Xudoyberdiyev anvarning tayyorlagan referati
Download 361.4 Kb.
|
ANVAR XUDOYBERDIYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI IQISODIYOT TA`LIM YO`NALISHI 321-GURUH 2-KURS TALABASI XUDOYBERDIYEV ANVARNING TAYYORLAGAN REFERATI REJA: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarish 2. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari3. O’zbekistonning bozor tarixi va uning shakllanishi 4. Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs xisoblanadi, o’z shaxobchasini ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi. Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi maxalliy xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maksadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taksimlash tartibi, korxonani kayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan boglik, konunga zid bo’lmagan boshqa koidalar xam ko’rsatilishi mumkin. Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari xamda kiymati korxonaning mustakil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofik unga to’lik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta‘sischilarning pul va moddiy badallari, maxsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital ko’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va fukarolarning beғaraz va xomiylik badallari, konun tomonidan takiklanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat kiladi. Korxona konunchilikka muvofik xolda yer, suv, yer osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me‘yorlari va talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mexnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maksadida ko’shimcha mablaglarni jalb qilish uchun kimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega. Davlat korxona mulkiy huquqlarini ximoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini fakat konunda ko’rsatilgan xollardagina tortib olinishi mumkin. Korxonaning mulkiy huquqiga fukarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan kaytariladi. Davlat mulk ko’mitasi va uning raxbarligida tuzilgan joylardagi mulk ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul kiladi va bu jarayonni tartibga soladi. Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko’lami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mexnat jamoasini boshqarish, mexnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloka va o’zaro ta‘sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashqiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik xisobi, moddiy texnika ta‘minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika tarakkiyoti va maxsulot sifatini oshirish, mexnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mexnatni va unga xak to’lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni ximoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, korxonaning yukori tashkilotlar va maxalliy xokimiyatlar bilan munosabatlar, tashki iqtisodiy alokalarni kamrab oladi. Mexnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo’llarini baxolash uchun mos me‘yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me‘yorlar vositasida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’ginlarning ishini yaxshilash bo’yicha tartiblar amalga oshirilmokda: korxona boshqaruvining butun tizimi puxtalashtirilmokda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga karatilmokda, boshqarishning tashqiliy tartibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmokda; mexnatni tashkil etish va xak to’lashning ilmiy asoslari joriy etilmokda; korxona faoliyati me‘yor va ko’rsatkichlari o’zgarmokda; korxonini boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, xar bir ishlovchi daromadi uning ko’shgan xissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniklanishi muvoffakiyatli unumdor faoliyat uchun asos yaratmokda, kator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar xal etilmokda. Korxonani texnikaviy jixatdan kayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, xamda bank kreditlari xisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta‘minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniklab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste‘molchilar, savdo va moddiy ta‘minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan maxsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki o’z savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baxolovchi muxim me‘yor buyurtma va shartnomalarni o’z vaktida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim. Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mexnat faoliyatini ko’chaytirishning muxim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muxim yo’nalishi bo’lmogi lozim. U, shuningdek, mexnatkashlar, ular oilasi, urush va mexnat fayriylarining mexnat va turmush sharoitini yaxshilash xakida gamxo’rlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini kondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi. Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini maxalliy tuman va shaxar xokimiyatlari bilan xamkorlikda amalga oshiriladi. Yangi xo’jalik mexanizmini shakllantirishni butun boshqaruv tizimini islox kilmay amalga oshirib bo’lmaydi. Bu isloxot fakat korxonalar iqtisodiy xayoti boshqaruvining markaziy bo’ginlari tarkibi va vazifalar, iqtisodiy ta‘sir va ragbatlantirishning tashki ko’rinishini o’zgartiribgina kolmay, balki iqtisodiy tizi munosabatlarini yangilashi xam lozim. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik Download 361.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling