblanadi (yiliga 80–120 mm yogʻin tushadi). Yogʻin miqdori janubdan shimolga ortib boradi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida tushadi.

Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling