Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 31.25 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi31.25 Kb.
#1396353
  1   2   3
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari


Reja:
Kirish.

  1. O`zbkiston Respublikasi davlat bayrog`i.

  2. O`zbkiston Respublikasi davlat gerbi.

  3. O`zbkiston Respublikasi davlat madhiyasi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e`lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o`z taqdirini o`zi belgilaydi, deb e`lon qilish yetarli emas edi. O`zbekistonning Davlat mustaqilligi bilan bog`liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. Ayni paytda mjustaqillik g`oyasi ham faqat bir tomonlama – havoyi va yuzaki talqin qilib bo`lmas edi. Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun izchil kurashish lozim edi. O`zbekiston mustaqil davlat deb elon qiingan kunning o`zidayoq mustaqil davlat ayrim atributlarini joriy qilish yuzasidan ayrim amaliy choralar ko`rildi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida, respubklia gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasing ekspert guruhiga Davlat bayrog`ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning qumitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda davlat bayrog`i, gerbio, madhiyasi haqida qnunlar ishlab chiqib navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta'kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan.
Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.



  1. Download 31.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling