Xulq-atvorida o’zgarish bo’lgan o’quvchi- yoshlar bilan korreksiya ishlarni olib borish. Deviant xulq


Download 39.92 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi39.92 Kb.
#1712750
  1   2   3
Bog'liq
deviant xulq


Xulq-atvorida o’zgarish bo’lgan o’quvchi- yoshlar bilan korreksiya ishlarni olib borish.
Deviant xulq.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o’smirlarning tarbiyasi qiyin yoki tarbiyasi og’ir o’smirlar deb atashadi. Tarbiyasi og’ir o’smirlar deganda turli xil sabablarga ko’ra pedagogic ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o’rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og’ir o’smirlarni fanda deviatsiya deb atashadi.
Deviant xatti-harakat- bu psixik sog’lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir.
Deviatsiya-bu ijtimoiy pedagogoik muammo bo’lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o’zgarish hollari bilan bog’liq.bu hol ayniqsa o’smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo’lib, bu yoshdagi bolalarning anotoma-fiziologik, intellaktual,axloqiy va boshqa jihatlarida o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar o’z navbatida psixikasida o’zgarishlar ro’r berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy atatusida, ko’proq ,,men kimman?’’ degan savol qiynaydi.
Deviatsiya o’z ichiga deviant, delinkvent va criminal xatti-harakatlarni birlashtiradi.
Deviant xatti-harakat- bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila,maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatdan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, xatti-harakatlar va qoidalardan og’ish, chekinishning bir turidir. Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiy, chaqiriq, ishda va mehnat faoliayatida o’zboshimchalikka yo’l qo’yish, bolalar va o’smirlarning ichkilikka berilishi,daydib yurishi, oliftagarchilik qilishlari,assotsial harakatlarga berishi deviant harakatlarning asosiy ko’rinishidir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va o’smirlarnign shu kabi xatti-harakatlarini namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.
Delinkvent xatti- harakat – deviant harakatlardan farqli o’laroq, ular vaziayt ta’sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlarning doimoy harakterga ega bo’lishidir. Delinkvent harakatlarning quyiadagi turlari mavjud;

  • Haqoratlash, xo’rlash, azoblash va undan rohatlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar.

  • Kichik o’g’irlikalar, ta’magirlik, avtotransport va boshqa kerakli buyum va anjomlarni o’g’irlash kabi moddiy foyda ko’rihsga qaratilgan o’z shaxsiy manfaati yo’lidagi harakatlar.

  • Narkotiklar sotish va tarqatish.


Download 39.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling