Xulosa va tavsiyalar


Download 399.17 Kb.
bet1/4
Sana23.10.2020
Hajmi399.17 Kb.
#135935
  1   2   3   4
Bog'liq
Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish


Reja:

KIRISH


1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish

2. Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi

3. Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi

4. Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.


XULOSA VA TAVSIYALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH


Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.

Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san’atning, xususan, musiqa san’atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:

a.) Musiqa – o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,

b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,

d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.

Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta’lim

maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan

vazifalardan biridir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda”1, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustivor deb e’lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an’analarini va madaniyatini e’zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki







1 I.A.Karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T. : “Ma’naviyat” , 2009. 141-bet.

yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olisah malakasiga ega bo`lishlari ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta’sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantiradigan asosiy omillar, ma’naviy va moddiy hayot uyg`unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog`liq muammolar haqida batafsil ma’lumot berganlar. Ushbu ma’lumotlardan va mulohazalardan kelib chiqqan holda, maktabdagi va maktabdan tashqaridagi musiqa tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, bolalarnihg musiqani to`g`ri idrok eta olish qobiliyatlarini to`g`ri yo`nalishda shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilishi zarur.

Bolalar tomonidan musiqaning idrok etilishi avvalo milliy m usiqalarimizn I idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy merosimizga milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir-biridan go`zal mahalliy musiqiy an’analarini, mumtoz musiqa namunalarini tinglab idrok etish va ulardan ma’naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go`zal badiiy ifodasi bo`lishi bilan bir vaqtda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo`lida tinmay mehnat qilayotgan

xalqimizga, jamiyatimizga ma’naviy, ruhiy quvvat bag`ishlovchi muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.

Turli san’at turlarini tahlil etib ko`radigan bo`lsak, musiqa san’ati boshqa san’at turlaridan o`ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi. Masalan, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, arxitektura kabi san’at turlarida asar ko`rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo`lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san’atida esa asarni ko`z bilan ko`rib, idrok etib bo`lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo`laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma’lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san’at turlaridagi shakllardan o`zining idrok etilishi, ya’ni eshitish va vaqt bilan bog’liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo`lib, ko`pincha o`zgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi.

Yuqorida sanab o`tilgan jihatlariga ko`ra musiqa san’atining idrok etilishi so`z san’atining idrok etilishiga o`xshab ketadi. Adabiyotda ham asarni rejalashtirish jihatdan bir-biriga o`xshashlik muttasil uchrab turadi. Masalan, romanlar ham garchi ularning syujeti har-xil bo`lsada ularning rejalashtirilishida ma’lum o`xshashlik mavjud. Xuddi adabiy asarlar kabi musiqa asarlari ham turlicha qismlardan

tashkil topadi. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi, imotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi ham psixologik, ham tarbiyaviy vositadir.

Ma’lumki, musiqa asarlarining shakli bir butun, yaxlit bo`lishi bilan bir vaqtda turli qismlarga ham bo`lingandir. Bu qismlar bir- biridan ma’no jihatdan u yoki bu darajada farq qiladi. Xuddi adabiy asarlar bo`lim, bob, abzats, gap, jumla va so`zlarga bo`lingani kabi musiqa asarlari ham katta qismlarga, davriyalarga, musiqiy jumlalarga, motivlarga va submotivlarga bo`linadi. Har bir inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, butun umri davomida deyarli har kuni musiqadan zavq olib yashaydi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi. U madaniy hayotimizda keng o`rin tutgan, inson shaxsini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan san’at turidir. Shuningdek, musiqa tarbiyasi insondagi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan bo`lib, uni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirib boradi.

Musiqa asarining tuzilishi musiqa shakli deb ataladi. Musiqa shakli alohida olingan har-bir asarning mazminiga qarab belgilanadi, u mazmun bilan birga yaratiladi va vaqtlarga ajratilgan barcha tovush elementlarning o`zaro bog’liq holda harakatlanishi bilan harakterlanadi.

Musiqa asarlarini tinglab, tahlil qilar ekanmiz, ko`rishimiz mumkinki, har-bir alohida olingan asarning shakli hamisha individual bo`lib, aynan shu asarning o`zigagina tegishli va betakrordir. Lekin ayni vaqtda shakl yaratish qoidalarining miqdori nisbatan cheklangan bo`lib, ko`pchilik asarlar tuzilishi jihatidan umumiy belgilarga egadir. Bu esa shakl turlarini yoki ularning umumiy kompozitsion sxemalarini

aniqlash imkonini beradi. Shakl barcha san’at asarlariga xos bo`lsada, u har-xil san’at turlarida turlicha idrok etiladi.

Bolalar tomonidan musiqa idrokining chuqur o`zlashtirilishiga erishish, milliy musiqamizni jahon miqyosida keng targ`ib qilish, ulardagi ilg`or milliy-ma’naviy qarashlarni, yetuk g`oyalarni, progressiv dunyoqarashlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga va qalbiga singdirish, ularga musiqani to`gri yo`nalishda idrok etishni o`rgatish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi.



Download 399.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling