Xurmatli talabalar, sizlarga birinchi topshiriqda biron bir maxsulot o‘ylab topishni va uning qadoqlanishini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni berishingiz kerak edi


Download 177.33 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi177.33 Kb.
#1290365

Xurmatli talabalar, sizlarga birinchi topshiriqda biron bir maxsulot o‘ylab topishni va uning qadoqlanishini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni berishingiz kerak edi.

2- topshiriq shartlari quyidagicha;
Biron bir ob’ektning (masalan: tashkilot, firma, yoki korxona faoliyatini o‘rganing, so‘ngra uning ”SWOT" tahlilini amalga oshiring.

  • Korxona nomi, u qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanadi (batafsil yoriting),

  • Nima uchun ushbu korxonaning faoliyatini o‘rganishni maqsad qildingiz?

  • Ushbu korxonaning “SWOT” tahlilini amalga oshiring.

“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan:


S – Strengths (Kuchli tomonlar);
W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
O - Opportunities (Imkoniyatlar);
T - Threats (Xavflar yoki risklar).
Siz biron bir ob’ekt misolida uning faoliyatini o‘rganganingizdan so‘ng, uni tahlil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim.
Masalan, "SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda keltirib o‘tamiz.

“SWOT” tahlili orqali siz

  • tashkilotning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklarini,

  • tashkilotning zaif va nozik tomonlarini, kamchiliklarini aniqlashingiz kerak bo‘ladi.

  • tashkilotning samarali faoliyat olib borishi uchun qanday imkoniyatlari mavjud?

  • Tashkilot faoliyatida qanday to‘siqlar va xavf-xatarlar mavjud.



1. Yuqorida “SWOT” tahlilini amalga oshirganingizdan so‘ng, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zingizni mustaqil fikrlaringizni bering.
2. Tashkilot faoliyatida to‘siqlar va xavf-xatarlar bartaraf etish uchun nima qilish kerak? Xulosa va takliflaringizni bayon eting!
Download 177.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling