Xulosa O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati


Download 36.82 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1081491
  1   2   3
Bog'liq
muqobil energiya


Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati
2.Ekologik muammolarni bartaraf etishda muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati
3.O‘zbekistonda energiya muammosini bartaraf etishda quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyati
Xulosa
1.O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati
O’zbekiston Respublikasi elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, sanoat, qishloq xo ̳jaligi va iqtisodiyotning barcha sohalarida hamda ijtimoiy hayotda foydalanish uchun yetarli miqdorda energiya resurslariga ega. Hozirgi kunda energetika resurslari ishlab chiqarish hajmi ichki talabdan 15–20 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Yoqilg’i-energetika kompleksini tez rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylangan. Elektroenergetika O ̳zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy sohasi hisoblanadi va muayyan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbaiga ega bo ̳lib, uning rivojlanishiga salmoqli ta‘sir ko ̳rsatadi [17]. Oxirgi yillarda O’zbekiston dunyodagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik salohiyatli davlatlarning o ̳nligiga kiradi. 1997 yildan buyon har yili mamlakatda 50 mlrd. m3gaz va 8 mln. tonna neft ishlab chiqarilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o ̳rtasida ikkinchi va to’rtinchi o ̳rinlarni egallab kelmoqda. Gaz qazib olish bo ̳yicha O’zbekiston dunyoda sakkizinchi o ̳rinni egallaydi. Markaziy Osiyo mintaqasida O ̳zbekiston energetikasi eng yuqori salohiyatga ega. Oxirgi 30 yil ichida respublikada 55–60 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish quvvati 3 martadan ko’pga o’sgan.O’rtacha xalqaro o ̳lchovlarda O’zbekistonning shartli yoqilg ̳i zaxirasi o’ziga xos salohiyatga ega bo ̳lib, taxminan 14 mlrd. tonnaga yaqin shartli yoqilg’iga ega. Asoslangan uglevodorod zaxirasining hajmi, o’zbek foydali qazilma konlarida, o ̳rtacha, dunyo masshtabida hisoblaganda, 594 mln. Barrel neft va 1,9 trln. m3gazga teng. Shuni ta‘kidlash mumkinki, O’zbekistondagi energiya resurslarining umumiy iste‘mol balansi oxirgi o’n yillikda tabiiy gaz 84–87 foiz, mazut —11–8 foiz va ko’mir —3,5–4,4 foizni tashkil etmoqda. Ko’rinib turibdiki, yoqilg’i energetika balansi shaklida energetika xavfsizligi talablariga optimal javob bermaydi. Ma‘lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O’zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o’n yilliklarga, shu bilan birga ko ̳mir zaxirasi 250 yildan ko ̳proq muddatga yetishi mumkin. Shundan xulosa qilib, bugungi ko ̳mirning O’zbekiston energetikasidagi roli pastligini hisobga olgan holda uni oshirish uchun faollik ko’rsatish zarur. 2015 yilgacha bo’lgan yoqilg’i-energetika balansining diversifikatsiyalash rejasida ko ‘mir qazish 11,0 foizga yetkazilishi belgilanmoqda.
O ̳zbekiston energiya resurslari o’ziga yetarli bo ̳lgan mamlakatdir. Shu bilan birga tabiiy gaz va neft zaxiralarini iste‘mol qilish shuni ko’rsatayaptiki, ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha o’n yillar davomida ta‘minlashi mumkin. Lekin bu davrga kelib sarflanayotgan elektr energiya hajmi mamlakatda ikki barobar oshishi mumkin, ya‘ni 50 mlrd. kVt, uni ishlab chiqarish uchun esa an‘anaviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetarli emas. elajakdagi zarur o’zgarishlarni inobatga olib, bugunning o’zidayoq, energiyaning qayta tiklanuvchi deb atalgan manbalarini rivojlantirish haqida o’ylab ko’rish kerak. Bular qatoriga gidroresurslar, quyosh, shamol, atom va biomassalar energiyasi kiradi. Kelgusida energiya yetkazuvchilardagi o’zgarishlarni hisobga olib, Markaziy Osiyo hududi va O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, shuningdek, taxmin qilinayotgan energiya iste‘molining ayniqsa, qishloq joylarda o ̳sishi hisobga olinsa, qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish zaruriyati shubhasizdir. Butun dunyoda energetik krizis hukm surayotgan vaziyatda qayta tiklanadigan energiya manbasi yana ham ommabop bo’lib bormoqda. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’llaridan biri sifatida elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste‘molini kamaytirish hamda energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslardan nechog’li tejamli foydalana olishimizga bog’liq ekanligini alohida qayd qilib o’tganlar. Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg’ilar —ko’mir, neft, tabiiy gaz va uran zaxirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarini hozirgi darajada iste‘mol qilishda dunyodagi neft zaxirasi —45–50 yilga, tabiiy gaz —70–75 yilga, toshko ̳mir —165–170 yilga, qo’ng’ir ko’mir —450–500 yilga yetishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholining o ̳sishi va mavjud an‘anaviy energiya ta‘minoti hisobga olinsa, energiya ta‘minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg ̳ilarni ishlatish atrofmuhitga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalar miqdori 80 foizdan ko’proqqa to ‘g’ri keladi [15]. I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо’g’risidagi Farmonida izohlaganlaridek, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xom ashyosining jaxon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muxim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo’yicha ishlanmalar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. О’zbekistonda muqobil eneogiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish soxasida ilmiy va ekspremental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba tо’plangan bо’lib, ular yuzasidan bir qancha о’n yillar mobaynida ishlar olib borilmoqda. Respublika Markaziy Osiyoda о ̳xshashi yо’q ilmiy ekspremental markaz –Fanlar akademiyasining ―Fizika Quyosh ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tashkil qilingan bо’lib, uning tadqiqotlari natijalari jaxon miqyosida e‘tirof etildi. Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik kо ̳rsatkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bо’yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, faol va samarali olib borilmoqda. О ̳tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda ekspremental ravishda keng kо’lamda qо ̳llanilmoqda. О’n yildan ortiq vaqt davomida Respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar о’rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish о ̳zlashtirilgan. Kо’plab oliy о ̳quv yurtlari va kasbxunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun О ̳zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bir sohadagi ilg ̳or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun О’rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bо’lib xizmat qiladi[1]. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish —taraqqiyotimizning muhim omilidir» mavzuidagi ma‘ruzasida «...muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishimiz zarur», deb barchaning e‘tiborini ushbu masalaga alohida qaratganlari ham bejiz emas. Rektorimizning «Xalq sо’zi» gazetasining, 2013 yil 16 –aprel sonida chop etilgan ―Muqobil energiya manbalari iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir mavzusidagi maqolalarida ta‘kidlanganidek, ona tabiat o‘z inomlari bilan hamisha insoniyat xizmatida bo‘lib kelgan va hali-hanuz shunday bo‘lib kelmoqda. Biroq bu dunyoda hamma narsaning chek-chegarasi, intihosi bor. Xususan, jahon miqyosida uglevodorod xom ashyosi zaxiralari keskin kamayib borayotgan hozirgi sharoitda muqobil energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanish, shuningdek, tabiat ne‘matlariga qarab qolmasdan noan‘anaviy energiya sohasini rivojlantirish va ularni amaliyotga tezroq tadbiq etishni davrning o‘zi kun tartibiga qo‘ymoqda [2]. Ta‘kidlash joiz, xalqaro energetika amaliyotida muqobil energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e‘tirof etildi. Ular orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubxasiz, quyosh energiyasidan foydalanishdir. Rivojlangan davlatlardagi nufuzli tashkilotlarning asosli xulosalariga ko‘ra, 2100 yilga borib, quyosh energiyasi sayyoramiz uchun energiyaning dominant manbaiga aylanadi. Shu jixatdan aytganda, Prezidentimizning 2013 yil 1martdagi ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо’g’risidagi Farmoni jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim hujjat hamda oqilona qadam bo‘ldi.


Download 36.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling